Biznes boshqaruv asoslari
Menejment informatsion tizimlarining bo’limlari
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumot omborlari.
- Xizmatlar ko’rsatishda texnologiya.
Menejment informatsion tizimlarining bo’limlari.
1. Moliyaviy informatsiya: budjetlar, sotuv hisobotlari va moliyaviy bayonotlar. 2. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori va uskunalar haqidagi informatsiyalar: ishlab chiqarishga oid xulosalar, uskuna va ta’minotlar ro’yxati, tugatilgan mahsulotlar bayonoti. 3. Marketing vasavdo haqidagi informatsiyalar: xaridorlar ehtiyojlari haqidagi ma’lumotlar, joriy iqtisodiy vaziyatlar va raqobatchilarning harakatlari. 4. Inson resurslari haqidagi informatsiyalar: oylik maoshlar, ishchilar foydasi va ishchilarning o’sishi. Ma’lumot omborlari. Menejment information tizimlari ma’lumotlari bir necha manbalardan olinadi. Tashqi ma’lumotlar ombori bu tashkilot tashqarisidagi informatsiyalardir. Moliya institutlari, hukumat agentliklari va xaridorlar tashqi ma’lumotlar omboriga misol bo’ladi.Buning aksi esa, ichki ma’lumotlar ombori bo’lib, u tashkilot ichidagi informatsiyalardir. Ichki ma’lumotlar bazasi buxgalteriya hisobotlari, uskunalar haqidagi ma’lumotlar va kompaniya savdo hajmini o’z ichiga oladi. Ma’lumotlarni olib turish oson bo’lishi mumkin, lekin ularni o’zgarishini o’rganib borish menejment information tizimining asosiy maqsadi hisoblanadi. Xizmatlar ko’rsatishda texnologiya. AQShdagi ishchilarning 60%dan ko’prog’i xizmat ko’rsatish sohalarda ishlaydi. Bu tashkilotlarda kompyuterlardan foydalanish keng ko’lamda olib boriladi. Jamoat xizmatlari. Hukumat agentliklari hisobotlarni saqlash uchun kompyuterlardan foydalanadi. Masalan, AQShdagi federal tashkilotlar harbiylar va ishchilar haqidagi ma’lumotlarni maxfiy saqlaydi. Agentliklar har doim kompyuterlardan foydalanish hajmini kengaytirib bormoqda. Tibbiy ma’lumotlar insonlar hayotini saqlab qolish uchun sekundlar ichida topiladi. Jinoyatdan saqlanish uchun, jinoyatdan keyingi ma’lumotlarni boshqa bo’limlarga ma’lum minutlar ichida jo’natish mumkin. Qachonki kimdir mamlakatning boshqa joyiga ko’chib o’tsa, bo’limlar yoki agentliklar bu haqida osonlik bilan ma’lumot almashishi mumkin. Ta’lim. Kompyuterlar muhim o’qitish quroliga aylanib bo’lgan. Kompyuterlar ishchilarning mutaxassisligin ma’lum darajada tekshirish imkonini yaratadi. Ofis ishchilari o’zlarining kundalik ishlari mobaynida matnli dasturiy ta’minotlardan foydalanishadi. Shu bilan bir vaqtda ular grammatika, punktuatsiya, talaffuz qilish va hujjatlardan foydalanishadi. Uchuvchilar o’zlarining uchish malakalarini oshirish maqsadida kompyuterlashgan tasvirlardan foydalanishadi.Kompyuter o’quv qo’llanmasi(KO’Q) deb, insonlar o’z faoliyatlarida malakalarini oshirish yoki o’rganishda kompyuterlardan foydalanishlarga aytiladi. KO’Q bilan talabalar o’z ehtiyojlari uchun ishlashiga xizmat qiladi. Shuningdek, talabalarning universitet binosiga borishlariga ham to’g’ri kelmaydi. Talabalar markaziy mashg’ulot markazlariga bog’langan kompyuter tarmog’i sistemalaridan uylarida foydalana olishadi. Ish joylarida kompyuter va axborot texnologiyalarini o’rganishga bo’lgan talab oshib bormoqda. Kompyuterni bilib siz dunyo biznesida yaxshigina maosh to’lanadigan ishlar bilan raqobatlasha olasiz. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling