Biznes boshqaruv asoslari
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iymon
Hikmat odobi poklik va toʻgʻri yoʻlga yetaklaydi. Xizmat odobi esa badavlatlik va obroʻga
yetkazadi. Har ikkisi ham ulugʻ fazilat boʻlib, biri aziz qilsa, ikkinchisi qudratli qiladi. Odob rahbarni aql va axloq egasi boʻlishga, vijdonli, or-nomusli, sof koʻngilli, subutli boʻlishga daʻvat etadi. Iymon arabcha soʻz boʻlib, lugʻaviy maʻnosi - ishonch. Iymonli kishini, xususan rahbarni qisqacha shunday tavsiflash mumkin: - eʻtiqodli, yaʻni oʻz fikr va qarashlariga mahqam, sobitqadamlik bilan ishonish va oʻzgalarni ham oʻzidek hisoblab, ularning lafziga samimiyat bilan ishonishdir. Eʻtiqod jurʻatni, mardlikni, fidoyilikni taqozo qiladi; - maslakli, yaʻni oʻziga xos aqidalari bilan boshqalardan ajralib turuvchi ijtimoiy, siyosiy, ilmiy, gʻoyaviy va diniy yoʻl sohibi; - taqvodor, yaʻni birovning haqiga xiyonat qilmaydigan; - sharm-hayoli, yaʻni har qanday nojoʻya xatti-harakatlardan oʻzini tiya oladigan; - oriyatli, yaʻni oʻziga nomunosib yoki ep koʻrilmagan ishdan, narsadan xijolat tortadigan; - andishali, yaʻni oqibatini oʻylab ish qiladigan, yuz-xotirni biladigan, farosatli; - vijdonli, yaʻni nohaq, adolatsiz ishlardan gʻazabga keladigan, bularga qarshilik bildiradigan, oʻz faoliyatining yaxshi tomonlaridan qanoatlanib, xursand boʻladigan, yomon tomonlaridan norozi boʻlib, ruhan eziladigan, yaʻni vijdon azobiga tushadigan. Sodda qilib aytganda:Iymon uch narsaning butunligidan hosil boʻladi: eʻtiqod, iqror va amal. Eьtiqod - bu ishonch. Iqror - soʻzda buni tan olish. Amal - yaxshi ishlar bilan uni isbotlash. Insof - bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuygʻusi va qobiliyati, ishda, kishilarga munosabatda halollik, toʻgʻrilik, barobarlik, sofdillik va haqiqatgoʻyliq. Oʻzgani oʻz oʻrniga va , shuningdek,, oʻz oʻrniga oʻzgani xayolan qoʻyib koʻrish ham insofga olib keladi. Toʻq ochni, boy kambagʻalni, baxtli baxtsizni, tolei baland tolei zabunni, omadli omadsizni, sogʻlom bemorni oʻz oʻrniga qoʻyib koʻrilsa va aksincha ham xuddi shunday boʻlsa, olam guliston - insoflilar safi koʻpayaveradi. Insof - har qanday kishining, xususan rahbarning jamiyat oldida, tevarak-atrofidagi kishilar oldida oʻz xatti-harakati bilan maʻnaviy masʻuliyatini his etishining ifodasi. Adolat - bu barcha fazilatlar ichidagi eng oliy fazilat. Adolatparvar rahbarning axloqiy hislatlari bemalol qonun oʻrnini bosa oladi. Ulugʻ alloma Nosiriddin Tusiy ijtimoiy adolatning uchta asosiy talabi mavjudligini va jamiyat taraqqiyotini belgilovchi muhim omil ekanini alohida uqtirgan edi: Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling