Ijtimoiy-iqtisod fakulteti Iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar bo'yicha Yo'nalishi 1-kurs 19. 121 guruh talabasi Marjona Ergasheva. Biz nechun sevamiz o’zbekistonni?


Download 106.14 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.06.2020
Hajmi106.14 Kb.
#121836
Bog'liq
Biz nechun sevamiz O'zbekistonni


Ijtimoiy-iqtisod fakulteti 

Iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar bo'yicha  

Yo'nalishi 1-kurs 19.121 guruh talabasi  

Marjona Ergasheva.  

BIZ NECHUN SEVAMIZ O’ZBEKISTONNI? 

Vatan. Nima o'zi u?! Gavhardek tovlangan, kindik 

qonim to'kilgan, hali o'zim kimligimni bilmasimdan meni 

to'tiyo qilgan, ko'hna qilgan tuproqmi? Yoki ilk bor 

quloqlarimga chalingan va shu ondayoq mehr taftini his 

etgan onam allasimi? Ilm dargohim, mahallamiz, bag'ri 

keng va fayzli koshonammi? Menimcha hamma-hammasi 

mening vatanim! Eng muhimi u go'zal, yagona va 

muqaddas! Uning uchun hamisha borlig'imni berishga 

tayyorman... 

Mehribon va rahimli Yaratgan Egamga behad hamd-

u sanolar hamda shukronalar bo'lsinki, Ollohning nazari 

tushkan O'zbekiston deb atalmish jannatmakon, tinch 

o'lkada dunyoga keldim. O’zbekiston—yuragim ko'zgusi, 

orzularim belanchagi, yuksaklarda porlab turgan umidim 

yulduzi, qalbimning kaliti, umrimning mazmuni va 

mening yerdagi jannatimdir. Quyosh o'z maskani 

bo'lmish osmonni tark etsada,ko'zlarimni yumsam ham, 

nursiz kunlarimda ham qalbimda Vatanim porlab 

turaveradi. Hamisha botmas quyosh singari umr 

yo'llarimni yoritib, hayotimga iliqlik baxsh etadi. Har bir 

inson dunyoga kelar ekan, hayotga bo'gan ikki 

muhabbatni his etadi:  


Birinchisi, oilasi, yaqinlariga bo'lgan muhabbat;  

Ikkinchisi, Vataniga bo'lgan muhabbat. 

Bu tuyg'ular uni o'la-o'lgunicha qon-qoniga, jon-

joniga singib ketadi. Har olgan nafasimda, har oqqan 

qonimda Vatanimga bo'lgan muhabbatimni, uning 

oldidagi burch va majburiyatlarimni his etaman. Uning 

mehri bilan bu yorug' olamda yosh nihol kabi, palak otib 

o'sib-unib, ulg'aymoqdaman. 

Ona vatanimiz O’zbekiston xushro'y jamoli, tayoq 

suqsa gullaydigan unumdor tuproqlari va mehridaryo 

insonlari bilan mashhur. Mening fikrimcha, dunyodagi 

eng mehmondo'st xalq o'zbek xalqidir. Chunki o'zbek 

xalqi uylarining eshiklari xuddi qalbining eshiklaridek 

doimo ochiq. Topgan-tutganini do'stu-yori, mahallasi 

bilan baham ko'radi. Dunyodagi eng go'zal maskan 

O’zbekistondir. Shvetsariyaning viqorli tog'lariyu, 

Niderlandiyaning go'zal bog’lari ham O’zbekistonning 

serquyosh yerlariga tenglasholmaydi. Axir meva-

chevalarga to'lib-toshgan yozni, hammayoqni oltin 

rangga burkab, sokinli baxsh etadigan kuzni, qahraton 

bo'lsa-da insonlarga zavq baxsh etuvchi, ko'chalarni, 

bolalarning shodon qiyqiriqlari bilan to'ldiruvchi qishni, 

qalblarni muhabbatga limmo-lim etib, atrofga ajib bir 

takrorlanmas manzara baxsh etuvchi bahorni yana 

qayerdan topish mumkin?! Quyoshning sahiy nurlari va 

musaffo osmonni, daraxt barglarining yoqimli 

shitirlashiyu, qushlarning mayin sayrashiga boy bo'lgan 


osoyishta tongni faqat va faqat O’zbekistondan topish 

mumkin. 


Dunyodagi barcha madaniy xalqlarning shoirlari 

Vatan haqida, o'z yurtining go'zalligi borasida ko'p yaxshi 

she'rlar bitganlar. Yurt kuychisi bo'lmish Hamid Olimjon 

“O’zbekiston” she'rida Vatanimiz haqida shunday yozadi: 

Vodiylarni yayov kezganda, 

Bir ajib his bor edi menda. 

Chappar urib gullagan bog'in, 

O'par edim Vatan tuprog'in. 

Odamlardan tinglab hikoya 

O'sar edi shoirda g'oya. 

Daryolardan kuylab o'tardim, 

Ertaklarga quloq tutardim. 

Hammasini tinglardim, ammo, 

O'xshashini topmasdim aslo. 

O'xshashi yo'q bu go'zal bo'ston, 

Dostonlarda bitgan guliston– 

O’zbekiston deya atalur, 

Uni sevib el tilga olur. 

Hamid Olimjonning bu she'ridan ham shuni bilish 

mumkinki, bu yurtni sevmaslikning iloji yo'q. Quyosh 



sevgan yurt farzandi ekanligimdan baxtiyorman! 

 

Download 106.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling