Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2022-yil mart oyida davlat buyurtmachilarining davlat xaridlari maxsus axborot portalida oʻtkazilgan xaridlar tahlil qilindi


Download 24.31 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi24.31 Kb.
#1160053
Bog'liq
dav xar


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2022-yil mart oyida davlat buyurtmachilarining davlat xaridlari maxsus axborot portalida oʻtkazilgan xaridlar tahlil qilindi.
Aniqlanishicha, joriy yilning mart oyi davomida qiymati 2 972,2 mlrd. soʻmlik 71 490 ta davlat xaridlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 2 462,2 mlrd. soʻmlik 33 834 ta xaridlar elektron doʻkon, 251,3 mlrd. soʻmlik 33 319 ta toʻgʻridan-toʻgʻri, 44,9 mlrd. soʻmlik 3162 ta eng yaxshi taklifni tanlash, 213,8 mlrd. soʻmlik 1175 ta xaridlar auksion shaklida oʻtkazilgan.
Agentlik tomonidan 2022-yil aprel oyida oʻtkazilgan masofaviy monitoring davomida davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilganligi aniqlandi.
Jumladan, oʻrganish davrida 4 ta holatda qiymati 2,6 mlrd soʻmlik xaridlar boʻyicha byudjet buyurtmachilari, 4 ta holatda qiymati 159,1 mlrd. soʻmlik xaridlar boʻyicha korporativ byurtmachilar tomonidan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilgan boʻlib, ushbu buyurtmachilarga jami 8 ta taqdimnoma kiritildi.
Kiritilgan taqdimnomalar asosida 3 ta buyurtmachi tomonidan xaridlar bekor qilindi va buning natijasida 2,1 mlrd. soʻmlik noqonuniy davlat xaridlarining oldi olindi.

1-Misol.
Buyuk Britaniyaning Villamy LP kompaniyasi murojaati asosida, Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan porshenli nasos agregatlarini yetkazib berish bo‘yicha “Navoiy TMK”DK tomonidan tashkil etilgan tender savdolarida monopoliyaga qarshi qonunchilik talablarining buzilishi holati bo‘yicha murojaat kelib tushdi. Unga ko’ra muhim ahamiyatga ega bo‘lmagan farqlanishlar asosida tender hujjatlari talablariga mos kelmasligi haqida xulosa berilib ushbu xulosa asosida tender savdolari ishtirokchisi tender savdolarida qatnashishda keyingi bosqichga o‘tkazilmaganligi aniqlandi.
Ish O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 06.01.2012 yildagi O‘RQ-319-son “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuning 14 moddasiga asosan, ya'ni NTMK tomonidan Villamy LP kompaniyasini tender savdolaridan asossiz chetlashtirilishi holati bo‘yicha qo‘zg‘atilgan. Unga ko’ra:
“Tanlov (tender) savdolarini o‘tkazishda raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar, shu jumladan quyidagilar taqiqlanadi:.
savdolar o‘tkazishning qonunchilikda belgilangan tartibini buzish;
savdolarning tashkilotchilari va (yoki) buyurtmachilari tomonidan savdolar ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlardan savdolarda qatnashish uchun hujjatlarni qabul qilishni asossiz ravishda rad etish;
savdolar ishtirokchilarini asossiz ravishda chetlashtirish;
savdolarning bitta yoki bir nechta ishtirokchisiga savdolarda qatnashish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish, shu jumladan axborotdan foydalanish orqali imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
lotlar tarkibiga savdolarning predmetiga texnologik va funksional jihatdan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kiritish;
tovarning aniq ishlab chiqaruvchisini ko‘rsatish, bundan tovarlarning mos kelmasligi va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar mustasno.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan monopoliyaga qarshi talablarning buzilishi tanlov (tender) savdolarining qarorlarini va shu savdolar natijalari bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘ladi.”1
Ushbu ko‘rsatilgan vaziyat tegishli vakolatga ega bo‘lgan davlat organi xulosasi asosida tasdiqlangan.
Shu bilan birga aynan shu baholovchi guruh tomonidan tender savdolarining boshqa ishtirokchisining taklifi ham ko‘rib chiqilgan bo‘lib, uning taqdim etgan hujjatlari va tender hujjatlari shartlari orasidagi farqlar yuqoridagi ishtirokchining taklifidagi farqlanishlarga nisbatan muhimroq ekanligiga qaramasdan ushbu ishtirokchining hujjatlarini keyingi bosqichda ishtirok etish uchun o‘tkazilgan.
Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida, NTMK tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzilgan degan xulosaga kelinadi.
Natijada, NTMK tomonidan yuqoridagi tender savdolari bekor qilinadi va qaytadan tender o‘tkazish haqida e'lon beriladi.
NTMKning ushbu holatga yo‘l qo‘ygan mas'ul xodimlari o‘rnatilgan tartibda ma'muriy javobgarlikka tortiladi.
2-misol.
“O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki buyurtmachi asosida “2022-yil uchun xorijiy gazeta va jurnallarga obuna boʻlish” boʻyicha “etender.uzex.uz” maxsus axborot portali orqali oʻtkazilgan qiymati 149 mln. soʻmlik davlat xaridi oʻrganilgan.
Oʻrganishda buyurtmachi tomonidan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida” Qonuni va Adliya vazirligidan 3016-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda belgilangan xarid komissiyasi aʼzolari tomonidan baholash mezonlariga amal qilish talablari buzilganligi aniqlangan.
Mazkur holat boʻyicha buyurtmachi “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankiga 2022-yil 20-aprelda taqdimnoma kiritilib, ushbu davlat xaridi bekor qilindi.
3-misol.
Urgut tumani Tibbiyot birlashmasi buyurtmasi asosida maxsus axborot portaliga 1,37 mlrd. soʻmlik issiq ovqatlarni autsorsing xizmatlari orqali yetkazib berish boʻyicha davlat xaridlari oʻrganildi.
Oʻrganishda buyurtmachi “Davlat xaridalari toʻgʻrisida”gi Qonunning 10, 14, 19 va 42-moddalari hamda “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning talablari buzilgan holda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgani, yaʼni gʻolib boʻlgan jamiyat komissiya aʼzosiga tegishli ekanligi aniqlandi.
Mazkur holat boʻyicha buyurtmachi Urgut tumani Tibbiyot birlashmasiga 2022-yil 19-aprelda taqdimnoma kiritilib, ushbu davlat xaridi bekor qilindi.
Shuningdek, komissiya aʼzosi manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻygani holati boʻyicha maʼmuriy javobgarlik masalasini hal qilish uchun toʻplangan hujjatlar koʻrib chiqish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.
Bundan tashqari, Agentlik soʻrovnomasiga asosan 1 ta holatda prokuratura organlari tomonidan masʼul shaxslarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatildi.


1 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 06.01.2012 yildagi O‘RQ-319-son qarori

Download 24.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling