Biz buyuklar avlodlarimiz Reja
Download 19.98 Kb.
|
Biz buyuklar avlodlarimiz
Biz buyuklar avlodlarimiz Reja Men oddiy bir ilmi tolib edim Barchasi shunday boshlandi Biz kutgandik, biz bilgandik Kelajak bugundan boshlanadi Har kimning hikoyasi kunlardan bir kun deb boshlanadigan joyi bo’ladi menimcha, aynan shu kun insonning hayotida ulkan bir o’zgarishlarga eshik ochilgan bo’ladi. Mening hikoyam ham boshlanishi bir o’zgacha bo’ldi Urganch davlat unversitetida o’qib yurar ekanman oddiy boshqa talabalar kabi vaqtimni o’tkazar edim. Bir kuni iqtidorli talaba uchun sertifikat va diplom yig’ib yurganimda bir do’stim tomonidan Mirzo Ulug’bek vorislari tanloviga start berilgani va tanlov boshqa tanlovlardan farq qilishi haqida eshitib qoldim va shu kuni ro’yhatdan o’tdim, ro’yxatdan o’tish chog’ida tanlov shartlari bilan tanishib chiqdim va o’zim o’ylab yurgan g’oyani loyiha shakliga keltirish zarurligini tushunib yetdim. Keyin ilmiy raxbarim bilan birgalikda loyiha yaratish uchun izlanishlar qila boshladik, bu paytda tanlov uchun IQ testlari olib borilayotgandi. Men ham IQ test ishladim va muvaffaqiyatli insonlar qatorida tuman bosqichiga yo’l oldim. Bu orada loyihani yanada mukammallashtirish uchun izlanishlar qildik, tuman bosqichida qatnashar ekanman o’zimda bir boshqacha his tuyg’ularni his qildim, aynan loyihani muammoli tomonlarini yoritib berishga harakat qildim, va natijalar ijobiy bo’ldi - biz viloyatga chiqdik. Viloyat bosqichi bu qadar boshqacha bo’lib o’tdi, aynan shu kuni unIversitetda 2 ta fandan yakuniy nazorat qo’yilgan va men tanlovda loyihani tushintirib berishim kerak, ichimda o’zimga bo’lgan qandaydir bir ishonch meni tanlovda qatnashishga chorladi va men tanlovga yetib borganimda aynan mening chiqish vaqtim kelgan ekan, borishim bilan davraga chiqdim, o’z loyihamni tushuntirib berdim va unversitetga qaytdim, ertasi kuni javoblar e’lon qilindi va shu g’oliblar orasida mening ham ismim bor ekan - endilikda bizni Respublika bosqichi kutib turardi, bu bizga yanada ko’proq ma’sulyat, ko’proq izlanish va mehnat talab qilardi O’qishni o’zi yetmasligini va loyihani amaliyotda qo’llash uchun biz amaliyotni boshlab yubordik, Respublika bosqichida qatnashish va ishtirokchilar bilan o’zaro fikr almashinish bizga berilgan eng katta imkoniyatlardan biri bo’ldi, negaki bu bosqichda mamlakatimizni turli joylaridan kelgan iqtidorli ishtirokchilar o’zlarining eng zo’r loyihalarini taqdim etishar edi, bu shunchaki eng zo’r holat bo’lib aynan tengdoshlarimizni ishtiyoqlari bizni yanada ruxlantirdi. Tanlov bo’yicha ro’yxatdan o’tganlar soni 23,5 mingta bo’lishiga qaramasdan g’oliblar soni 100 ta qilib belgilangan eng zo’r loyihalar qabul qilindi, bu loyihalar hakamlar tomonidan o’rganilib g’olib deb topildi. Bu g’oliblar qatorida bo’lish nasib qildi va bizni endilikda nimalar kutib turganini bir tassavur qilib ko’ringga, endilikda bizga qilingan bu katta ishonchni oqlash uchun bor kuchimizni ishtiyoqimizni ishga solishimiz kerak ekanligini ich-ichimizdan his qilib turar edik. Tanlov yakunida endilikda biz bilan muntazam birgalikda ish olib borilishini, buyuk ishlar kutib turganini chiroyli qilib tushintirib berishdi. Oradan hech qancha vaqt o’tmasdan bizni maxsus o’quv kurslariga taklif qilishdi. O’quv kursi 1 oyga rejalashtirilgani va bu vaqt oralig’ida bizga eng zarur fanlardan tushunchalar berilishi ko’zda tutilgani aytildi. Dars jarayonlari boshlanar ekan biz birinchi kuni Mirzo Ulug’bek jamg’armasi raisi O.Umirzoquvich bilan uchrashuv bol’ib o’tdi, u inson 94 yoshiga bo’lishiga qaramasdan bizga eng zo’r nutqni yetkaza bildi, bizni ilm olishga bo’lgan ishtiyoqimizni yanada oshirdi. Har bir kunimiz bir boshqacha boshlanar va bizni har kuni turli joylarga olib borishar, ishlab chiqarish, ilm fan yutuqlari bilan tanilgan insonlar bilan uchrashardik. Dars jarayonlari yuqori bilimga ega bo’lgan professor, doktor, dotsentlar tamonidan olib borildi, eng asosiy maqsadli ta’limga asoslangan holda borayatgan edi. Bizni davlatimiz bu qadar qo’llab quvatlar ekan biz ham albatta o’z natijamizni ko’rsatish uchun harakat qilamiz. Dars jarayonlari juda qiziqarli olib borilardi, biz bu orada 1 oylik o’quv kursi tugaganini sezmay qolibmiz, chunki inson o’zi yoqtiradigan ish bilan shug’ullansa ham dam oladi ham vaqt qanday o’tganini sezmay qoladi. Vaqt oliy hakamdir, asosiysi biz yo’nalish ola oldik. Xulosa sifatida shularni ayta olamanki bizga oliy maqsad qo’yish va unga qanday erishish yo’li ochib berilganini, hozir aynan hozir o’qib o’rganmasak biz kelajakda biz uchun kutilmagan sovg’alarga to’la ekanligini, nima bo’lgan taqdirda ham jamyiat uchun foydali ish qilishimiz, ustozlarga bo’lgan hurmat, ishlarni tizimli olib borish, loyihalarimizni yanada boyitish va amaliyotga tadbiq qilish bo’yicha bilimlar oldik. Agar biz bir zulmat ichida bo’lsak faqat va faqat bir najot bu - bilimdir. Download 19.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling