Biznes boshqaruv asoslari


Rejalashtirishning zarurati


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/163
Sana10.07.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1659408
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   163
Bog'liq
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari

Rejalashtirishning zarurati 
Qayerda, qachon, qanday va kim uchun mahsulot 
ishlab chiqarish va sotishni aniqlash; 
Qo’yilgan maqsadga erishish uchun qanday resurslar 
zarurligini aniqlash; 
Jalb qilingan resurslardan samarali foydalanishni 
ta’minlash
 
Moliyaviy rejalashtirishning aniq vazifalarini moliya siyosati aniqlab beradi. Ular tarkibiga 
quyidagilar kiradi: rejali topshiriqlarni bajarish uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurslar miqdori 
va ularning manbalari; xarajatlarni iqtisod qilish va daromad rezervlarini oshirishni aniqlash; 
markazlashgan va markazlashmagan fondlar o’rtasidagi taqsimlashlarni optimal yo’llarini qidirib 
topish va boshqalar.Bozor iqtisodiyoti moliyaviy rejalashtirishni rad etmaydi. Ammo, bozor 


munosabatlari rejali iqtisodiyotga qaraganda rejalashtirishni egiluvchan, ya’ni davr talabiga 
moslab o’zgartirib boradi. Boshqarishning mohiyatini shakllantiruvchi qator yondashuvlar bizga 
ma’lum bo’lib boshqarish tizimi elementlari sifatida rejalashtirish, operativ boshqarish va nazorat 
tizimlarini yuqorida ko’rib o’tdik. Masalan, P.Durker boshqarishning umumiy funksiyalari ketma 
ketligini: rejalashtirish, nazorat, tashkil qilish, kommunikatsiya, motivatsiya kabi elementlarini 
keltiradi. Moliyaviy rejalashtirish bir nechta uslublarga tayangan holda amalga oshiriladi. 
Shulardan asosiylari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 
1.
Ekstrapolyatsiya usuli; 
2.
Normativ usuli; 
3.
Matematik modellashtirish usuli. 
Ekstrapolyatsiya usulining mohiyati shundaki, o’tgan hisobot davrining moliyaviy 
natijalaridan xulosa chiqarib kelgusi hisobot yili uchun moliyaviy rejani tuzishni ko’zda tutadi. 
Moliyaviy ko’rsatkichlarning prognoz va rejali hisob kitoblari turli usullardan foydalanishga 
asoslanadi. Ekstrapolyatsiya usuli moliyaviy ko’rsatkichlar va ularning dinamik o’zgarishlariga 
asoslanadi. Moliyaviy ko’rsatkichlar hisobot yilidagi ko’rsatkichlar asosida amalga oshiriladi.
Normativ usulda, belgilangan norma va normativlardan foydalanish ko’zda tutiladi. 
Masalan: byudjet muassasalarida 1-sinfda nechta bola o’qishi lozim, sanatoriyada qancha joy 
bo’lishi kerak va h.k.Matematik modellashtirish usulida real iqtisodi va ijtimoiy jarayonlarni 
takrorlovchi moliyaviy modellar tuzish orqali amalga oshiriladi.Moliyaviy resurslarni manbalarini 
ulardan foydalanish bilan muvofiqlashtirish asosidagi rejalashtirish jarayoni balans usuli 
hisoblanadi.Moliyaviy reja va unig turlari. Rejalashtirish miqdoriy va sifat tavsifidagi maqsadlarni 
ishlab chiqish va qabul qilish hamda ularga erishishning samarali yo’llarini aniqlash jarayonlarini 
o’zida aks ettiradi. «Maqsadlar daraxti» shaklida ishlab chiqilgan maqsadlar boshqarishning 
mazkur darajasida muhim hisoblangan ko’rsatkichlar tizimida hisob-kitoblar imkoniyati bo’yicha 
tavsiyalanadi. Rejalashtirish jarayonidagi boshqaruv qarorlari moliyaviy axborotlarni tahlil qilish 
natijalari asosida qabul qilinadi.Makro va mikro darajada moliyaviy rejalashtirishning zarurligini 
bir qancha sabablari mavjud bo’lib, bizning fikrimizcha, kelajakdagi faoliyat va natijalarning 
mavhumligi, rejaning yo’naltiruvchanlik rolini mavjudligi, iqtisodiy shart sharoitlarning 
optimallashtirilishi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasidagi hozirgi iqtisodiy vaziyat davlat va 
korxonalar moliyasidagi rejalashtirish jarayonlarida ma’lum mukammalashuvlar amalga oshirilish 
zaruratini keltirib chiqaradi. Rejalashtirish jarayonida yuqorida keltirilgan har qaysi usullardan 
foydalaniladi. Masalan, budjetni rejalashtirish jarayonida bir vaqtning o’zida ekstrapolyatsiya 
usulidan ham foydalaniladi va shuningdek byudjet xarajatlari va daromadlarini rejalashtirishda 
ularning balansligi ta’minlanishi lozim. Shuning uchun xarajatlar va daromadlarning farqlarini 
qoplash maqsadida defitsitni moliyalashtirish manbalari ham rejalashtiriladi.Moliya tizimining 
barcha bo’g’inlari o’ziga xos moliyaviy rejaga egadir. Tijorat asosida faoliyat yurituvchi 
korxonalarda moliyaviy reja daromad va xarajatlar balansi shaklida shakllantiriladi. Moliyaviy 
reja korxonaning daromad va xarajatlarini bog’lovchi oldindan qo’yilgan moliyaviy maqsadlarga 
erishish usullarini tavsiflovchi hujjatdir. Moliyaviy rejalashtirish jarayonida korxonaning 
moliyaviy maqsadlari aniqlanadi, korxonaning joriy moliyaviy holatiga o’rnatilgan maqsadlarning 
muvofiq kelish darajasi o’rnatiladi, o’rnatilgan maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan faoliyat 
ketma ketligi shakllantiriladi.Moliyaviy reja moliya tizimining barcha bo’g’inlariga xosdir. 
Chunonchi, davlat moliyasi darajasida davlatning asosiy daromadlari va xarajatlari balansi sifatida 
budjet loyihasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 
Xo’jalik sub’ektlari darajasida daromadlar va xarajatlar balansi shaklida moliyaviy reja 
tuziladi. Moliyaviy rejalashtirish asosida strategik va ishlab chiqarish rejalari yotadi. 



Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling