Biz quvnoq bolalarmiz


Download 330.96 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi330.96 Kb.
#1599337
Bog'liq
Mashg`ulot ishlanma


Biz quvnoq bolalarmiz”
Ta`limiy maqsad: bolalarda yurish, sakrash turlarini mustahkamlash. So`zlarni harakatlar bilan bog`lash.
Tarbiyaviy maqsad: Gavdani to`g`ri tutishga va diqqat bilan tinglashga o`rgatish. Bolani har tomonlama ahloqiy-ma`naviy jihatdan tarbiyalash. Safda bir-biriga bo`lgan hurmatni shakllantirish.
Korreksion maqsad: Fonematik idrokni va ifodali nutqni rivojlantirish, lug`at boyligini oshirish.

  1. Dastlabki mashqlar: safda oyoq uchida yurish, sakrash, ilon izi bo`ylab yugurish.

  2. Musiqali-ritmik mashqlar:

  1. Juft bo`lib saflanish;

  2. Musiqa jo`rligida maqomli mashqlar;

  3. So`zlarni harakat bilan bog`lash (koordinatsiya)

Oyog`imiz taq-taq-taq,
Qo`limiz chapak-chapak.
Boshimiz sarak-sarak
Qo`limizni ko`tardik,
Sekingina tushirdik.
Endi ehtiyot bo`lib
Joyimizda aylandik
Qo`lni yonga tushirdik
Doira bo`ylab yugurdik

Yoki ushbu she`rdan foydalaning!


Men tomonga qarab turing,


Bir egilib salom bering.
Mehmonlarga qarab kuling,
Qo`rqmay qadam tashlab yuring.
Boshingizni sarak-sarak,
Qo`llarimiz chapak-chapak.



  1. Barmoqlar gimnastikasi

  1. Bog`chaga boraman deydi,

Birga bo`laman deydi.
Qo`shiq aytaman deydi,
Rasm solaman deydi.
Dono bo`laman deydi

  1. O`ng qo`limda besh barmoq,

Chap qo`limda besh barmoq.
Ikkalasi o`n barmoq,
Ikkalasi do`st barmoq.
3.
Besh barmog`im bor mening
Besh og`ayni, besh o`rtoq
Narsa ushlash, olishda
Yordam berar har ishda
Yo`q ular bilmagan ish
Bir, ikki, uch, to`rt, besh.

Mashg`ulot o`tayotga ushbu she`rlardan bittasini olish mumkin.



  1. Harakatli o`yin “Dor o`yini” . Ushbu musiqali o`yinda bolalar aylana hosil qilib, musiqa ohangiga raqsga tushishi mumkin.

  2. Relaksatsiya.

  1. Nafas olish mashqlari: Burundan olib-og`izdan chiqarish, og`izdan olib-burundan chiqarish. Nafas mashqlarini bajarayotganda qo`llar ohistalik bilan tepaga ko`tariladi. Nafas chiqarayotganda qo`llar- yuqoridan pastga tushiriladi.

  2. Musiqa tinglash- janrini aniqlash. Bunda bolajonlar quyidagi o`yinni o`ynashlari mumkin. Logoped ikkita yoki to`rtta musiqani oldindan tayyorlab qo`yadi. Ikkita musiqa-sho`xroq, qolgan ikkita musiqa esa sekin tempda bo`lishi kerak. Misol uchun: “Andijon polkasi”, “Xorazm lazgisi”, “Shubertning asarlari”dan foydalansa bo`ladi.

Bajarish tartibi:

  1. Bolalarga ushbu o`yin haqida tushuncha beriladi.

  2. Sho`x musiqa qo`yilganda chapak chalish so`raladi

  3. Sekin tempdagi musiqa yangradi-doira bo`lib yurish taklif qilinadi yoki qo`llarini yuqoridan-pastga tushirishi mumkin.



3. His-tuyg`ularni imo-ishora va ohang bilan ifodalash.
-“Xayrli tong!”
-Ko`zlaringni ochaqol
- Uyg`onyabman
-Men turyabman!
-Yuvinib ol!
-Yuvinyabman!
-Tishingni yuv!
-Shyotka-yordamchim mening!
-kiyinib ol!
-Kiyinyabman!
-Tez bo`laqol
-Sochingni tara!
-Tugmangni taq!
Logoped har bir iborani ohang va harakat, imo-ishora bilan ko`rsatishi kerak bo`ladi.



  1. Diqqat va tana a`zolarini aniqlash mashqlari, aytilgan tana a`zosini ko`rsatish:

Tirnoqlar bor barmoqda,
Bilak, tirsak bor qo`lda.
Bo`yin bosh va yelka,
Qorin ham bor pastroqda.
Yana ikki oyoq bor,
Undach tizza, tovon.
Oyoq uchida turib,
Engashasiz bel bukib.
Endi boshga o`tamiz,
Bor unda ikki quloq.
Ko`z, kiprik va qoshlar,
Ular o`zaro do`stlar.
Yonoq, burun va og`iz,
U ham joylashgan yolg`iz
Og`izda tishlar qator,
Pasroqda daxan ham bor.


Yoki
Bosh, bo`yin, yelka, ko`krak
Qorinchamiz biroz pastroq.
Belimizga yaqin bo`ksa,
Tizza, tovon pastroq tushsak.
Bir egilib turamiz
Yana boshga qaytamiz
Bor unda ikki quloq
Ikkita ko`z qalin o`rtoq
Ikki qosh, bitta burun
Lab va tish bor qargin
Lab ostida bor daxan
U bittadir bolajon
Shuncha narsa bilvolgin
Barchasin eslab qolgin.


VII.Yakuniy mashq: Musiqa jo`rligida ohista qadam bilan bolalar zaldan chiqadilar.



Download 330.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling