Biz oltmish besh yoshga yetganimizda to'qson foizdan ko'pimiz yo hech vaqoga


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/27
Sana05.01.2022
Hajmi1.78 Mb.
#220324
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
BBning10 ta siri @biznes kitob

Oltinchi sir

QAT'IYAT QUVVATI

Yigitcha ro'yxatdagi oltinchi kishi bilan dam olish kuni uchrashdi. Styuart Ijli taniqli

aktyor edi. U mamlakatning narigi burchagida ishlardi, lekin bo'sh vaqtida Londonga uchib

keldi  va  yigitchadan  xabar topganidan  so'ng  shanba  kuni  ertalab  shahar  markazidagi

qahvaxonada uchrashishga rozilik bildirdi.

Taniqli  inson  bilan  ko'rishmoq  yigitni  ich-ichidan  biroz  qaltiroqqa  solsa-da,

tayinlangan joyga kelgach u anchayin odmi, jozibador ko'rinishli odamni uchratdi. Janob Ijli

yigitcha bilan eski tanishiday so'rashdi.

Janob  Ijuning yoshi  qirqlarga  borib  qolgan  bo'lsa-da,  u  ancha  yoshroq  ko'rinardi.

Yaltiroq  qora  sochli  bu  kishining  bolanikiday  yirik  va  beg'ubor  ko'zlarini  chetiga  zarhal

yuritilgan ko'zoynaklari yashirardi. Egniga jigarrang kamzul va ko'k shim kiygandi.

— Demak,  o'tgan  haftada  siz  keksa  xitoylikni  uchratdingizmi? — so'radi  u

yigitchadan.

— Ha, — javob berdi u va uchrashuv tafsilotini so'zlay ketdi.

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi



— Men uni o'n ikki yil avval uchratgandim, — dedi janob Ijli. — Xuddi mana shu

qahvaxonada. O'sha birgina uchrashuv mavqeim va hayotimni o'zgartirdi.

— Qanday  qilib? — so'radi  yigitcha.  O'shanda  boshimdan  ancha  mushkul  ahvolni

kechirardim.  Doimiy  ishim  yo'q  edi,  bir  amallab  kun  ko'rish  umidida  shu  yerda taom

tashuvchi sifatida pul topardim. Kunlarning birida kichikkina jussali xitoylik kirib, xuddi

biz o'tirgan stolga kelib o'tirdi. Bu kun peshindan so'ng, tinch-osoyishta vaqt edi. Chol bilan

salomlashdim va tezda oramizda suhbat qizib ketdi.

Men  ishsiz aktyorligimni  aytib,  kasbimiz  muammolari  bo'lmish  moliyalashtirilishi

yetarli  bo'lmagan  darajadagi  eng  kam  sonli  rollar  uchun  haddan  ziyod  odamlar

talashayotgani  to'g'risida  so'zlab  berdim.  To'qson  foizdan  ziyod  aktyorlar  istagan  vaqtda

yoki ishsiz, yoki hayot kechirish uchun boshqa ish bilan mashg'uldirlar. Shunda chol dedi:

— Sen to'g'ri keladigan sharoitlarni kutib o'tirolmaysan. Ularni yaratishni boshlashing

kerak.

O'zimni himoya qilish uchun ko'pgina tanlovlarda ishtirok etsam-da hech qanday rol



ololmaganimni tan oldim. Chol nigohini kosadan uzib menga qaradi va:

— U holda toshkesar singari harakat qilmog'ing darkor, — dedi.

Men bu bilan nima demoqchi bo'lganini so'radim. U javob berdi:

— Toshkesar toshni  uraversa unda  hatto darz ham  paydo  bo'lmaydi. Lekin qat'iyat

bilan o'z ishini davom ettirsa, tosh yoriladigan muddat keladi. Toshni yorish uchun birgina

zarb yetarli emas. Buning uchun bir necha zarblar yig'indisi zarur. Agar siz toshni tarashlab,

muvaffaqiyatga  erishmoqchi  bo'lsangiz,  tosh  yorilguniga  qadar  uni  sabot  bilan

uraverishingiz zamr.

«Men to rol olmagunimcha tanlovlarda ishtirok etaverishim kerak deb hisoblaysizmi?»

— so'radim. «Albatta», — tasdiqladi u.

— Maqsadiga yeta oladigan va buning uddasidan chiqolmaydigan kishilar o'rtasidagi

farq qobiliyatda bo'lishi shart emas, bu — sobitlikda!

Boshqalar yengilgan yerda qat'iyatli kishilar muvaffaqiyatga erishadilar».

Keyin u o'z mavqelariga yetisha boshlagan chog'da rad etilgan Silvestr Stallone, Klint

Istvud,  Sin  Konneri  kabi  ayrim  kino  yulduzlarining  ism-shariflarini  keltirdi.  Silvestr

Stallone  to'g'risida  uncha  yaxshi  gaplar  bo'lmaganini,  hatto  vakolatini  taqdim  etuvchi

vakilni  ham  topish  unga  qiyin  kyechgani,  nihoyat,  o'zi  bosh  rolni  o'ynashi  kerak  bo'lgan

shaxsiy  ssenariyni  yozishga  qaror  qilganini  aytib  berdi.  Qo'lyozmasini  yuborgan

kinoprodynsserlar  birin-ketin  qaytarib  bersa-da,  u  sabot  bilan  yangi  va  yangi  manzillarni

topib,  axiyri  bir  kompaniya  filmni  suvratga  olishga  rozi  bo'lguniga  qadar  tinchimadi.

Muallif  filmdagi  bosh  rolni  boshqa  birov  o'ylamasligi  zarur,  degan  shartni  qo'ydi.  O'sha

kezlarda Stallone pulga nihoyatda muhtoj bo'lsada, o'z tamoyillaridan chekinmadi va fikrida

qat'iyat bilan turdi, natijada kompaniya «Roki» filmidagi bosh rolni unga berishga rozilik

bildirdi.  Ko'p  kompaniyalar  yuz  o'girgan  film  eng  yaxshi  asar  sifatida  xalqaro  Oskar

www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi



mukofotiga  sazovor  bo'ldi.  Ko'rib  turganingizday,  Silvestr  Stallone  o'z  muvaffaqiyatiga

nafaqat noyob qobiliyati, balki qat'iyati tufayli erishdi.

Keksa  kishining  hikoyasi  meni  ilhomlantirdi. Qat'iyatning  muhimligini  uncha

anglamagandim  va  eng  zo'r  yulduzlar  ham  rad  etilishi  munikinligini  hatto  tasavvur  ham

qilolmasdim. Keyinchalik esa ular nafaqat rad etishga to'g'ri kelishi, balki ayrimlari bundan

tez-tez aziyat chekishlarini bilib oldim. So'ngra chol menga Haqiqiy Boylik sirlari hoqida

so'zlab berdi.

— Xo'sh, siz bu haqda nima deb o'yiaysiz — so'radi yigitcha

— Avvaliga eshitganlarimga ishonqiramay qaradim, — dedi janob Ijli.

— Ular  haqida  ko'proq  bilish  va  bundan  hech  nima  yo'qotmasligim  bois,  menga

qanday yordam berishlarini ko'rishga qaror qildim. Ayni shu ondan boshlab hayotimda katta

o'zgarishlar  yuz  berdi.  Yonimda  bir  mirisiz  holda  qahvaxonadagi  xo'randalarga  xizmat

qilardim, bir yil o'tmay, birinchi rolimni olishga va chorak million dollar miqdorida bitim

tuzishga muvaffaq bo'ldim.

Hazillashayapsizmi? — xitob  qildi  yigitcha. — Hayotingiz  shu  qadar  keskin



o'zgardimi?

Janob Ijli bosh irg'adi.

— Bu  sirlarning  quvvatida.  Keksa  xitoylikni  uchratgan  chog'da  o'zimning  artistlik

mavqeimga ishonchni  yo'qotishga  ulgurgandim.  Buni  yorib  o'tishning  iloji  yo'qday

tuyulardi. Mening o'z ishonchli vakilim ham, biron-bir rolim ham yo'q edi. O'ttizdan ortiq

vakillar  tomonidan  rad  etilgandim,  ulardan  ayrimlari  hatto  boshqa  ish  topishni  maslahat

berardi. Ular talabga javob bermasligimni uqtirardilar. Mana, endi qariyani uchratganimdan

keyin Haqiqiy Boylik sirlaridan boxabar bo'ldim.

Har  qaysi  vaziyatda  barcha  sirlar  menga  yordam  berdi,  ammo  hozir  orqaga  nazar

tashlab, eng ahamiyatlisi —qat'iyat kuchini o'rganishdaligini ko'rayapman.

Yigitcha yozishmalarini qayd etish uchun tayyor yon daftarchasi va qalamni oldi.

— Sabot — bu  shunday  xususiyatki,  inson  erishayotgan  yutuqlarda  uni  doim  ham

to'g'ri baholamaydi, — davom etdi janob Ijli. — Amerika Qo'shma Shtatlarining to'rtinchi

Prezidenti Kelvin Kulij shunday yozgandi:




Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling