Biz Oitsga qarshimiz
Download 13.03 Kb.
|
Biz Oitsga qars-WPS Office
Biz Oitsga qarshimiz Annotasiya: Ushbu maqolada eng dolzarb mavzulardan biri bo’lgan salomatlik va sog’lom turmush tarzi haqida ma’lumot keltirildi va mavjud muanmolar qisman hal etildi. Oits tushunchasi uning tarixiy ildizlari va sabablari haqida, inson salomatligiga taʼsiri haqida soʻz boradi Shu bilan birga Oits va inson salomatligiga bolta urayotgan illatlarga qarshi kurashish haqida maʼlumot berib oʻtiladi Annotation : This article provides information about health and healthy lifestyle, which is one of the most relevant topics, and partially solves existing problems. The concept of AIDS is discussed about its historical roots and causes, its impact on human health. Аннотация: В данной статье представлена информация об одной из самых актуальных тем, здоровье и здоровом образе жизни, и частично решаются существующие проблемы. Обсуждается концепция СПИДа, его исторические корни и причины, его влияние на здоровье человека. Kalit soʻzlar: Oits Oiv, sogʻlom turmush tarzi, tibbiyot, bemor, virus, immunitet Keywords: AIDS HIV, healthy lifestyle, medicine, patient, virus, immunity Kлючевые слова: СПИД ВИЧ, здоровый образ жизни, медицина, больной, вирус, иммунитет Bugun, 1 dekabr kuni butun dunyoda OITSga qarshi kurash kuni keng nishonlanadi. Turli ilmiy konferensiya va seminarlar, ushbu xastalikdan vafot etganlarni yod etish marosimlari, OITSga qarshi kurashga qaratilgan uchrashuvlar... Raqamlarga qarang....Yer yuzida istiqomat qilayotgan 37 million bemorni o‘z iskanjasiga olgan, ularga har kuni o‘lim, og‘riq, uqubutlarni eslatib turgan OITS bir kunlik kurash bilan mag‘lub bo‘lib qolmaydi. Buni yaxshi tushungan tibbiyot va farmatsevtika sohasi vakillari necha yillardirki, tinimsiz izlanishda, oxiri o‘lim bilan tugaydigan kasallikka qarshi ishonchli davo topmagan bo‘lsalar-da, bemor ahvolini yengillatish, uning umrini uzaytirish bo‘yicha birmuncha yutuqlar qo‘lga kiritildi.2015 yilning 24 noyabr kuni BMTning OITSga qarshi kurash bo‘yicha dasturining hisoboti e'lon qilindi. Unda qayd etilishicha, 2013 yil oxiriga borib dunyoda 36,9 million kishi OIVga chalingan bo‘lib, ularning 70 foizdan ziyodrog‘i Afrikada, Sahroi Kabir janubida yashamoqda. Kasallikka chalinish holati 2000 yilga kelib 35 foizga kamaygan. Antiretrovirus terapiyasini esa 2015 yilda 15,8 million kishi qabul qilmoqda. Bu 2014 yildagi ko‘rsatkichga qaraganda 2,2 million nafarga ko‘p demakdir. Koronavirus infeksiyasi 2020-yilning eng xavfli kasalliklari toifasiga kirganligi hech kimga sir emas. Lekin shunday kasalliklar xam borki ular xam millat genofondiga salbiy taʼsir etib kelmoqda. Bu OITSdir. Bu kasallik ijtimoiy kasallikdir, shuning uchun u keng maʼnoda nafaqat iqtisodiy, siyosiy zarar keltiradi, shuningdek, oilaviy, ruhiy, maʼnaviy, axloqiy jihatdan salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Shunday ekan, kasallikning oldini olish, davolash, tarqalishini cheklash ishlarida aql-zakovat bilan ish tutish katta ahamiyatga ega. Shu sababli ruhiy toʻsiqlarni bartaraf etish kerak boʻladi. Buning uchun har qanday sharoitda ham axloq, odob va oʻzaro hurmat ruhida yashash, har bir inson oʻz haq-huquqini yaxshi bilgan holda oʻzini va oʻzgani himoya qila bilishi, maʼnaviy va madaniy javobgarlikni oʻz burchi deb bilishi kerak boʻladi.OITS bu — odam immuniteti tanqisligi sindromidir. Bu odamning kasallanganini bildiradi. Hozirgi vaqtda keng jamoatchilikni tashvishga solayotgan muammolardan biri OITS kasalligidir. OITS — bu orttirilgan immun tanqisligidir.Har yili 1 dekabr sanasi an'anaviy ravishda «OITSga qarshi butunjahon kurash kuni» sifatida nishonlanadi. Bu sanada OITS bilan og‘riganlarni qo‘llab-quvvatlash, xastalik alomatlari, undan saqlanish bo‘yicha ogohlikni oshirish masalalariga jamoatchilik e'tiborini qaratish maqsad qilinadi Biroq bu bilan OITS endi xavfsiz kasallikka aylandi, deya xotirjamlikka berilib bo‘lmaydi. Shifokorlarning qayd etishicha, mazkur xastalikka chalinganlar hayotiga endilikda OIV virusi emas, balki antiretrovirus terapiya jarayonida qo‘llanilgan dori vositalarining salbiy aks ta'siri va immun yetishmovchiligi oqibatlari – infarkt, saratonning muayyan turlari va asab kasalliklari asosiy xavf tug‘dirmoqdaOdamlar orasida uning qanday kasallik ekanini, qay yo‘llar bilan yuqishi va qanchalar og‘ir oqibatlarga olib kelishini bilmaydiganlar qolmagan bo‘lsa kerak. Hech bo‘lmaganda uning haligacha davosi topilmagan va o‘limga olib boradigan yuqumli xastalik ekani haqida tasavvur bor. Ammo inson o‘z nomi bilan inson, ya'ni “unutuvchi”. Kasallik tomon ko‘r-ko‘rona qadam tashlaydi. Bu odimlar odatda giyohvandlik, fahsh yo‘lidan o‘tadi, borar manzil esa aniq – o‘lim.. Immunitetni ko‘tarishga mo‘ljallangan dori vositalari, yaʼni immunomodulyatorlardan bilib- bilmay foydalanish kerak emas. Boisi bunday dorilarga doim ham ishonch yo‘q. Afsuski, bugun ularning reklamasi nihoyatda ko‘p. Odamlar ishonuvchan, dorilardan isteʼmol qilishadi. Aslida, immunomodulyatorlar – immunitet tizimiga taʼsir qiluvchi yoki uning faoliyatida ishtirok etadigan biologik faol moddalardir. Ular patogenlarga bevosita taʼsir qilmaydi, ammo hujayralarning immunitetini o‘zgartirishi mumkin.Virus rivojlanishining darajasi odamlar orasida keng tarqalgan va ko’plab omillarga bog’liq. Ushbu omillar quyidagilardir: Bemorning yoshi; Tananing OIVdan o’zini himoya qilishi qobiliyati; Dori vositalari mavjudligi; Boshqa infektsiyalar mavjudligi; Bemorda genetik kasalliklar mavjudligi; Ko’pgina hollarda OITSning dastlabki alomatlari yo’qolib ketganidan keyin ko’p yillar davomida qo’shimcha kasallik alomatlari kuzatilmaydi.Shu vaqt ichida virus rivojlanib, immun tizimi va tana a’zolariga zarar yetkazishda davom etadi. OIVni replikatsiyalashga qarshi dori vositalarisiz ushbu jarayon o’rtacha 10 yilgacha davom etishi mumkin. Infektsiyalangan odamda odatda hech qanday alomat kuzatilmaydi, u o’zini yaxshi his qiladi va sog’lom ko’rinadi. Men butun dunyo bo'ylab odamlar OIVdan xoli avlodga ega bo'lish mumkinligini bilishlarini istayman. Ammo biz bu kurashda o'z rolimizni o'ynashimiz kerak. Agar siz hech qachon sinovdan o'tmagan bo'lsangiz, unda testdan o'ting, holatingizni bilib oling, maslahat oling va kerak bo'lsa, dori-darmonlarni qabul qiling. OIV bilan kasallangan homilador ayollarga kerakli maslahat so'rang, chunki atrofda bolalaringizga OIV yuqishining oldini olish uchun xizmat ko'rsatish markazlari mavjud. Jinsiy aloqada bo'lgan va testlari manfiy bo'lgan odamlar uchun siz salbiy bo'lib qolish uchun himoyadan foydalanishingiz yoki tiyishingiz kerak! Bu kurashda hissa qo‘shayotgan hukumat, xalqaro tashkilotlar, NNT va shaxslarni ham unutishni istamayman – charchamang! Agar siz jangga hissa qo'shishni boshlamagan bo'lsangiz, hoziroq boshlang - hali ham kech emas!! OIVdan xoli avlod tug'ilishi mumkin va bu haqiqatan ham sizdan boshlanadi! Hozirigi kunda OITS kasalligining to'liq davosi topilmagan. OIV infeksiyali bemorlarni davolash quyidagi omillarga bog‘liq bo‘lib, ular:o‘z vaqtida davo choralarini boshlash va shu bilan birga hayot uchun xavfli bo‘lgan kasalliklarni oldini olish, hayot sifatini oshirish, umrini uzaytirish hisoblanadi. Bemorlar o‘zlarida rivojlanib borayotgan kasalliklarni bilmasliklari mumkin, shuning uchun faol davriy tekshiruvlar kasallikni erta aniqlash uchun zarur.OIV infeksiyali shaxslarni dispanser nazoratiga olish uchun ularni faol ravishda taklif qilish lozim. Shu bilan birga ularning xaq – xuquqlari paymol qilinmasdan, o‘zlari hohlagan tibbiy muassasani tanlash imkoni beriladi. OIV – infeksiyasi tasdiqlangan shaxslar dispanser kuzatuvi ostida bo‘lishi lozim. OIV-infeksiyali bemorlarni barvaqt dispanser nazoratiga olish, ularning mehnatga bo‘lgan layoqatini saqlab qolish, xayot sifatini oshishiga va umrini uzaytirishiga qaratilgan bo‘lishi kerak. Asosiy vazifalar bu- bemorlarning tibbiy –ruhiy faoliyatini tiklash va retrovirusga qarshi terapiyani o‘z vaqtida boshlashdir. — Sogʻlom turmush tarzi — insonning kun tartibiga rioya etishi, faol harakat asosida organizmini chiniqtirishi, sport bilan shugʻullanishi, toʻla va sifatli ovqatlanishi, gigiyenik qoidalarga amal kilishi, zararli odatlardan oʻzni tuta bilishidir, — deydi u. — Serharakatlilik organizmni tabiiy ravishda ragʻbatlantirib turadi. Shuning uchun sergʻayrat, tinib-tinchimaydigan odamlar doimo tetik, bardam, keksayganlarida ham baquvvat va shijoatli boʻladi . Solligimizga tahdid soluvchi har qanday illatlarga qarshi kurashish uchun sogʻlom turmush tarzini tanlashimiz va sport bilan muntazam shugʻullanishimiz zarurdir. Yani jamiyatda Barchamiz bundan jiddiy xulosa qilgan holda zararli odatlardan voz kechib, ommaviy sport bilan doimiy shugʻullanish, toʻgʻri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilishimiz kerak.Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanish hamda sogʻlom turmush tarzi boʻyicha hayotiy koʻnikmalarni shakllantirish orqali har bir fuqaroda kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo boʻlishini taʼminlash, zararli odatlardan voz kechish, toʻgʻri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, tiklash va reabilitatsiya ishlari hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish, bu borada tegishli infratuzilma va boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratishni qilib olishimiz kerak.Bundan tashqari har bir oila, mahalla va tuman (shahar)da, maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida hamda boshqa tashkilotlarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shugʻullanishga shart-sharoitlar yaratishimiz zarur.Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini oilalar, mahallalar, maktabgacha taʼlim va umumtaʼlim muassasalari darajasida sogʻlom turmush tarzining ajralmas qismi sifatida targʻib qilishimiz maqsadga muvofiq.Shu uchun hammamiz kasallik bizni yengmasdan oldin biz unga qarshi kurashishimiz lozim. Bundan tashqari bunday kasalliklarni oldini olish uchun Taʼlim sohasi ham muhim oʻringa ega.Ta’lim — sog’liqni saqlash ta’limi insonlarga kasallik yuqishi yo’llari va xavf omillarini tushuntirishi kasallikning odini olish uchun muhim hisoblanadi. Agarda biz tegishli chora-tadbirlar qoʻllamasak, ushbu masalada muammolarning chegarasi yoʻq. Uni “ertaga” qoldirish nafaqat “qaltis” vaholanki “jinoyat” hisoblanishi kerak, chunki, beparvo qarab turuvchilarning “ertangi kuni” ham qolmaydi. asosiy maqsadimiz shuki bunday bedavo kasallikka chalinmaslik uchun sog‘lom turmush tarziga rioya qilaylik, o‘zimizni va yaqinlarimizni turli xastaliklardan extiyot qilaylik. Salomatligimizga bee’tibor bo‘lmaylik. OITS degan vaboga xech kim duchor bo‘lmasin, Quvonch to‘la ko‘zlar xech g‘am-anduhni ko‘rmasin, Bo‘ling doim salomat, bizga erur shu eng oliy baxt Hayotingiz nurlarga to‘lsin,hamroh bo‘lsin baxtu-saodat! Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1 S.T.Tursunov; "Sog'lom turmush tarzi" 2010 yil 2. . G'.O.Haydarov; "Ichki kasalliklar" 2002 yil 3. B.U.Yo'ldoshev; "Ichki kasalliklar" 2002 yil 4.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI .ODAMNING IMMUNITET TANQISLIGI VIRUSI BILAN KASALLANISHNING (OIV KASALLIGINING) OLDINI OLISH TO‘G‘RISIDAGI QONUNI Download 13.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling