Biz quvnoq bolalarmiz
Download 330.96 Kb.
|
Mashg`ulot ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korreksion maqsad
- Barmoqlar gimnastikasi
- Harakatli o`yin “Dor o`yini” .
- Musiqa tinglash- janrini aniqlash.
- 3. His-tuyg`ularni imo-ishora va ohang bilan ifodalash.
- Diqqat va tana a`zolarini aniqlash mashqlari, aytilgan tana a`zosini ko`rsatish
- VII.Yakuniy mashq: Musiqa jo`rligida ohista qadam bilan bolalar zaldan chiqadilar.
“Biz quvnoq bolalarmiz” Ta`limiy maqsad: bolalarda yurish, sakrash turlarini mustahkamlash. So`zlarni harakatlar bilan bog`lash. Tarbiyaviy maqsad: Gavdani to`g`ri tutishga va diqqat bilan tinglashga o`rgatish. Bolani har tomonlama ahloqiy-ma`naviy jihatdan tarbiyalash. Safda bir-biriga bo`lgan hurmatni shakllantirish. Korreksion maqsad: Fonematik idrokni va ifodali nutqni rivojlantirish, lug`at boyligini oshirish. Dastlabki mashqlar: safda oyoq uchida yurish, sakrash, ilon izi bo`ylab yugurish. Musiqali-ritmik mashqlar: Juft bo`lib saflanish; Musiqa jo`rligida maqomli mashqlar; So`zlarni harakat bilan bog`lash (koordinatsiya) Oyog`imiz taq-taq-taq, Qo`limiz chapak-chapak. Boshimiz sarak-sarak Qo`limizni ko`tardik, Sekingina tushirdik. Endi ehtiyot bo`lib Joyimizda aylandik Qo`lni yonga tushirdik Doira bo`ylab yugurdik Yoki ushbu she`rdan foydalaning! Men tomonga qarab turing, Bir egilib salom bering. Mehmonlarga qarab kuling, Qo`rqmay qadam tashlab yuring. Boshingizni sarak-sarak, Qo`llarimiz chapak-chapak. Barmoqlar gimnastikasi Bog`chaga boraman deydi, Birga bo`laman deydi. Qo`shiq aytaman deydi, Rasm solaman deydi. Dono bo`laman deydi O`ng qo`limda besh barmoq, Chap qo`limda besh barmoq. Ikkalasi o`n barmoq, Ikkalasi do`st barmoq. 3. Besh barmog`im bor mening Besh og`ayni, besh o`rtoq Narsa ushlash, olishda Yordam berar har ishda Yo`q ular bilmagan ish Bir, ikki, uch, to`rt, besh. Mashg`ulot o`tayotga ushbu she`rlardan bittasini olish mumkin. Harakatli o`yin “Dor o`yini” . Ushbu musiqali o`yinda bolalar aylana hosil qilib, musiqa ohangiga raqsga tushishi mumkin. Relaksatsiya. Nafas olish mashqlari: Burundan olib-og`izdan chiqarish, og`izdan olib-burundan chiqarish. Nafas mashqlarini bajarayotganda qo`llar ohistalik bilan tepaga ko`tariladi. Nafas chiqarayotganda qo`llar- yuqoridan pastga tushiriladi. Musiqa tinglash- janrini aniqlash. Bunda bolajonlar quyidagi o`yinni o`ynashlari mumkin. Logoped ikkita yoki to`rtta musiqani oldindan tayyorlab qo`yadi. Ikkita musiqa-sho`xroq, qolgan ikkita musiqa esa sekin tempda bo`lishi kerak. Misol uchun: “Andijon polkasi”, “Xorazm lazgisi”, “Shubertning asarlari”dan foydalansa bo`ladi. Bajarish tartibi: Bolalarga ushbu o`yin haqida tushuncha beriladi. Sho`x musiqa qo`yilganda chapak chalish so`raladi Sekin tempdagi musiqa yangradi-doira bo`lib yurish taklif qilinadi yoki qo`llarini yuqoridan-pastga tushirishi mumkin. 3. His-tuyg`ularni imo-ishora va ohang bilan ifodalash. -“Xayrli tong!” -Ko`zlaringni ochaqol - Uyg`onyabman -Men turyabman! -Yuvinib ol! -Yuvinyabman! -Tishingni yuv! -Shyotka-yordamchim mening! -kiyinib ol! -Kiyinyabman! -Tez bo`laqol -Sochingni tara! -Tugmangni taq! Logoped har bir iborani ohang va harakat, imo-ishora bilan ko`rsatishi kerak bo`ladi. Diqqat va tana a`zolarini aniqlash mashqlari, aytilgan tana a`zosini ko`rsatish: Tirnoqlar bor barmoqda, Bilak, tirsak bor qo`lda. Bo`yin bosh va yelka, Qorin ham bor pastroqda. Yana ikki oyoq bor, Undach tizza, tovon. Oyoq uchida turib, Engashasiz bel bukib. Endi boshga o`tamiz, Bor unda ikki quloq. Ko`z, kiprik va qoshlar, Ular o`zaro do`stlar. Yonoq, burun va og`iz, U ham joylashgan yolg`iz Og`izda tishlar qator, Pasroqda daxan ham bor. Yoki Bosh, bo`yin, yelka, ko`krak Qorinchamiz biroz pastroq. Belimizga yaqin bo`ksa, Tizza, tovon pastroq tushsak. Bir egilib turamiz Yana boshga qaytamiz Bor unda ikki quloq Ikkita ko`z qalin o`rtoq Ikki qosh, bitta burun Lab va tish bor qargin Lab ostida bor daxan U bittadir bolajon Shuncha narsa bilvolgin Barchasin eslab qolgin. VII.Yakuniy mashq: Musiqa jo`rligida ohista qadam bilan bolalar zaldan chiqadilar. Download 330.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling