Biznes boshqaruv asoslari
Isteʻmolchilarni tushunish
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Isteʻmolchilarning qaror qabul qilishi
Isteʻmolchilarni tushunish
Samarali marketing isteʻmochidan boshlanadi. Oxiri marta sotib olgan mahsulotingiz va uni nima uchun sotib olganingizhaqida oʻylang. Ehtimol umuman sizning ehtiyojingizga javob beradigan bir necha mahsulot boʻlgandir. Siz bu tanlov siz toʻlagan pulga eng mos keladigan narsa ekanishga ishongandirsiz. Koʻp yangi bizneslar ularning egalari mahsulot haqida oʻylab, isteʻmolchi va uoarning ehtiyoji haqida oʻylamagani uchun barbod boʻladi. agar mahsulot ehtiyojlariga javob bermagan mahsulot olgan isteʻmolchilar guruhini jalb qila olsa, unda u aniq muvaffaqiyat qozonish imkoniyatiga ga boʻladi. agar isteʻmolchilar mahsulotga ehtiyoj sezmasa yoki boshqa yaxshiroq va arzonroq mahsulot borligiga ishonsa mahsulot muvaffaqiyat qozonmaydi. Bizneschilar mahsulotni ikki toifa isteʻmolchilar uchun yaratadi. Yakuniy isteʻmolchi, bu koʻpincha mahsulot yoki xizmatlarni oʻzi uchun sotib oladigan odamlardir. Biznes isteʻmolchilar bu mahsulot yoki xizmatlarni biznes qilish yoki yoki boshqa mahsulotlarga qoʻshishi yoki qayta sotish uchun sotib oladigan odamlar, kompaniyalar, va tashkilotlardir. Isteʻmolchilarning qaror qabul qilishi Xarid qilishdagi isteʻmolchilar amal qiladigan bosqichlarning muayyan ketma-ketligi isteʻmolchilarning qaror qabul qilish jarayoni deb nom olgan. Qarorlarning bosqichlari va ketma- ketligi ikkalasi ham barcha isteʻmolchilar uchun bir xildir. Jarayonni yakunlash uchun ketadigan vaqt va har bir bosqichni yakunlash uchun foydalanilgan axborot har bir isteʻmolchi uchun har xil boʻladi. Isteʻmolchilarning qaror qabul qilishining 5 ta bosqichi 10-2rasmda koʻrsatilgan. Qaror qabul qilish ehtiyojlardan boshlanadi. Siz och qolgan yoki chanqagan yoki oʻrtoqlaringiz bilan kechqurungi koʻngilochar tadbir rejalashtirgan boʻlishingiz mumkin. Ehtimol sizga yozda ishlashga ish kerakdir yoki siz biror kollejga bormoqchidirsiz. Agar ehtiyojingiz oʻta zarur boʻlsa, siz uni tezda qondirishga harakat qilasiz. Agar u unchalik muhim boʻlmasa, siz uni orqaga surishingiz yoki eʻtiborga olmasligingiz mumkin. Agar ehtiyojingiz sizga tanish boʻlsa va siz uni oldinroq qondirgan boʻlsangiz, sizgakoʻpincha avvalgi tajribangizni qaror qabul qilishingizda yordam beradi. Agar bu yangi ehtiyoj boʻlsa, qaror qabul qilishda qiyinchilikka uchrashingiz mumkin, chunki avval bunga oʻxshash narsani sinab koʻrmagansiz. Insonlar axborotni qaror qabul qilishda ishlatadilar. Siz doʻstingiz yoki ishonchli kattalar bilan maslahatlashishingiz mumkin. Reklama, jurnal maqolasi, yoki internet sayti sizning eʻtiboringizni jalb etishi mumkin, chunki u muhim ehtiyojingizga taalluqli axborotni yetkazib beradi. Siz oʻzingiz ishongan va siz tushunadigan axboroti taqdim etadigan manbaalarni tanlaysiz. Bu axborotni qoʻllagan holda siz ehtiyojlaringizga mos koʻringan juda kam mahsulotlarni tanlaysiz. Tanlovlar qisqargani sayin siz ulardan qaysi biri yaxshiroq tanlov ekanligini yoki bahosi boshqalarinikidan yaxshiroq ekanligi, aniqlash uchun ularni solishtirasiz. Qoʻlga kiritgan axborotlaringiz va ehtiyojning shoshilinchligi va muhimligiga koʻra, siz qaror qabul qilasiz. Odatda siz uchun eng zoʻr mahsulotni xarid qilish qarorini qabul qilasiz. Qoniqarli tanlovni topa olmaganingiz yoki oʻsha vaqtda kerakli mablagʻingiz boʻlmagani sababli bu mahsulotni sotib olmaslik qarori boʻlishi ham mumkin.2007 yilda to 2010 yilgacha 6 ta kompaniya kompaniyalar 10 ta eng zoʻr kompaniyalar fortuna jurnallari roʻyxatiga kirish imkoniyatiga ega boʻldi. Ular Apple , ,thribh {fndtq, Google, Johnson& Johnson, procter &Gamble va Toyota kompaniyalaridir.Keyin siz koʻproq maʻlumot olish uchun avvalgi bosqichga qaytib, boshqa tanlovlarni qarab chiqishingiz yoki axborot yigʻishingiz mumkin. Agar siz mahsulotni sotib olishga qaror qilsangiz, siz savdoni amalga oshirasiz va tanlagan mahsulotingizni ishlatasiz. Shu tajribaga asosan siz yaxshi qaror qabul qilganmisiz, yoʻqmi bilib olasiz. Agar mahsulot sizga yoqqan boʻlsa, keyingi safar ehtiyoj tugʻilsa, ehtimol yana xuddi oʻshanday qaror qabul qilaverasiz. Bu safar qarorni tezroq va osonroq qabul qilishingiz mumkin. Agar mahsulot kutganingizdek boʻlmagan boʻlsa, siz u mahsulotni yana sotib olishingiz ehtimoldan yiroqdir. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling