Bizga berilgan kazusni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida quyidagi muammoli holatlani har tomonlama tahlil qilinadi va xulosalar beriladi
Download 20.8 Kb.
|
1 2
Bog'liq12-kazus. Sud va HMQOdan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bizga berilgan kazusni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida quyidagi muammoli holatlani har tomonlama tahlil qilinadi va xulosalar beriladi . Birinchi muammoli holat
- Ikkinchi muammoli holat
Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar fani seminar mashg’ulotida Aliyev notarius va advoktura ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar ekanligi, ularning mavjud vakolatlaridan kelib chiqib ushbu organlarni ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar qatorida sanab o’tish kerakligini ta’kidladi. Talaba Olimov bu fikrga qarshi chiqib , bu muammoli masala ekanligini ta’kidladi. Bizga berilgan kazusni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida quyidagi muammoli holatlani har tomonlama tahlil qilinadi va xulosalar beriladi. Birinchi muammoli holat Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar fani seminar mashg’ulotida Aliyev notarius va advoktura ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar ekanligi, ularning mavjud vakolatlaridan kelib chiqib ushbu organlarni ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar qatorida sanab o’tish kerakligini ta’kidlashi amaldagi qonunchilikka muvofiqmi. Ikkinchi muammoli holat o’zi sud va huquqni himoya qiluvchi organlarga qaysilar kiradi Uchunchi muammoli vaziyat. Talaba Olimov bu fikrga qarshi chiqib , bu muammoli masala ekanligini ta’kididlashi asoslimi. Birinchi muhokama qilinishi lozim bo’lgan holatga to’xtaladigan bo’lsak Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar fani seminar mashg’ulotida Aliyev notarius va advoktura ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar ekanligi, ularning mavjud vakolatlaridan kelib chiqib ushbu organlarni ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar qatorida sanab o’tish kerakligini ta’kidlashi amaldagi qonunchilikka muvofiq emas . chunki huquqni muhofaza qilish faoliyatiga oid vazifalarni amalga oshiruvchi aniq organlar mavjud bo’lib, ular huquqni muhofaza qiluvchi organ deyiladi. Notarius va advakatura quyidagi huquqlarga ega emas . chunki natarus va advakatura to’g’risidagi qonunda ham natarus va advakatura huquqni muhofaza qiluvchi organ deb yozib qo’yilmagan. Bu esa natarus va advakaturani huquqni himoya qiluvchi organ emasligiga qonuniy asos ya’na shuni ham aytish mumkinki natarus va advakaturaning huquqlari quyidagidan iboratdir.natarusning huquqlari o‘ziga murojaat qilgan barcha shaxslar uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish, notarial harakatni amalga oshirish joyi qonunchilikda belgilab qo‘yilgan hollar bundan mustasnodir. bitim va arizalarning loyihalarini tuzish, hujjatlarning nusxalarini va ulardan ko‘chirmalarni tayyorlash, shuningdek notarial harakatlarning amalga oshirilishiga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish; jismoniy va yuridik shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni talab qilib olish. davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rash hamda olish;. jismoniy va yuridik shaxslar nomidan tegishli davlat organlariga mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni va hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirish uchun, shuningdek hujjatlarning chet elda amal qilishi uchun mazkur organlar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlarni olgan holda hujjatlarni legallashtirish uchun murojaat qilish. yuridik shaxslarning rahbar organlari yig‘ilishlarida ularning taklifiga ko‘ra ishtirok etish. Advokatlar palatasi O‘zbekiston Respublikasi barcha advokatlarining majburiy a’zoligiga asoslangan notijorat tashkilotidir. Advokatlar palatasi o‘zining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy boshqarmalari bilan birgalikda advokaturaning yagona o‘zini o‘zi boshqarish tizimini tashkil etadi. Advokatlar palatasining vazifalari va vakolatlariga o‘xshash vazifalar va vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Advokatlar Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalarining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, advokatlarning majburiyatlari bo‘yicha esa, Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalari javob bermaydi. Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha advokatlik tuzilmalari va advokatlar uchun majburiydir Advokat muayyan ish bo‘yicha yuridik yordam ko‘rsatayotgan yoki ilgari yuridik yordam ko‘rsatgan shaxslarning manfaatlari ishni olib borishni so‘rab murojaat etgan shaxsning manfaatlariga zid kelgan yoki u sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruv o‘tkazuvchi shaxs, jamoat ayblovchisi, sud majlisi kotibi, ekspert, mutaxassis, jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning vakili, guvoh, xolis, tarjimon sifatida ishtirok etgan hollarda, shuningdek agar ishni surishtiruv yoki dastlabki tergov shaklida tergov qilishda yoxud sudda advokatning qarindoshi bo‘lgan mansabdor shaxs ishtirok etgan yoki ishtirok etayotgan bo‘lsa, xuddi shuningdek agar advokat bevosita yoki bilvosita shu ishdan shaxsan manfaatdor bo‘lsa bu hol unga ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) manfaatlariga zid kelsa, yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi topshiriqni qabul qilishga haqli emas. Download 20.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling