Biznes – reja ( Uch yil uchun ) Loyiha rahbari
franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma
Download 375.5 Kb.
|
SAFAROVA GULRUXSORA
franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma — tashkilotlar uchun dunyoning taniqli va nufuzli top-50 mehmonxona brendlaridan yoki top-5 mehmonxona tarmoqlaridan foydalanish bo‘yicha tuzilgan shartnoma;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son) subsidiya — investorlarga mehmonxona qurish va uni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan mablag‘lar. 3. Investorlarga yangi qurilgan mehmonxonasi 3 yulduzli toifaga va 50 ta xonadan kam bo‘lmagan xonalar fondiga ega yoki 4 yulduzli toifaga va 100 ta xonadan kam bo‘lmagan xonalar fondiga ega bo‘lganda subsidiya ajratiladi. Bunda yangi qurilgan mehmonxona 2022-yil 1-yanvarga qadar foydalanishga topshirilishi lozim. Investorlarga subsidiya ajratish 2019-yil 5-yanvardan boshlab, qo‘shimcha ravishda yangi tashkil etilayotgan mehmonxonalarning xonalari fondi 50 mingtaga yetguniga qadar amal qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) har chorak yakuni bilan qo‘shimcha ravishda yangi tashkil etilayotgan mehmonxonaning xonalari hisobini yuritadi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi. 4. Tashkilotlar dunyoning taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan foydalanish bo‘yicha franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma kuchga kirgan vaqtdan boshlab, uch yil mobaynida har yili bir marotaba O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qisman moliyalashtiriladi (keyingi o‘rinlarda qisman moliyalashtirish deb ataladi). Bunda franchayzing to‘g‘risidagi shartnomalar 2019-yil 5-yanvardan so‘ng kuchga kirgan bo‘lishi lozim. Tashkilotlarni qisman moliyalashtirishning umumiy hajmi ko‘pi bilan 10 million AQSh dollari ekvivalentiga teng bo‘ladi. 5. Investorlar subsidiya olishi va tashkilotlar qisman moliyalashtirilishi uchun hujjatlarni topshirish sanasiga quyidagi talablarga javob berishi zarur: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi bo‘lmagan; bankrotlik va tugatish jarayonida bo‘lmagan. Oldingi tahrirga qarang. (5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son) 6. Investorlarni subsidiyalash va tashkilotlarni qisman moliyalashtirish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Download 375.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling