Bitiruv oldi amaliyotining


Bitiruv oldi amaliyotining o‘tkazilishini tashkil etish


Download 32.7 Kb.
bet2/4
Sana21.04.2023
Hajmi32.7 Kb.
#1374003
1   2   3   4
Bog'liq
Amaliyot dasturi 4-kurs

Bitiruv oldi amaliyotining o‘tkazilishini tashkil etish

Kafedrada diplom oldi amaliyotini o‘tkazishdan oldin “Olmaliq KMK” AJ ning asosiy va yordamchi zavod va fabrikalarini aniqlashtirib olish zarur.
Diplom oldi amaliyotini olib borish uchun quyidagi zavodlar tavsiya etiladi:
«Olmaliq KMK» AJ ning tarkibidagi

Talabalar amaliyotini o‘tkazishdan oldin kafedrada yig‘iladi va quyidagi ma’lumotlarni oladilar:
- amaliyotni o‘tkazish va uni rasmiylashtirish tartibi haqida ma’lumot;
- me’yoriy-uslubiy hujjatlar to‘plami-amaliyot o‘tadigan korxonaga xat, amaliyot yo‘riqnomasi, kundalik va boshqalar.
Amaliyotga o‘quv-uslubiy rahbarlik ixtisoslik kafedrasi tomonidan olib boriladi va rahbar tayinlanadi. Talabalar amaliyot obyektining xodimlar bo‘limiga tashrif buyurganlarida korxona tomonidan albatta amaliyot rahbarini tayinlash bilan rasmiylashtiriladilar. Amaliyotning o‘tkazilishini nazorat qilish va amaliyot ma’lumotlarini to‘plashda o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish kafedra professor - o‘qituvchisi amaliyot rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Talabalar amaliyot boshida korxona texnika xavfsizligi va ichki tartib qoidalar bo‘yicha yo‘riqnomalar bilan tanishadilar. Kafedra tomonidan tayinlangan rahbar amaliyot o‘tkazish uchun reja taqvim tuzadi. Talabalar korxona vakili bilan birgalikda texnika xavfsizlik bo‘yicha yo’riqnoma bilan tanishtiriladi. Rahbar talabalarni qaysi korxonalarda amaliyot o‘tishi va hisobot uchun qanday ma’lumotlar to‘plashi kerakligi bilan tanishtiradi.
Rahbar amaliyot o‘tish jarayonida ekskursiya tashkil qiladi, korxonaning umumiy faoliyati, uning xizmatlari va bo‘limlari bilan talabalarni tanishtiradi.

  1. Bitiruv oldi amaliyotining tarkibi va dasturi

Diplom oldi amaliyotini o‘tish davrida talabalar olgan ma’lumotlar va xujjatlar asosida o‘zining bilimini mustahkamlashga va ko‘nikmalar hosil qilishga yordam beradi. Amaliyot davrida talabalar quyidagilarni mukammal o‘rganishi kerak:
Mis ishlab chiqarish texnologiyasi. Metallurgik dastgohlar va ularni yangilanish konsepsiyalarini o’rganish. O‘zbekistonda mis metallurgiyasining rivojlanishi. Mis iste'molchilari. Mis ishlab chiqarishning xom ashyosi. Misni ishlab chiqarishning umumiy prinsiplari. Yallig‘-qaytaruvchi pechda eritiladigan mis xomashyosining tavsifi va uni eritish jarayoniga tayyorlash. Yallig‘-qaytaruvchi pechda kuydirilmagan sul’fidli mis boyitmalarini eritishda kechadigan fizika- kimyoviy o‘zgarishlar Yallig‘ qaytaruvchi pechning konstruksiyasi. Yallig‘ qaytaruvchi pechda eritishning amaliyoti.
Sul’fidli mis boyitmalarni avtogen eritish jarayonlarining umumiy tavsifi Kislorod-mash'alli pechida eritish uchun shixtani tayyorlash. Sulfidli mis boyitmasini kislorod-mash'alli pechda (KMEP) eritishda kechadigan fizik-kimyoviy jarayonlar. Kislorod-mash'alli eritish pechida sulfidli mis boyitmalarni eritish jarayoninng amaliyoti (texnologiyasi).
Sul’fidli mis boyitmalarni suyuq vannada eritish (Vanyukov jarayoni). Mis shteynlarini konverterlash jarayonining kimyosi.
Mis shteynlarini konverterlash jarayoni reaksiyalarining termodinamikasi Konvertelash jarayonida oksidlanish va shlak hosil bolish sharoitlari. Mis shteynlarini konverterlash jarayonining amaliyoti.
Xomaki misni olovli tozalashning nazariy asoslari. Homaki misni olovli rafinirlash jarayonining amaliyoti va dastgohlari.
Misni elektrolitik rafinirlash jarayonining nazariy asoslari. Jarayonning kimyosi. Mis elektroliz ko‘rsatgichlari. Anod misni elektrolitik rafinirlashning amaliyoti va dastgohlari.
Nikel olish texnologiyasi va xom ashyo zaxiralari. Sulfidli nikel rudalarni qayta ishlash usullari.
Kobalt ishlab chiqarish texnologiyasi.
Rux metallurgiyasiga doir ma’lumotlar, xomashyo tavsifi va ajratib olishning asosiy texnologiyalar.
Sulfidli rux boyitmasini kuydirish jarayonlarining maqsadi, turlari va fizika-kimyoviy asoslari. Sulfidli rux boyitmasini «Qaynar qatlam» pechida kuydirish amaliyoti.
Rux kuyindisini tanlab eritish jarayonining nazariy asoslari. Rux kuyindisini tanlab eritish amaliyoti va dastgohlari.
Rux sulfat eritmalarini zarralardan tozalashning nazariy asoslari va amaliyoti.
Ruxni eritmalardan elektroliz usulida ajratib olish jarayonining nazariy asoslari. Ruxni elektr cho‘ktirish jarayonining ko‘rsatgichlari va rejimlari.
Rux keklarini pirometallurgik usulda qayta ishlash – velsevlash jarayoni. Rux kelarini gidrometallurgik usulda qayta ishlash. Kadmiy birikmalarning xususiyatlari va ularni texnologik jarayonlarga ta'siri. Mis-kadmiy kekini qayta ishlash.
Qo’rg‘oshin va uning birikmalarining xususiyatlari, xomashyo va qayta ishlash usullari. Qurg‘oshin boyitmasini aglomeratsion kuydirish. Qo‘rg‘oshin aglomeratini minorali (shaxtali) pechda tiklovchi eritish jarayoni.
Model va uni tayyorlash, Shixta tayyorlash, eritish pechlari haqida, suyuq metallni quyib olish, Olovbardosh materiallar.
Mis quvur ishlab chiqarish liniyasi, eritish pechi, prokatlash stani, o’lchov priborlari, qizdirish qurilmalari, tayyor mahsulotlar.



  1. Download 32.7 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling