Biznes – reja ( Uch yil uchun ) Loyiha rahbari


-bob. Davlat budjetidan subsidiya ajratish va qisman moliyalashtirish tartibi


Download 375.5 Kb.
bet13/19
Sana16.06.2023
Hajmi375.5 Kb.
#1504985
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
SAFAROVA GULRUXSORA

4-bob. Davlat budjetidan subsidiya ajratish va qisman moliyalashtirish tartibi
29. Investorlarga foydalanishga topshirilgan mehmonxonalar uchun qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash hamda taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan foydalanish bo‘yicha franchayzing shartnomasini qisman to‘lash uchun mablag‘lar 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining qo‘shimcha mablag‘lari va 2020-2021-yillarda esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
30. Investorlarga subsidiya ajratish yoki tashkilotlarga franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha qisman moliyalashtirish uchun Qo‘mita Moliya vazirligiga investor va tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ajratilayotgan mablag‘lar hisob-kitobi aks ettirilgan buyurtmanomani taqdim etadi.
31. Moliya vazirligi Qo‘mita tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomani uch ish kunida ko‘rib chiqadi va tegishli mablag‘larni Qo‘mitaning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkazadi.
Bunda investorlarga subsidiya ajratish yoki tashkilotlarga franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha qisman moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi tomonidan Qo‘mitaga belgilangan tartibda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladi.
32. Mablag‘lar kelib tushganidan so‘ng ularni Qo‘mita besh ish kunida investor va tashkilotlarning ularga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklardagi hisobraqamlariga mablag‘larni o‘tkazib beradi.
33. Moliyaviy yil yakuni bilan mazkur shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida foydalanilmay qolgan budjet mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Respublika budjetiga qaytariladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
34. Subsidiya berish yoki qisman moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan mablag‘ ajratilgan tashkilotlar ro‘yxati (reyestri) Qo‘mitaning veb-saytiga joylashtiriladi.
Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar va qo‘shimcha ravishda tashkil etilayotgan xonalar soni to‘g‘risidagi ma’lumot har oy yakuni bo‘yicha yangilanib boriladi hamda yillar va tashkilotlar kesimida aks ettiriladi.
35. Subsidiya olish yoki franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha qisman moliyalashtirilishi maqsadida taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlarning to‘g‘riligiga tegishli investorlar va tashkilotlar mas’ul hisoblanadi.
36. Qo‘mita subsidiya berish hamda qisman moliyalashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoring qilish, Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning investorlar va tashkilotlarga yetkazilishi yuzasidan mas’ul hisoblanadi.
37. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘larning ajratilishi va investorlarga yetkazilishini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti nazorat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
38. 3 yoki 4 yulduzli toifaga ega bo‘lgan mehmonxona uchun subsidiya ajratilgan davrdan boshlab 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda mehmonxonaning kamida ushbu toifaga egaligi mehmonxona ishonchli boshqaruvga berilganligidan qat’iy nazar, investor tomonidan ta’minlanishi lozim, aks holda ajratilgan subsidiya Davlat budjetiga qaytariladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)
39. Dunyoning taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan foydalanish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarining amal qilinishi ustidan monitoring Qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi.
Franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilingan vaqtdan boshlab Davlat budjetidan qisman moliyalashtirish to‘xtatiladi.
40. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘ ajratish tartibi haqidagi Nizomga
1-ILOVA



Download 375.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling