Biznes boshqaruv asoslari
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari
Xarid motivlari
Nega siz aniq bir doʻkondan xarid qilasiz yoki nega biror brenddagi mahsulotni ikkinchisidan ustun qoʻyasiz? Isteʻmolchilarning qaysi mahsulot yoki xizmatlarni sotib olishdagi qarorlari sabablari xarid motivlari deb nomlanadi. Isteʻmolchilarning motivlarini tushunish bizneslarga marketing-miksni rejalashtirishda yordam beradi. Baʻzi xaridlar hissiyotlar orqali boshqariladi. Hissiy xarid motivlari hissiyotlar, eʻtiqodlar va munosabatlarga asoslangan xarid sabablaridir. Agar siz oʻz oilangiz va mol-mulkingizni himoya qilish haqida qaygʻurayotgan boʻlsangiz, siz uy xavfsizligi tizimini sotib olishingiz mumkin. Sovgʻalar, va bayram va muhim sanalar uchun tabriknomalar xaridi muhabbat va yaqinlik hislari orqali kelib chiqadi. Oqilona xarid motivlari dalil va mantiq orqali boshqariladi. Siz eng arzon mashinani xohlashingiz mumkin, shunday ekan siz turli modellarning yoqilgʻi ishlatilishi va taʻmirlash xarajatlarini eʻtiborga olishingiz kerak. Borishingiz uchun kollej tanlayotganda, siz taʻlim xarajatlari va oʻqishni rejalashtirayotgan mutahassisligingiz boʻyicha kollejning obroʻ-eʻtiborini solishtirasiz. Isteʻmolchi qaror qabul qilish jaryoni bosqichlari qaysilar? Baholash Asosiy tushunchalar Eng yaxshi javobni toping 1. Marketingga eng yaxshi tarif bu : a. Reklama va sotuv b. Mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlarni isteʻmolchilarga taqsimlash c. Isteʻmolchilarni topish va sizning mahsulotingizni olishga koʻndirish d. Yuqoridagilarning hech biri toʻgʻri emas. 2. Marketing strategiyasidagi ikkita bosqich: a. Mahsulotni ishlab chiqarish va uni isteʻmolchilarga reklama qilish. b. Moʻljallangan bozorni aniqlash va marketing miksni rivojlantirish c. Marketing tadqiqotlarni oʻtkazish va mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirish d. Mahsulotlarni narxlash va uni isteʻmolchilarga taqsimlash 3. Quyidagilardan qaysi biri toʻgʻri xarid motividir? a. Sevgi b. Qoʻrquv c. Iqtisod d. Oʻz tasviri Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling