Orqaga chekinmangiz!
Ba'zan yuz beradigan hamma ishlar yomon kechsa,
Siz sudralib ketayotgandek tuyulgan yo'l doim tog' tomonga yo'nalgan,
Pulingiz kam, qarzingiz esa ko'p bo'lganda,
Siz jilmayishni istasangiz-da, xo'rsinmoqqa majbur bo'lsangiz,
Tashvishlar sizni ezib yuborganda,
Basharti ehtiyojingiz bo'lsa, damingizni oling,
Lekin aslo chekinmangiz!
Ba'zan hayot bizni qanday burilishlar va o'zgarishlarga duchor etishini hammamiz
bilamiz,
Basharti, biz oxirigacha chidam ko'rsatsak, ko'pgina mag'lubiyatlar g'alabaga
aylanadi.
Olg'a siljish sekinlik bilan bo'layotgandek tuyulgani tufayli chekinmang. Keyingi
zarba sizga g'alaba keltirishi mumkin.
Omad — omadsizlikning aks tomoni, Ikkilanish bulutlarida kumushsimon chaqmoq —
Va siz maqsadga naqadar yaqinligingizni hech qachon bilmaysiz,
Uzoqday tuyulgandan ko'ra balki ancha yaqinroqdir,
Sizga qiyin bo'lgan sari, kurashga yanada chuqurroq kirishing.
Ishlaringiz qanchalik yomon ketayotgan bo'lmasin — chekinmangiz!
Edgar A.Gest
Shu kuni kechqurun yigitcha hayoti haqida ro'y-rost uzoq o'yladi. Ko'p yillar ortga
nazar tashlab, shunga amin bo'ldiki, qaysarlik va chidam sifatlarini rivojlantirishga mutlaqo
harakat qilmabdi. uning yo'lida biron qiyinchilik yoki to'siq uchrashi bilan hech ikkilanmay
ortga chekinar va undan osonroq nimadir izlay boshlar ekan.
Endi, janob Ijli bilan uchrashganidan so'ng, modomiki biron-bir narsada
muvaffaqiyatga erishishni xohlasa, u o'zgarish uchun qat'iy qaror qilishi va toshyo'nar
singari yo'l tutishi zarur ekanligini angladi.
Uning yo'lida qanday to'siqlar duch kelsa, to muvaffaqiyatga erishmagunicha qat'iyat
bilan olg'a ilgarilashi zarur.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Yigit yon daftarchasini oldi-da, janob Ijli bilan suhbatlashayotgan chog'da
yozganlarini yana bir bor qayta o'qib chiqdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |