Biz nechun sevamiz, O`zbekistonni?
Download 13.67 Kb.
|
hikoya.2
BIZ NECHUN SEVAMIZ, O`ZBEKISTONNI? Erta tong saharlab uyg`onib ketdim. Ko`zlarimni g`ira-shira ocharkanman buvimning namoz vaqtida qilgan xolis niyatlari qulog`imga chalindi. ̶ Parvardigorim, dunyodagi jamiki yurt va shu qatori bizning yurtimiz O`zbekistonni har qanday balo-qazolardan o`zing asragin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo`lsin. Musofirda bo`lgan aziz vatandoshlarimiz va nevaram Anvarjonni o`z panohingda asragin. Inshaallah ular tug`ilib o`sgan Vatanlariga va oilalarining bag`rilariga sog`-u salomat qaytib kelishsin. Ularni senga topshirdim… Bu gaplarni eshitar ekanman undagi har bir so`z yuragimning tub-tubigacha yetib borar va meni o`yga toldirardi. So`zlarning qanchalik sehrli va chuqur ma`noga ega ekanligini anglashga harakat qilardim. Shu onda birdan qo`shnimiz Xolida ayaning qattiq iztirobli va yig`i aralash ovozlari eshitila boshladi. Doimgidek bu nido yaqinda kenja farzandlaridan ayrilganliklari uchun deb o`yladim. Har tong bu kabi ovozlarga o`rganib qolganim uchun e`tibor ham bermadim. Uyqu ustunlik qildimi, o`rnimdan turishga erindim va yana shirin uyqu meni o`zi tomon chorladi. Buvim esa hamon duo qilar va Yasin surasini o`qir edilar. Bu esa mening qalbimga xuddi alla aytayotgandek xush yoqardi. Chamasi soat yettilarda odamlarning g`ala-g`ovuridan uyg`onib ketdim. Hovlida barcha yig`ilgan: mahalla raisi erkaklar bilan maslahatlashyapti, ayollar Xolida ayani yupatishar, u bilan birga qo`shilib yig`lab ham olishardi, qo`shni qizlar uy yumushlariga yordam berar, oyim esa ovqatga unavorgan edilar… ̶ Sanjar, turdingmi, bolam? Tez bo`l bozor borib kelishing kerak. ̶ Xo`p, oyi, hozir. Nima bo`lganini ayaning yana bir farzand dog`idan to`kayotgan ko`z yoshi anglatib turardi. Nahotki, endi Alisher aka, yo`q, also, ishongim kelmaydi. Ular menga, albatta, kelaman deb so`z bergan edilar, axir… ̶ Sanjar, sen maktabni bitirganingda o`zim senga kompyuter sovg`a qilaman. Ungacha ota-onangni aytganini qilib, yaxshi bola bo`lgin. Zero, Vatanimizni mard o`g`lonlaridan birisan ̶ Rostan olib berasizmi? ̶ Albatta ̶ Unda xuddi siz aytgandek mard o`g`lon bo`lib vatanimga sodiq xizmat qilaman. Ota-onamning yuzi, oilamning tayanchi bo`laman. ̶ Bo`lasan, bo`lasan, albatta, bo`lasan. Men senga ishonaman. ̶ Ishonchingizni oqlashga harakat qilaman, Alisher aka. Aslida 3 oy avval kelishlari kerak edi. Lekin, butun dunyoga tarqalgan koronavirus tufayli Rossiyada qolib ketdilar. O`g`lining sog`lig`i yaxshi emasligini bilgan Xolida aya ketishiga qarshi edi. Alisher aka esa hammasi yaxshi, 1 haftada ilmiy ishimni yoqlayman-u kelaman deb o`z bilganidan qolmadi. Ayaning qo`lidan hech narsa kelmay faqatgina farzandi uchun xolis duoda bo`ldi, xolos. Zero, shunda ham jigargo`shasini qo`llab quvvatladi. Onalar borida hayot yashnaydi Farzandi shod bo`lsa shodon kuladi. Ajal ostonadan bosh suqsa hamki, U faqat bolasin duo qiladi. Ayaning ko`zlaridan to`kayotgan har bir tomchi yoshi yurak-bag`rimni ezar, ko`zlarimni namlatardi. Hovlini o`rab olgan butun yig`i ovozi esa aks-sado berib butun mavjudotni qaltiratardi. ̶ Voy, bolam-a, mehnatin rohatini ko`rmagan bolam-a, sening o`rningga men o`lsam bo`lmasmidi, yosh joningga bu ko`rguliklar ham bormidi-ya. Vatanimga baland, hashamatli binolar quraman, har jabhada yurtimni yuksaltiraman der eding-ku, barcha orzu-niyatlaringni qabrga ko`mding-ku, bolam… Xolida aya juda qiynalardi. Eridan erta beva qolgan aya ikki farzandini birovdan kamsitmay parvarishladi. Ularning hech birini kamolini ko`rmasdan qabrga qo`yish naqadar ayanchli. Alisher aka yoshi katta bo`lishiga qaramay, o`qishimni bitirib olay uylanaman aya derdilar. Ikkinchi kenja farzandlari esa avtohalokatdan bundan 8 oy avval hayotdan ko`z yumgan edi. Endi aya katta hovlida yolg`iz o`zi qoldi. Xolida aya bilan yonma-yon qo`shni bo`lganimiz uchun bizning oila ayani yolg`izlatib qo`ymadi. Ayniqsa, men. ̶ Aya, men ham Alisher akamga o`xshab arxitektor bo`laman. Yurtimiz yanada ko`rkam bo`lishiga o`z hissamni qo`shib chiroyli binolar maketini yasayman. ̶ Niyatingga erishgin, bolam, umring o`xshamasin, ilohim. ̶ Aya, biron kun meni ham o`g`illaringiz qabri oldiga olib boring. ̶ Olib boraman, faqat (birdan ayaning ko`zlariga yosh keldi)… Men biroz noo`rin gap aytganimni sezdim. ̶ Faqat kenjatoyim Kamolimni oldiga olib borishim mumkin. ̶ Nega? ajablanib so`radim. ̶ Alisher qabrining bir hovuch tuprog`iga zorman. Bechora bolamning qabri o`zga yurtlarda ne ahvolda qoldi ekan. O`z vatanining bir chimdim tuprog`iga tinchgina yotish nasib qilmadi-ya… Ayaning yana yig`lashlarini ko`rmaslik uchun boshqa narsa so`ramadim. Keyinchalik bilishim bo`yicha, Alisher aka Covid-19 virusiga chalingan va kasallar soni ko`p bo`lganligi sababli uning jasadi O`zbekistonga olib kelinmagan. Xolida ayaning bu kuyunishlari, buvimning esa Anvar akamning haqqi uchun qilgan duolari bejiz emas ekan. Axir, Anvar akam ham o`z tug`ilib o`sgan go`shalariga kelolmay, o`zga yurtda sarson bo`lib yuribdilar. Shu onda olayotgan har nafasimga shukrlar aytib, yurtim tuprog`ini ko`zimga surtdim. Bosayotgan qadamimdan biroz uyaldim, o`zi munosibmanmi uni bosishga, axir, musofirchilikda yurgan qanchadan-qancha dindoshlarimiz ne kuyda ekan hozir? O`zimga savol bera boshladim: Men nechun sevaman, O`zbekistonni? Shunda anglab yetdimki, inson dunyoga kelar ekan, avvalo, Vatanning xizmatini qilib, uning koriga yaraydigan bir farzand bo`lib kamol topmog`I kerak. Xolida ayaning azobga to`la hayoti barchasini tushunib yetishimga turtki bo`ldi. Azon ovozi yangradi. Endi men ham buvim bilan birga duoda edim. Dadamning esa oyimga pichirlayotgan ovozi eshitilardi: ̶ Xolida ayani peshin soat birda chiqaramiz. Samarqand Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim va STI yo'nalishi Qosimova Xosiyat Download 13.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling