Biznes boshqaruv asoslari


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/26
Sana07.11.2020
Hajmi1.64 Mb.
#142068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
biznes boshqaruv asoslari fani boyicha oquv-uslubiy majmua (1)


Haridor harajatlari 
Siz ishlab topayotgan va sarf qilayotgan pul iqtisodiy rivojlanishning asosiy sabablaridan biridir. 
Shaxsiy foyda. 
Har kuni,insonlar ishlab chiqarishdagi ishtiroki uchun pul olishadi.Shaxsiy foyda oylik ish haqqi va 
daromadning  investitsiyadan  foyda  va  hukumat  to`lovlarining  shaxslarga  to`lanishi  ko`rinishida 
bo`ladi. 

 
Bu  fondlar  qondirlishi  lozim  bo`lgan  maxsulot  va  xizmatlarni  sotib  olishda  ildiz  bo`lib  hizmat 
qiladi.  Dunyodagi  ko`pchilik  davlatlarida  ishchi  kuchi  yaxshi  himoyalanmagan.  Qashshoq  iqtisodiy 
iqlim  kunlik  harajatlarni  qoplash  uchun  oilalarning  barcha  a’zolarini  fermalarda  yoki  zavodlarda 
ishlashga majbur etadi. 
Oylik tovar aylanishi 
Ushbu oylik tovar aylanish ko`rsatkichlari iqtisodiyotdagi umumiy haridor harajatlarining natijalari. 
Oylik  tovar  aylanishining  o`sishi  odatda  iqtisodiy  o`sishga  olib  keladi.  Kimning  ichki  tovar 
aylanishining asosiy buyumlari sifatida o`z ichiga avtomobillar, qurilish materiallar, mebellar, benzin 
va  kiyim-kechaklarni  olsa  ularni  restoranlardan,  bozor  rastalaridan,  ovqat  do`konlaridan  va 
aptekalardan harid qilishadi. 
  Iqtisodiy iqlimning o`zgarishi 
Maqsadlar 
Kalit so’zlari 
Hayotiy misol. 
1.Biznes 
faoliyatining 4 
bosqichini 
o`rganish 
Biznes faoliyati 
aylanish 
davomiyligi 38 
Rivojlanish 38 
Kamayish 39 
Dipressiya 39 
Qaytarish 40 
Inflyatsiya 40 
Narx indeksi 
diflatsiya 
Siz 5 yil oldingi bilimizga qaraganda hozirda ilmingiz 
ko`proqmi? Siz 10 yil avvalgiga nisbatan sport bilan 
shug`ullanish qobiliyatingiz yaxshiroqmi? Sizning 
mahorat va qobiliyatingiz oshgan sari, oilangizga bo`lgan 
bo`gliqlik kamayadi va siz kelajagingizni rejalashtirishni 
boshlaysiz. Siz pul vatopish uni tejash haqida havotirlana 
boshlaysiz. Siz o`qishingizni davom ettirish uchun rejalar 
tuzish haqida o`ylay boshlaysiz. Hayotingizdagi ko`p 
narsalar o`zgaradi. Sizning ushbu bosqichingiz yangi 
qobiliyatlarni ochish va kurslardagi qiyinchiliklarga 
asoslangan bo`ladi. Sizning depozitingining hajmi, pul 
tomish, tejash va sarflashga asoslangan bo`ladi. 
Iqtisodiyot uchun o`zgarish bu to`g`ri yo’ldir. O`sish va 
kamayishlar tadbirkorlikda tez-tez bo`lib turadi.Iqtisodiy 
iqlim rivojlansa, Mamlakatdagi sharoit ham rivojlanadi. 
Taqqoslash uchun, iqtisodiy tendensiyaning pasayishi, 
haridor va ishchilar uchun qiyinchiliklarni keltirib 
chiqaradi. 
2.Inflyatsiya va 
deflyatsiyaning 
sabalari 
3.Foiz 
miqdorining 
muhimligini 
aniqlash 
 
   Biznes faoliyatining 4 bosqichini o`rganish 
Biznes faoliyatli sikli. 
Iqtisodiy  va  biznes  faoliyati  sikl  bo`yicha  harakatlanishga  intiladi.  Barcha  millatlar  tajribasida 
sinalganidek iqtisodiyotda yaxshi va yomon davrlar bo`lib turadi.Baxtimizga  vaqt o`tishi bilan, yomon 
iqlim yo`qolib , yaxshi iqlim qaytadi. 
 
O’tmishga  iqtisodiy  o`zgarishlarga  e’tibor  beradigan  bo`lsak,  yaxshi  kunlardan  keyin  yomon 
kunlar va undan keyin yaxshi kunlar o`zgarishini ko`ramiz. Ushbu iqtisodiyotning bir iqlimdan boshqa 
iqlimga o`zgarish tezligini biznes faoliyati sikli deb ataladi. 
 
Biznes  faoliyati  sikli  bu  YIM  ning  o`sish  va  kamayishlarning  takrorlanishidir.  Biznis  faoliyati 
sikllarining 4 asosiy iboralari bor: rivojlanish, pasayish, depressiya va qayta tiklanish. 
Rivojlanish 
Biznes faoliyati siklining eng yuqori nuqtalaridagi faoliyatni rivojlanish deyiladi. Rivojlanish bu vaqt 
oralig`i  bo`lib, bu oraliqda kimki ishlashni xoxlasa ishlaydi, biznes esa maxsulotlarni va xizmatlarni 
record  darajada  ishlab  chiqarilayotgan,  ish  haqqi  esa  yaxshi,  va  YIM  ning  o`sishi  esa  tezlashgan 
bo`ladi. 
 
Maxsulot va xizmatlarga bo`lgan talab oshgan. Bu vaqt oralig`ida odatda biznes faoliyati yuqori 
nuqtalarni  egallayotgan  bo`ladi.  Rivojlanish  ham  doim  davom  etmaydi.  Iqtisodiyot  sekin  soviy 
boshlaydi va faoliyat sekinlashadi. 
Pasayish 
Iqtisodiyotning sekinlashayotgan, biznes faoliyatining bu fazasi pasayish bo`limi deb ataladi. Pasayish 
bu vaqt oralig`i bo`lib, bu oraliqda extiyojlar kamayadi, ishsizlik oshib boradi, YIM ning o`sishi esa 
kalendar yilining 2 va undan ortiq kvartallarida sekinlashadi. Bu bosqich juda ham muhim emas yoki 

uzoq vaqt davom etmaydi, lekin bu bog`langan biznesdagi ishchilar uchun qiyinchilik belgisidir. Misol 
uchun  agar  insonlar  kamroq  mashina  sotib  olishadigan  bo`lsa,  battariya,  balon  va  boshqa  qismlarni 
ishlab chiqaruvchi ishchilar ishdan ketishadi. Bu holat biznes faoliyatida to`lqin effekti deyiladi. 
 
Vaqt  o`tishi  bilan,  ishlab  chiqarish  iqtisodiyotning  barcha  sohalarida  kuchsizlanadi,  keyin 
chorakgacha umumiy mahsulot ishlab chiqarish pasayadi.  Ba’zi pasayishlar uzoq vaqt davom  etadi 
chunki ishlab chiqarishning kam jihatlari foydalanilganligi va umumiy extiyojlar kamayganligi sababli.  
Etik analiz yo`nalishlari 
Ko`pchilik  tadbirkorlik  qarorlari  turli  xil  yo`llar  orqali  qabul  qilinadi.  Ba’zi  mamlakatlarda, 
odamlar  ishlayotgan  kompaniyalarida  oilalar  a’zolarini  boshqalarga  qaraganda  ishga  joylashadi. 
Boshqa joylarda, to`lovlar va sovg`alar biznesni boshlashdan oldin olinishi kutiladi. 
 
Shu va boshqa vaziyatlar etik muammolarni keltirib chiqaradi. Etikalar bu to`g`rilik va noto`g`rilik 
prinsiplari  bo`lib  shaxsiy  va  biznes  qarorlarni  qilishda  yo`naltiradi.  Biznes  vaziyatdagi  etikalarni 
muhokama qilayotganda ushbu 3 aniqlashtirish savollari qo`yiladi: 
1.  Faoliyat  qonuniymi?  Qonunlar  Mamlakatlar  va  shtatlarda  turlicha  bo`ladi.  Ko`pchilik 
kompaniyalar xalqaro qarorlarni o`zlarining davlatlaridagi qonunlarga asoslanga holda qabul qilishadi. 
Muammo  paydo  bo`ladigan  bo`lsa,  menejerlar  boshqa  sabablarni,  professional  standartlar  va 
faoliyatning jamiyatga ta’sirini nazarda tutishadi. 
2.  Faoliyat professional va kompaniya standartlariga zid emasmi? 
Tez-tez  chegaradan  chiquvchi  professional  yoki  kompaniya  standartlari  qonun  tomonidan  ko`rilib 
chiqiladi. Bu esa ikkala taraflama kompaniya va jamiyatning qiziqishlarini hisobga olgan holda qaror 
qabul qilish kafolatini beradi. 
Kim faoliyat tomonidan harakatga keladi va qanday qilib? 
Qarorlar qonuniy va  professional  yoki  kompaniya standartlari ko`rinishida bo`lishi  mumkin.  Qaror 
qabul  qiluvchilar  ishchilar,  haridorlar,  raqobatchilar,  va  tashqi  muhit  o`sishidagi  o`zgarishlarini 
e’tibordan qochirmasliklari kerak. 
Qayta tikanish 
Iqtisodiy  pasayish  butun  umr  davom  etmaydi.Biznes  faoliyati  siklining  yoqimli  fazasi  qayta 
tiklanish boshlanadi.Qayta tiklanish fazasida ishsizlik kamayadi,maxsulot va xizmatlarga bo`lgan talab 
ortadi va YIM yana o`sishni boshlaydi. 
Odamlar ishlay boshlashadi.Haridorlar kelajaklariga va o`zlariga ishonishib yana sotib olishni 
boshlashadi.  Qayta  tiklanish  tez  yoki  past  tezlikda  bo`lishi  mumkin.Agar  u  davom  etsa,  xalq  ham 
gullab-yashnaydi. 
Harid buyumlarining narxlari. 
Siz biror martaolayotgan buyumingizning o`lchovi kichrayganu, narxi esa o`sha-o`sha bo`lgan 
vaziyatni kuzatganmisiz? Siz yangi texnologik maxsulotlarni oldingisiga qaraganda unchalik qimmat 
bo`lmagan  narxda  sotib  olganmisiz?  Bularning  barchasi  sizning  milliy  pul  birligining  sotib  olish 
quvvati. 
Inflyatsiya 
Ko`pchilik mamlakatlar to`qnash keladigan muammolarning biri bu inflyatsiyadir. Inflyatsiya 
bu  narxlarning  umumiy  bosqichlaridan  oshishidir.  Inflyatsiya  davrida  sotib  olish  quvvati  pasayadi. 
Agar  narxlar  o`tgan  yil  hisobida  5%ga  oshgan  bo`lsa,  100$  narxdagi  buyumlarni  endi  bu  yil  105$ 
narxda sotib olishingiz mumkin bo`ladi. Bu esa xizmatlar va mahsulotlarni sotib olish uchun ko`proq 
pul talab etadi. Inflyatsiya asosan o`zgarmas miqdordagi oylik oladigan inoslarga sezirarli ta’sir etadi. 
Inflyatsiya sababli, nafaqadagi odamlar va kimning maoshi o`zgarmaydigan bo`lsa oldingiga nisbatan 
kamroq maxsulot yoki xizmatlar bilan cheklanishga to`g`ri keladi. 
Inflyatsiya sabablari 
Inflyatsiyaning bir turi, tovar yoki xizmatga bo`lgan talab miqdori yetkazib berish qobiliyatiga 
nisbatan yuqori bo`lganda namoyon bo`ladi. Katta miqdordagi olingan qarz yoki ishlab topilgan pul 
miqdori cheklangan tovarlarga sarflanganda, narxlar oshadi.   Oylik 
maoshining 
oshishiga 
qaramasdan,  maxsulot  va  tovarlar  narxi  odatda  shunchalik  tez  o`sishadi,  oylikka  yashovchilar  hech 
qachon yetishib olisholmaydigan. Ko`pchilik insonlar inflyatsiyani zararli deb o`ylashadi. Haridorlar 
sotib olayotgan buyumlariga qimmatroq narxda to`lov qilishlariga to`g`ri keladi. Shu sababli, ishchilar 
o`zlarining odatiy turmush tarzini saqlab qolish uchun ko`proq pul topishlariga to`g`ri keladi. Ishlab 

chiqaruvchilar o`zlari sotayotgan xizmat va maxsulotlarni qimmatroq narxlashlari mumkin. Agar ish-
haqqi  narxlarga  nisbatan  tezroq  osha  boshlasa,  biznesmenlar  kamroq  ishchilarni  yollashga  to`g`ri 
keladi va ishsizlik o`sa boshlaydi. 
Inflyatsiyani o`lchash 
Inflyatsiya  tez-tez  o`zgarib  turadi.1950-yillar  oxiri  va  1960-yillarboshi  oralig`ida  xorijda 
inflyatsiyaning ko`rsatkichi yiliga 1-3%ni tashkil etgan. 1970-1980 yillar oralig`ida aholining o`rtacha 
turmush  tarzi  10-12%ga  yillik  ko`rsatkichda  oshdi.O`rtacha  inflyatsiya  (yiliga  2-3%  miqdoridagi) 
iqtisodiy o`sish sababchisi bo`lishi mumkin. O`rta inflyatsiya vaqtida ish-haqqi maxsulot yoki xizmat 
narxiga qaraganda sekinroq oshadi. Maxsulot savdosidagi narxlarni ishchi kuchini narxi bilan bog`liq 
holda  baland  bo`ladi.  Ishlab  chiqaruvchilar  foydaning  oshishi  hisobiga,  ko`proq  maxsulot  ishlab 
chiqarishadi  va ko`proq  ishchilarni  yollay boshlashadi.  Yangi  yollangan ishchilar sarfni  oshiradi  va 
iqtisodiyotdagi umumiy extiyoj oshadi.  Xorijda, inflyatsiyaning eng ko`p uchraydigan o`lchov birligi 
sifatida Yashash Narxi Ko`rsatkichi (YNK) deb ataladi. Yashash narxi bu o`lchov miqdori bo`lib, u 
mazkur yildagi yashash narxini undan oldingi yildagi yashash narxi solishtirish natijasida aniqlanadi. 
Yashash narxi ko`rsatkichining turli xil ko`rinishlari mavjud. Inflyatsiya ko`rsatkichi aldamchi bo`lishi 
mumkin,  chunki  yashash  narxi  ko`rsatkichi  tanlangan  guruhlarga  asoslangan  bo`ladi.  Ko`pchilik 
insonlar  ko`rsatkich  hisob-kitobidan  foydalangan  holda  tahmin  qilishgan  narsalarni  sotib 
olisholmaymiz  degan  noto`g`ri  fikrda  bo`lishadi.  Muxtojlar(oziq-ovqat,  gaz,  sog`liq  maxsulotlari) 
narxlari muhim bo`lmagan maxsulotlarga nisbatan tez oshishi mumkin.Yuqorida keltirilgan inflyatsiya 
natijalari haridorlar tomonidan yashash narxining oshish hisoblaridan pastroqdir. 
  Defylatsiya 
Inflyatsiyaga teskari tushuncha deflyatsiyadir. Deflyatsiya umumiy narx bosqichlarining pasayishidir. 
Bu holat odatda pasayish va dipressiya vaqt oralig`ida namoyon bo`ladi. Maxsulot narxlari patsroq, 
lekin insonlarda esa ularni sotib olish uchun yetarlicha pul  yo`q. Muhim deflyatsiya 1930 yillardagi 
buyuk  dipressiya  davomida  xorijda  kuzatilgan.  Misol  uchun,  1929  –  1933  yillar  oralig`ida  narxlar 
tahminan  25%ga  pasaydi.  Deflyatsiya  maxsus  tovarlar  sotuvida  namoyon  bo`lishi  mumkin.  So`ngi 
yillarda,  kompyuter  va  boshqa  electron  qurilmalarning  narxi  rivojlangan  texnologiyalarga  nisbatan 
sezirarli pasaydi. 
Foiz stavkasi 
Oddiy qilib aytganda, foiz stavkasi pulning narxini ifodalaydi. Huddi boshqa narsalar kabi pulning ham 
narxi mavjuddir. Biznes faoliyatida foiz stavkasining ahamiyati juda katta. 
Qarz olgan kompaniya va mamlakatlar foiz stavkasi tomonidan zarar ko`rishi mumkin. Kattaroq foiz 
stavkalari katta biznes narxlarini anglatadi. 
Haridor  sifatida  sizga    ham  foiz  stavkasi  ta’sir 
ko`rsatadi. Siz investor yoki jamg`armachi sifatida oladigan foiz miqdori (foyda) joriy foiz stavkalarida 
o`z  aksini  topadi.  Shunigdek  haridorlar  ham  qarz  olishadi.  Past  kredit  ko`rsatkichli  insonlar  yuqori 
ko`rsatkichlilarga nisbatan yuqori kredit foizlarini to`lashadi. 
Xorijiy mamlakatlarning foiz stavka turlari 
Foiz stavkalarining ko`p turlari har bir iqtisodiyotda mavjuddir. Ushbu stavkalar turli muhitlardagi turli 
narxlarni ifodalaydi. Foiz stavkalarining ba’zi birlari quyidagida keltirilgan: 
  Baziz stavkasi–bu banklar tomonidan eng yaxshi haridorlar – kata korporatsiyalar uchun 
taklif qilinadi. 
  Hisob  stavkasi  –Fideral  Rezerv  Banki  tomonidan  Finans  Institulariga  fondlariga 
beriladigan qarzlar foizi 
  T-bilet stavkasi –AQSH hukumati obligatsiyalari bo`lib qisqa muddat (13 hafta)dagi foiz 
stavkalari. 
  Uzoq  muddatli  stavka  –  AQSH  hukumati  obligatsiyasi  bo`lib  uzoq  muddat(30 
yilgacha)lik foiz miqdori. 
  Ipoteka stavkasi –Yangi uy olish uchun olinadigan kredit foizi. 
  Korporatsiyalar  stavkasi  –  AQSHdagi  yirikkorporatsiyalari  uchun  beriladigan  kredit 
foizi. 
  Depozit sertifikati stavkasi–Institutlar depozitlarini saqlash uchun foiz miqdori. 
 
 

Fozi stavkalrini o`zgarishi 
Har kuni pulning narxi turli hil sabablarga ko`ra o`zgarib turadi. Pulga bo`lgan muxtoj va uning zahirasi 
foiz stavkalarining bosqichlarida eng muhim ahamiyatni kasb etadi. Saqlanadigan miqdor oshsa, foiz 
stavkalari  ham  tusha  boshlaydi.Turli  hil  fondlarning  mavjudligi  bunga  sabab  bo`ladi.  Haridorlar, 
biznesmenlar va hukumat olgan qarz oshib borsa, foiz stavkasi ham oshib boradi. 
 
Biznes faoliyatinig boshqa o`lchovlari 
Maqsadlar 
Kalit Iboralar 
Haqiqiy xayotga nazar 
1.Iqtisodiy o`sishni 
rivojlantiruvchi 
investitsiya 
faoliyatini 
muhokama qilish 
Kapital 
loyiha 44 
Zahira 45 
A’loqa 45 
Budjet 
ortiqchaligi46 
Budjet 
kamchiligi 
46 
Milliy qarz 
46 
“Eddi, ana u yangi oyoq kiyimimi?” – so`radi Fritz 
“Ha” – javob berdi Eddi, “Senga yoqdimi?” 
“Ha juda ham,ammo men seni yangi mashina sotib olish uchun 
zahira yig`ayabsan deb o`ylagandim” 
Agar siz pulingiz borini sarflayversagiz , kelajakda mashina sotib 
olish yetarlicha pulingiz bo`lishini kutmasangiz ham 
bo`laveradi.Bugungi tejamkorligingiz kelajakdagi haridlarni amalga 
oshirishda yordam beradi.Oddiy qilib aytganda, Tejash va 
investitsiyalar mamlakat iqtisodiyoti o`sishining asosidir. 
Hukumatlar, bizneslar va haridorlar kelajaklari uchun tejashlari va 
investitsiyalar qilishlari lozim. 
Hukumatning aholi muxtojlarini qondiradigan va ularga kerak 
bo`ladigan fondlari bo`lishi kerak.Kompaniyalar qurilma va boshqa 
foydali manbalardan foydali kelajakni tashkillashtirishda 
foydalanishlari kerak.Boshqa yak shaxslar esa hozirgi harajatlar va 
kelakdagi iqtisodiy havfsizlik o`rtasidagi muvozanatni bilishilari 
kerak. 
2. Hukumat,biznes, 
haridorning 
qarzdorlik faoliyatini 
tushuntirib berish 
3. Iqtisodiy 
o`sishning 
kelajakdagi 
muammolarini 
tasvirlash 
 
Investitsiya faoliyati 
 
Kelajakga investitsiya kiritish turli xil usullar orqali amalga oshiriladi. Sizning maktabda o`tkazgan 
vaqtingiz  sizning  kelajakga  kiritgan  investitsiyangizdir.  Kompaniyalar  binolar  va  qurilmalarni  sotib 
olishayotganda ular kompaniya kelajagiga investitsiya kiritishayotgan hisoblanishadi. Kapital sarflar 
biznes uchun pul sarflangan va uzoq muddatga olingan buyumlardir. Kapital loyihlar o`z ichiga biznes 
orqali  sotib  olingan  yerlar,  binolar,  qurilmalar  va  maxhulotlar  tushiniladi.  Kapital  loyihalarga  pul 
asosan 3 manbadan keladi: shaxsiy zahiralar, aksiya investitsiyalari va kafillikka pul olish. 
Shaxsiy zahiralar  
Investitsiya  fondlarining  muhim  qismi  shaxsiy  zahiralardir.  Kompaniyalar  bankga  yoki  boshqa 
iqtisodiy  institutlarda  hisob  raqami  ochishda  pullarni  ishlatishadi.  Bu  fondlar  yangi  maxsulotlar 
yaratish yoki qimmat qurilmalarni sotib olishga ishlatiladi. Qaytimiga, saqlovchilarga ular saqlayotgan 
pul miqdoriga qarab foizlar to`lanadi. Mamlakatning iqtisodiy o`sishida bankda pul saqlovchilarning 
ahamiyati katta. So`ngi yillarda, xorijda bankda pul saqlovchilar miqdori biroz pasaygan, odatda 1% 
dan pastki ko`rsatkichda. Bu kelajakda iqtisodiy muammolarga olib kelishi mumkin. 
Iqtisodiy qiyinchiliklar va zamonaviy bozorlarga moslashish 
Rivojlangan iqtisodiy ishlab chiqarish juda ko`p tovar va xizmatalar natijasida kelib chiqadi. Global 
biznesning  rivojlanishi  rivojlanayotgan  bozorlarga  –haridor  foydasi  va  sotuv  kuchi  iqtisodiy  o`sish 
sababli rivojlanadigan joylarga qaratilgan. Ko`proq ish o`rinlari va ishchilarning ko`proq maoshi olishi 
orqali, turmish tarsi yaxshilanadi. Ko`pchilik mamlakatlarning texnologiya, ta’lim va biznes tizimlarga 
bo`lgan  kamchilikga  qaramasdan  ular  iqtisodiy  rivojlanishga  muxtoj  bo`lishadi.  Hozirgi  kunda, 
Biznesmenlar va boshqa tashkilotlar kuchsiz iqtisodiyotlarga yordam berib kelishmoqda. Treninglar, 
texnologiyalar, qarzlar va boshqa yordamlarni qo’llash orqali ochlik, kasalliklar, toza suv muammolari 
hal qilinadi. 
Bozorlarga moslashish bilan birgalikda kompaniyalar haridorlar hulq-atvori vatalablaridan habardor 
bo`lishlari  kerak.Biznes  faoliyaitning  istiqbolida  madaniyat,iqtisodiyiqlim  va  siyosiy  vaziyatlardan 
habardor  bo`lish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.Hech  kim  aniq  kelajakda  iqtisodiy  vaziyat  qanday 

bo`lishin 
bilmaydi.Mamlakatdagi 
turmush 
tarzini 
saqlab 
qolish 
yoki 
rivojlantirishda 
ishsizlar,hukumat,bizneslar,ishchilarvaharidorlarning  rivojlanishiga  e’tiborni  qaratish  kerak.Ushbu 
birgalikdagi  ishlar  yangi  ish  o`rinlarin  yaratish  va  odamlarning  extiyoj  va  hohushlarini  qondirishga 
yordam beradi. 
 
Фойдаланиладиган адабиётлар рўйхати 
Асосий адабиётлар: 
   1.L.R.Dabay and others/Principles of business/2012.600p. 
   2.Jeef  Madura/ Introduction to business/ Florida Atlantic University/Paradigma Publishing 
Inc. 2010.694p. 
1.  Қўшимча адабиётлар 
5. 
Переверзев М. П., Шайденко Н. А., Басовский Л. Е. Менеджмент. - 2-е изд., 
переработанное. -М.: ИНФРА-М, «Высшее образование», 2011. - 330 с. 
6. 
Мескон М.Х. и др. Основы менеджмента.-М.: Вильямс, 2008.-672 с. 
7. 
Lawrence  Mensah  Akwetey.  Business  administration  for  students  and 
managers//Sotsis. – 2011 
8. 
Robert  C.Appleby.    Modern  business  administration.  Manual.–    M:    Gardarika, 
2009 
 
Интернет сайтлари 
www.cbu.uz 
www.gov.uz 
www.lex.uz 
www.mf.uz 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

3-Mavzu:  Global iqtisodiyotda biznes. 
Global  biznes  faoliyatlari  ko’plab  ish  bilan  ta’minlash  imkoniyatlarini  yaratadi.  Ishlar  tashqi 
savdo, xorijiy distributorlik markazlari bilan bitimlar imzolash, kemalardagi tashishlarni tartibga 
solish va mahsulotlarning ko’rinishini Amerika va xorijdagilar ehtiyojlari uchun ham mos ravishda 
rejalashtirish kabilarini o’z ichiga olishi mumkin. Bu vazifalarni amalga oshirishda xalqaro biznes 
mahorati juda muhim ahamiyat kasb etadigan bir paytda, ularga ishdagi  mavqe ta’sir etmasligi 
mumkin chunki ishchida ko’pincha export va import bilan bog’liq bo’lmagan vazifalari bo’ladi. 
Transport masalalari bo’yicha boshqaruvchilar masalan AQSHni taqiqlangan import va exportdan 
himoyalash maqsadida  Qo’shma Shtat bojxona xizmati agentlari dengizdan o’tuvchi xorijiy va 
mahalliy kemalar, shaxslar va mahsulotlarni tekshiruvdan o’tkazadi. 
Aloqador ishdagi mansablar: 
  Bojxona ispektori; 
  Tarjimon; 
  Global xaridlar manajeri
  Yuk tashish inspektori; 
  Xalqaro marketolog; 
  Xalqaro marketing menejeri; 
  Export va importni muvofiqlashtiruvchi; 
Xalqlar o’rtasidagi savdo-sotiq 
Ko’plab  biznes  faoliyatlari  o’zining  mamlakat  chegaralari  ichida  amalga  oshiriladi.  Mamlakat 
ichidagi  biznes  o’sha  hududdagi  mahsulotlar  ishlab  chiqarish,  sotish  va  sotib  olish  hamda 
xizmatlardir.  Xalqaro  biznes  milliy  chegaralardan  tashqaridagi  savdo-sotiq  va  xizmatlarni 
anglatadi.  Xalqaro  biznes  ko’pincha  tashqi  yoki  jahon  bozori  atamalari  bilan  yuritiladi.Tashqi 
savdo misollarni har joydan toppish mumkin. AQSHda ko’plab tabiiy resurslar, mahoratli ishchi 
kuchi, zamonaviy ishlab chiqarish imkoniyatlari bor bo’lishiga qaramasdan, Amerika kompaniya 
va  iste’molchilari  ko’p  narsalarga  ega  bo’lish  maqsadida  AQSH  chegaralaridan  tashqarida 
harakatlanishmoqda.  AQSH  180  dan  ortiq    mamlakatlar  bilan  hamkorlik  aloqalarini  olib 
bormoqda.  Avvallari  iqtisodiyot  milliy  chegaralar  doirasida  nazarda  tutilgan.Hozirda  xalqaro 
savdo  hajmi  oshib  borayotganligi  sababli,  bu  chegaralarni  endilikda  iqtisodiyotdan 
himoyalashning  umuman  iloji  yo’q.Mamlakatlar  bir-biriga  bog’liq  bo’lgani  kabi  ularning 
iqtisodiyoti ham shunday. Iste’molchilar dunyo bo’ylab mahsulot va xizmatlardan foydalanishga 
o’rganishgan. 
Absolut ustunlik 
Turli mamlakatlarda ko’plab kompaniyalar o’rtasida ikkita – sotish va sotib olish iqtisodiy prinsipi 
tushuniladi. Qachonki mamlakat boshqa davlatlarga qaraganda kamroq narxlarda mahsulot ishlab 
chiqarsa yoki xizmat ko’rsata olsa, absolut ustunlik mavjud bo’lgan hisoblanadi.Bu mamlakatdagi 
tabiiy boyliklar yoki xomashyolarning ko’pligi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Masalan, ba’zi 
janubiy  Amerika  mamlakatlarida  kofe  yetishtirishda  va  arab  mamlakatlarida  yoqilg’I  ishlab 
chiqarishda absolut ustunlik mavjud. 
Nisbatan ustunlik 
Biror mamlakatda nisabatan ustunlik boshqa bir hududga nisbatan bo’lishi mumkin.Agar shunday 
bo’lsa,  u  o’z  iqtisodiy  boyligini  qanday  maksimallashtirishi  bo’yicha  qaror  qabul  qilishi 
shart.Mamlakatni boshqalariga qaraganda ham computer ham kiyim-kechaklar ishlab chiqarishga 
imkoniyati  yaxshiroq  bo’lishi  mumkin.Komputerlar  uchun  jahon  bozori  kiyim-kechaklarnikiga 
qaraganda kuchliroq bo’lishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, mamlakat uchun komputerlar ishlab 
chiqargan  yaxshiroq,  ammo  kiyim-kechaklarni  boshqa  mamlakatlardan  sotib  olishga  to’g’ri 
kelgan  bo’lar  edi.  Nisbiy  ustunlik  biror-bir  ko’proq  samaraliroq  bo’lgan  xizmat  yoki  mahsulot 
ishlab chiqarishga ixtisoslashgan istalgan mamlakatdagi vaziyat hisoblanadi. 
Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling