Biz 2-kursda Toshkent shahar Chilonzor tumani 90-maktabda oʻquv amaliyotini davom ettiramiz
Download 4.04 Kb.
|
amaliyot(1-kun)
Nizomiy nomidagi TDPU matematika- fizika fakulteti matematika-informatika yoʻnalishi 204-guruh talabasi Bahromova Durdonaning oʻquv amaliyoti HISOBOTI Biz 2-kursda Toshkent shahar Chilonzor tumani 90-maktabda oʻquv amaliyotini davom ettiramiz. Ushbu amaliyotni boshlashimizdan avval bizda universitet tomonidan biriktirilgan oʻqituvchilar majlis oʻtkazib, bu amaliyot haqida bizga toʻliq maʼlumot berishdi. Ushbu amaliyot davomida oʻrganishimiz kerak bo'lgan maʼlumotlarni bajarishimiz kerak bo'lgan ishlarni tushuntirib bizga yoʻl-yoʻriq koʻrsatishdi. Birinchi amaliyot kunimiz 20-oktabrdan boshlandi. Ushbu kuni soat 8:00 da maktab binosida yigʻildik. Qoʻngʻiroq soat 8:30 da chalindi. Avvalgi 3 soat davomida dars kuzatish, oʻqituvchidan metod oʻrganish maqsadida dars tahlilida boʻldim. Keyingi 3 soat davomida maktab direktori bilan majlis oʻtkazib, maktabning ichki tartib qoidalari bilan, sinf xonalari bilan, har birimiz oʻzimizga maktab tomonidan biriktirilgan sinf bilan tanishdik. Ushbu majlisda guruhimizning barcha talabalari hamda universitetimiz tomonidan bizga biriktirilgan oʻqituvchilar qatnashdi. Direktor maktabning asosiy qonun-qoidalari haqida gapirdi. Menga biriktirilgan sinf rahbaridan oʻrganishim kerak boʻlgan bilimlar, oʻqituvchining hujjatlari, sinf haqidagi maʼlumotlarni egalladim. Yaʼni menga biriktirilgan sinf oʻquvchilari bilan, bu sinfning dars jadvali, sinfning tashkiliy ishlardagi faolligi, bir oʻquv yili davomida bajarilishi kerak boʻlgan ishlar haqidagi hujjatlar bilan tanishdim. Oʻqituvchining esa … kabi hujjatlari bilan tanishdim. Download 4.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling