Biznes boshqaruv asoslari


-Mavzu: Moliyaviy menejment


Download 0.76 Mb.
bet108/163
Sana18.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1784024
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   163
Bog'liq
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)

14 -Mavzu: Moliyaviy menejment 

1.Moliyaviy reja: moxiyati, vazifalari va boskichlari.


2.Moliyaviy rejalashtirishning turlari.
3.Korxona budjeti va sarmoyalarni budjetlashtirish.
4.Moliyaviy prognozlashtirish.
5.Moliyaviy rejalashtirish prinsiplari va usullari
6.Daromadlar va xarajatlar balansi.
7.Korxona biznes rejasining tarkibiy kismlari.
Moliyani boshqarishni shakllantiruvchi tashkiliy - tuzilmaviy apparatga moliyaviy apparat
deyiladi. Moliya tizimining barcha soha va bo’g’inlarida, maqsad qilingan natijaga erishish uchun
moliyaviy boshqaruv subyektlaridan o’z yo’nalishlari bo’yicha samarali foydalaniladi. Biroq, ular
uchun moliyaviy boshqaruvning umumiy uslub va qoidalari mavjuddir. Jumladan, moliyani
boshqarishda bir nechta umumiy xususiyatga ega bo’lgan funksional elementlar mavjud:
1. Rejalashtirish;
2. Operativ boshqarish;
3. Nazorat.
Moliyani boshqarish funksional elementlari ichida asosiy o’rinni rejalashtirish tashkil
qiladi. Chunki aynan rejalashtirishda subyekt har tomonlama o’zining moliyaviy holatini baholay
oladi, ya’ni moliyaviy resurslarning qanday holatdaligi, qanday ko’rsatkichlar moliyaviy
resurslardan ustuvor ahamiyatga molik bo’lgan yo’nalishlarda foydalanilishi va h.k.
Rejalashtirish – miqdoriy va sifat xarakteridagi maqsadni belgilashning ishlab chiqish va
qabul qilish hamda unga erishishning eng samarali yo’lini aniqlash jarayonidir.
Moliyaviy rejalashtirishning obyekti bo’lib xo’jalik subyektlari va davlatning moliyaviy
faoliyati hisoblanadi. Har bir xo’jalik subyekti moliyaviy rejasini tuzadi, ya’ni bu alohida
muassasaning smeta xarajatlaridan tortib to davlatning yig’ma moliya balansigacha qamrab
oladigan muhim jarayondir.Har qanday moliya rejasida ma’lum bir davrga mo’ljallangan hamda
moliya va kredit tizimi bilan bog’lik bo’lgan daromadlar va xarajatlar aniqlanadi.
Umuman olganda
moliya tizimining barcha soha va bo’g’inlarida, faoliyatidan kelib chiqib, moliyaviy rejalar tuziladi.
Masalan: tijorat asosida faoliyat ko’rsatadigan xo’jalik subyektlari daromadlar va xarajatlar balansi,
notijorat asosida faoliyat ko’rsatadigan muassasalar esa smeta xarajatlari ko’rinishida moliyaviy reja
tuzadilar.


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling