Biznes boshqaruv asoslari
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari
Xalqaro biznes asoslari
Ichki bisnes bu mamlakat ichida tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, sotib olish va sotish. Xalqaro biznes dunyo miqyosida tovar va xizmatlarni yaratish, tashish va sotish maqsadida olib boriladigan biznes faoliyatdir. Mamlakat boshqalarga qaraganda pastroq narxlarda Tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniga ega bo’lganda mutloq ustunlikka erishadi. Agar mamlakat samamraliroq bo’lgan Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashsa, unda solishtirma ustunlikkaerishgan hisoblanadi. Import bu boshqa mamlakatdan sotib olingan mahsulotlar. Eksport bu boshqa mamlakatlarga sotilgan Tovar va mahsulotlardir. Milllatlar iste’molchilari uchun Tovar va xizmatlarning turini ko’paytirish maqsadida ularning ikkalasi bilan biznes olib boradi. Savdo balansi bu mamlakat importi va eksporti o’rtasidagi farq. Davlatning boshqa mamlakatlarga umumiy to’lovlari va ulardan keladigan umumiy daromadi o’rtasidagi farqqa to’lovlar balansi deyiladi. Valyuta kursi bu bir mamlakat pul birligining qiymati boshqa mamlakat pul birligi bilan solishtirgandagi ko’rsatkichidir. Global pulbirliklarining qiymatiga 3 ta asosiy ta’sir bor: to’lovlar balansi, iqtisodiy sharoit va siyosiy barqarorlik. 3-2. Butunjahon bozori Xalqaro biznes muhiti 4 ta asosiy tarkibiy qismdan iborat:geografiya, madaniy ta’sirlar, iqtisodiy rivojlanish, siyosiy va qonuniy aloqalar Xalqaro savdoning 3 ta qonuniy to’siqlari: kvotalar, tariflar va embargolar. Kvota – bu berilgan vaqt mobaynida eksport yoki import mahsulotlari miqdoriga qo’yiladigan chegara. Tariff – muayyan import qilingan mahsulotga qo’yiladigan soliq. Embargo - mahsulotning importi va eksportini butunlay to’xtatish. Xalqaro savdoni rag’batlantirish maqsadida ochiq savdo zonalari, ochiq savdo sharnomalari va umumiy bozorlar tuziladi. 3-3. Xalqaro biznes tashkilotlari Ko’pmillatli companiyalar ko’plab mamlakatlarda biznes faoliyatni yuritadilar va ular biznesni jahon miqyosida olib borish imkoniga egalar. Butunjahon biznesi uchun ishlatiladigan asosiy metodlar: litsenziyalash, imtiyozlash va qo’shma korxonalar. Butunjahon Savdo Tashkiloti dunyo bo’ylab savdoni qo’llab quvvatlash uchun tashkil etilgan. Xalqaro valyuta fondi xalqaro savdo tizimi va ayirboshlash ko’rsatkichini bir maromda saqlagan holda qo’llab quvvatlashga yordam beradi. Jahon Banki rivojlanayotgan mamlakatlarni iqtisodiy yordam bilan ta’minlaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling