To’dada bakteriyal tanlab eritish


Download 19.48 Kb.
Sana01.11.2023
Hajmi19.48 Kb.
#1737359
Bog'liq
uyumda tanlab eritish


TO’DADA BAKTERIYAL TANLAB ERITISH

To’dada tanlab eritish jarayoni yordamida odatda kambag’al, balandan tashqari rudalar va balansdan tashqari rudalarni ssaqlash natijasida hosil bo’lgan eski “ otvallar “ qayta ishlanadi.


Kimyoviy yoki bakteriyal-kimyoviy tankab eritiladigan rudalar oldindan tuzilgan reja asosida to’dalanadi.Rudani to’dalash maydonini sement yoki boshqa suv o’tkazmaydigan materiyal bilan qoplash mumkin.Ammo ruda to’dalanadigan maydonidagi grunt zich bo’lsa va undan metal saqlovchi eritmalarning sizib o’tish yo’li bilan yo’qolishi kam bo’lsa, bu holda eski “otvallarni” yotgan joyida tanlab eritish mumkin.
To’dada tanlab eritish maydonini tayyorlash uchun, avvalo bor maydondagi o’simlik qatlami olib tashlanadi va so’ngra maydon suv o’tkazmaydigan materiyallar bilan qoplanadi (beton,asphalt,gudron va boyitish chiqindilarining aralashmalari) To’dani havo bilan to’yinishini yaxshilash maqsadida tayyorlangan maydonga birinchi qatlam sifatida yirik o’lchamli ruda bo’laklari ( 200-300 mm ) joylashtiradi. Qolgan qatlamlarga 10-30 mm gacha maydalangan ruda joylashtiriladi.Ayrim hollarda, to’da hajmida eritmalar yaxshi sizib o’tishi uchun va to’dani havo bilan to’yintirish maqsadida yirik va maydalangan ruda aralashmasi to’dada joylashtiriladi.
To’daningpast qismidagi o’lchamlari odatda quyidagicha bo’ladi: eni 10-20 mdan 100-200 metr gacha, uzunligi 100-800 metr va undan kata bo’ladi.
To’dani havo bilan yaxshi to’yinishi va sulfidlarni oksidlanishi uchun to’daning balandligi 60 metr dan baland qilmaslik maqsadga muvofiq bo’ladi, chunki atmosfera havosi 60 metr chuqurlikgacha o’tishi mumkin.
Tanlab eritiladigan eitmalarni ruda xajmidan yaxshi sizib o’tishiga, to’dadagi rudalarning g’ovakligi ta’sir etadi.Agar ruda tarkibida tuproqli materiyallarning yoki oson parchalanadigan minerallarning miqdori yuqori bo’lsa , bu holda bakteriyal-kimyoviy eritmalarning sizib o’tishi sekinlashadi.
Odatda yangi to’dalanaigan rudalarning g’ovaklik darajasi 40% ni tashkil etadi.So’ngra ruda zichlashadi va uning g’ovaklik darajasi pasayadi ( 1 yildan so’ng 30% gacha )
Mikrojonzotlarni qo’llab to’dada tanlab eritish jarayoni mis, uran va oltinni ajratib olish texnologiyalarida keng qo’llanilmoqda ayniqsa mis rudalarni qayta ishlashda.
Masalan AQSH to’dadabakteriyal tanlab eritish jarayoni 15 ta korxonada bir yilda 3,5 ming dan 70 ming tonnagacha gacha mis ishlab chiqarishadi.
To’dada bakteriyal tanlab eritish eritmalarning tarkibida , qoydadagidek Fe2+,S0 va sulfidli minerallarni oksidlovchi bakteriyalarning miqdori 104 dan 107 dona/ml gacha bo’ladi.Bu bakteriyalarning ichida asosiy turi bu A.ferrooxidans bakteriyalardir.Odatda to’daning balandligi bo’yicha bakteriyalarning tarqalish chuqurligi 5-8 metrni tashkil etadi, buni sababi aynan shu chuqurlikda kislorodning mavjudligi. Agar to’da, havo bilan, butun balandligi bo’yicha yaxshi to’yintirilsa, unda bakteriyalar to’daning butun balandligi bo’yicha uchraydi va buning natijasida ruda xajmida oksidlanish jarayonlarining borishi jadallashadi va misni eritmaga ajratib olish darajasi oshadi.
To’dada tanlab eritiladigan rudalarda misning miqdori odatda 0,1 -0,4% ni tashkil etadi.To’dada bakteriyal tanlab eritish jarayoniga ko’p omillar ta’sir etadi, ulardan asosiylari quyidagilar:

  • rudaning mineralogik tarkibi;

  • rudaning yiriklgi,qattiqligi, g’ovakligi;

  • rudada tuproq va korbanatlarning majudligi;

  • atrof muhitning harorati;

  • to’dadan eritmalarni sizib o’tishi va to’dani havo bilan to’yinishi;

  • tanlab erituvchi va hosil bo’lgan eritmalarning(metal saqlovchi) tavsifi (sulfat kislotaning konsentratsiyasi, temirning konsentratsiyasi, OTP ning konsentratsiyasi,tanlab eritilgan metallarning miqdori, tanlab eritiladigan eritmalarning xajmi )

  • yog’ingarchiliklarning yillik miqdori;

  • minerallarni oksidlashda va tanlab eritishda ishtirok etuvchi bakteriyalarning konsentratsiyasi va faolligi;

  • to’dani eritmalar bilan sug’orish usullari;

  • to’daning o’lchami(balandligi va maydoni);

  • tanlab eritish rejimi( davriy va uzluksizligi );

  • nazorat uslubi;

  • metall saqlovchi eritmalardan metallni ajratib olish usuli;

  • atrof-muhitni himoya qilish talablari;

To’dada oddiy kimyoviy yoki sulfat kislota eritmalari bilan eritish oksidlangan mis rudalari uchun qo’llaniladi.Bu turdagi rudalarda misning 70% sulfidli minerallar ko’rinishida. Agar misning 70% sulfidli minerallar ko’rinishida bo’lsa, uholda bakteriyal-kimyoviy tanlab eritish usuli qo’llaniladi.To’dada tanlab eritish usulida qayta ishlanadigan mis rudalari quyidagi asosiy hususiyatlar bilan tavsiflanadi:

  • mis rudada asosan oksidlangan va ikkilamchi sulfide minerallar bilan keltirilgan( azurit, malaxit, kuprit, bornit, kovellin va xalkozin );

  • tanlab eritilayotgan porodalarning past asosligi( kislota bo’yicha sig’imi 1tonna rudaga 20 kg gacha kislota );

  • rudada sulfide minerallarning mavjudligi( mikrojonzotlarning rivojlanishi uchun );

  • sulfat kislota eritmalarida oson eruvchan temir minerallarining mavjudligi;

  • rudada tuproqli minerallarning kam miqdori, bu minerallar tanlab eritish paytida ruda ruda g’ovakligini to’ldirib qo’yadi.

Hozirgi paytda to’dalarni sug’orishning uch usuli qo’llanilmoqda:

  1. Cho’ktirish.

  2. Schratib sepish.

  3. Tomchilab sug’orish.

Cho’ktirish usulida to’daning yuqori qismida to’rtburchak shakldagi xovuzlar tayyorlanadi,ularning o’lchami: 18x18 metr, chuqurligi 0,45-0,6 metr.
Xovuzlar tanlab erituvchi eritma bilan to’ldiriladi va bu eritmalar to’da xajmidan sizib o’tadi.Ammo bu usulda eritmaning yo’qolish qiymati yuqori bo’lganligi uchun keng qo’llanilmaydi.
Sachratib sepish usuli cho’ktirish usuliga nisbatan ancha effektivdir.Bu usulda eritma to’da yuzasi bo’yicha teng taqsimlanadi.Sachratib sepish uchun maxsus aylanuvchi sepgichlar qo’’laniladi. Eritmalarning yo’qolishi cho’ktirish usuliga nisbatan ancha kam, misni ajratib olish darajasi esa yuqoriroq.Ammo metallic sepgichlar karroziyaga duch keladi.
To’dada tanlab eritishda eng keng tarqalgan sug’orish usullaridan bu tomchilab sug’orishdir. Bu usulda to’da yuzasiga polietilendan tayyorlangan quvurlar o’rnatiladi.Quvur bo’ylab har 30 smda eritma chiquvchi teshiklar bor.Eritmani to’da xajmidan sizib o’tish davomiyligi to’daning balandligiga ham bog’liq. Masalan, to’da balandligi 30 metr bo’lsa eritma 2-3 kun davomida to’da xajmidan sizib o’tadi, balabndligi 76 metr bo’lsa 3-4 kun, 91 metr bo’lsa 6 kun, 120-150 metr bo’lsa 12-15 kun sizib o’tadi.
To’dada bakteriyal tanlab eritishda hosil bo’lgan mis saqlovchi eritmalar quyidagi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi:

  • eritmalarning nordonligi pH=2,1-3,3

  • eritmada misning miqdori 0,75dan 2,2 gr/litr gacha;

  • temirning miqdori 0,2-0,6 gr/litr gacha;

  • eritmaning harorati 170 dan 380 gacha.

Tanlab eritishdan so’ng maxsus xovuzlarga yig’iladi va u yerdan metallni ajratib olishga yuboriladi.Odatda to’dada tanlab eritishda hosil bo’lgan mis saqlovchi eritmalar mis sementatsiya usulida ajratib olinadi.
Sementator sifatida asosan temir skrapi, temir lomi, temir qirindisi qo’llaniladi.
Download 19.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling