Bituruv malakaviy ishi
CryptoAPI yordamida ERI sxemasini amalga oshirish
Download 296.24 Kb.
|
Aziz 100%
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shifrlash standartlari
CryptoAPI yordamida ERI sxemasini amalga oshirish.
Axborotlarni kompyuter tarmoqlari orqali uzatishda ularning toʻlaligi va haqiqiyligini tekshirish maqsadida ERIdan foydalaniladi. ERI amalga oshirish uch bosqichda bajariladi: - ERI kalitlarini shakllantirish; - ERIni shakllantirish; - ERIni tekshirish; ERI kalitlarini saqlash maxsus tasodifiy sonlar generatori yordamida amalga oshiriladi. Generatorlar yordamida yaratilgan ochiq kalit sertifikatdasaqlanadi va barchaga ochiq boʻladi, yopiq kalitesa faqatgina kriptoprovayder tarkibida yoki maxsus token qurilmalarida saqlanadi. ERIni shakllantirish ERI kaliti mavjud holatda amalga oshiriladi, bunda ERI qoʻyilishi lozim boʻlgan xujjatning xesh qiymati olinadi va xesh qiymat xujjat joʻnatuvchining yopiq kaliti yordamida shifrlanadi hamda xujjat bilan birgalikda qabul qiluvchiga uzatadi. ERIni tekshirishda esa qabul qiluvchi olingan xujjatning xesh qiymatini hisoblaydi, ERIni joʻnatuvchining ochiq kaliti yordamida deshifrlaydi hamda deshifrlangan xesh qiymatni xujjatdan olingan xesh qiymat bilan taqqoslaydi, agar bu qiymatlar teng boʻlsa hujjat haqiqiy va aynan joʻnatuvidan qabul qilingan deb hisoblanadi. Microsoft CSPDK tarkibi Yuqoridagi boʻlimlarda CryptoAPI funksiyalari va ulardan qanday foydalanishni koʻrib chiqdik, endi ushbu funksiyalarni qanday yaratish yaʼni kriptoprovayderni yaratishni koʻrib chiqamiz. Kriptoprovayder bir nechta tizim kutubxona — DLL fayllardan tashkil topadi hamda fayllarda funksiyalar joylashadi va ular tizimga eksport qilinadi hamda ushbu funksiyalar tizim reestrida roʻyxatdan oʻtgan boʻladi. Microsoft kompaniyasi kriptoprovayderlar yaratish uchun qoʻllanma yaratgan (CSPDK — Cryptographic Service Provider Development Kit) ushbu qoʻllanma yordamida kriptoprovayder yaratish mumkin. Ushbu qoʻllanma tarkibiga tayyor bosh (header) fayllarhamda tizim kutubxona fayllarini roʻyxatdan oʻtkazish dasturlari mavjud. Shifrlash standartlari. Kriptografik kalitlarni boshqarish. Xeshlash funktsiyasi
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling