Biz birgamiz − birga yengamiz
Download 15.83 Kb.
|
BIZ BIRGAMIZ − BIRGA YENGAMIZ
BIZ BIRGAMIZ − BIRGA YENGAMIZ Aziz vatandoshim! Bizga sir emaski, ayni kunlarda barchamizning hayot tarzimizni butunlay o’zgartira olgan “ COVID-19 ” pondemiyasi, o’zining kutilmagan sovg’alari bilan oliyjanob xalqimiz boshiga ko’plab sinovli kunlarni olib keldi. Taassufki, ushbu kasallik hech bir davlatni xatlab o’tmadi. Unga qarata butun dunyo birlashib, bir yoqadan bosh chiqarib kurash olib bormoqni eng to’g’ri yo’l debya tan oldi. Mana shunday sharoitda O’zbekistonimiz olamshumul, ahamiyatga molig bo’lgan ishlarga birinchilardan bo’lib qo’l urdi. Buning isbotini ayni damda barchamiz ko’rib turibmiz. Tez fursatlarda qisman foydalanishga topshirilgan yangi kasalxona inshoatlari, u yerda shifo topishga ulgurgan dastlabki bemorlarimiz va yana qurib bitkazilishi kutilayotgan katta tibbiy xizmat obyektlari shular jumlasidandir. Atrofga bir nazar ko’zi bilan boqingchi, qaysi rivojlangan davlat o’z xalqi uchun ana shunday tavakkalga qo’l urdi...?! O’ylashimcha sizda ushbu savolga xulosali javob bor! Agar masalaga boshqa tomondan yondashadigan bo’lsak amin bo’lamizki, kasallik bizni hech ham boshi berk ko’chaga olib kelgani yo’q. Aksincha yangidan yangi imkoniyat eshiklarini birma-bir ochdi. 2020 - yilning “Ilm - ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlanganiga e’tibor qaratar ekanmiz amin bo’lamizki, raqamli texnologiyalar ayni vaqtga kelib dolzarb sohalardan biriga aylanib ulgurdi. Bu esa yangi rivojlanish bosqichiga ilk qo’liygan qadam desak mubolag’a bo’lmaydi. Bundan tashqari televideniya orqali namoyish qilib kelinayotgan “ online ” darslarning keng ko’lamliligi, yosh auditoriyani jalb qila olgani, bizning hech bir rivojlangan davlatlardan kam emasligiga jonli isbotdir. Ota - bobolarimiz qoldirgan ilmiy ma’naviy meros bizni har jabhada tengdoshlarimizdan ilg’or bo’lishga, vatanimiz ravnaqi yo’lida har qanday qiyinchiliklarni mardonavor yengib o’tib, uni yuksaltirish, rivojlantirish kabu ulug’ ishlarga undamog’i bu, hozirgi kunning ayni haqiqatidir. Yaratganga ming shukurlar bo’lsinkim, bizni oldinda hali ko’plab yutuqlar kutib turibdi. O’z mehnatimiz, shijoatimiz bilan ushbu marralarni tez fursatlarda birgalikda zabt etamiz! Ishoning, buning uchun avvalam bor bir yoqadan bosh chiqarmog’imiz, muammolarni tizimlicha hal etib, sog’lom turmush tarziga muntazam rioya qilmog’imiz lozim. Aslida bizni chuqur o’yga tondirishi kerak bo’lgan ko’plab savollar mavjud bo’lib, ularning to’g’ri yechimlarigina kasallikdan tez va betalofat qutilish imkoniyatini bizlarga tag’dim etadi. Ho’sh, nima uchun ushbu virus butun dunyo bo’ylab avj oldi? Uning paydo bo’lishiga, tarqalishiga qanday omillar sabab bo’ldi...?! Bu savollarning javobini barchamiz bilamiz. Ha... Bizdan ayni damda talab qilinadigan narsa faqatgina karantin qoidalariga to’liq amal qilishdir. Shundagina yuqorida takidlanganidek buyuk bobokalonlarimizga munosib izdosh bo’lib, yurtboshimiz ishonchlarini oqlashga, xalqimiz, oilamiz oldidagi o’z burchimizni munosib bajarmoqqa muvaffaq bo’lgaymiz. Keling ushbu kasallika qarshi birga kurashaylik va uni birgalikda yengaylik...!!! Download 15.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling