Tadqiqot ishining ilmiy-amaliy ahamiyati: Bitiruv malakaviy ishida o`qitishning an`anaviy usullari bilan bir qatorda yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish davr talabi ekanligi asoslanadi va uning samaradorligi ko`rsatiladi. Ta`limning interfaol usuli, zamonaviy pedagogik texnologiyalar loyihasi, pedagogik texnologiyalarning tarkibiy qismlari, yangi pedagogik texnologiya tamoyillari ko`rsatilib o`tilgan.
Buning uchun fizika darslarining muayyan mavzulariga mos yangi pedagogik texnologiyalar tanlab olindi, interfaol metodlar o`rganildi va dars loyihalari ishlab chiqildi.
Tadqiqot usuli: Interfaol metodlar, pedagogik texnologiyalar asosida tuzilgan dars loyihalari BuxDU qoshidagi akademik litseyining tanlab olingan guruhlariga dars jarayoniga qo`llanilib sinab ko`rildi. Bu metodlar qo`llanilib o`tilgan dars jarayonida o`zlashtirish ko`rsatkichining yaxshilanganligi, darsning esa qiziqarli o`tganligi kuzatildi. Yangi pedagogik texnologiyalar asosida o`tilgan fizika darslari samarali ekanligi isbotlandi.
Ishning tuzilishi va qisqacha mazmuni: Bitiruv malakaviy ishi kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Bitiruv malakaviy hajmi 25 nomdagi adabiyotlar ro`yxati bilan birgalikda 57 sahifani tashkil qiladi.
I bob. Pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslari
Do'stlaringiz bilan baham: |