Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy
ishining maqsadi Alisher Navoiy zamonasida va undan so„ng yaratilgan turkiy
tazkiralarda Hazrat Alisher Navoiy haqida keltirilgan ma‟lumotlarni o„rganish
orqali ulug„ shoirning ijodiy biografiyasini yoritishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
- Alisher Navoiy zamonasida va undan so„ng yaratilgan turkiy tazkiralarni asl
manbalar bo„yicha o„rganish;
- Turkiy tazkiralardan Navoiy siymosi aks etgan qismlarini ajratib tahlil
qilish;
- Tazkiralarga tayanib Hazrat Navoiy hayoti va ijodining yangi qirralarini
aniqlash;
- O„rganilgan ma‟lumotlar asosida Alisher Navoiy siymosini tasavvurda
yoritish.
Do'stlaringiz bilan baham: |