Biznes boshqaruv asoslari


Фойдаланиладиган адабиётлар рўйхати


Download 0.76 Mb.
bet77/163
Sana18.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1784024
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   163
Bog'liq
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)

Фойдаланиладиган адабиётлар рўйхати 
Асосий адабиётлар: 

1.L.R.Dabay and others/Principles of business/2012.600p.


2.Jeef Madura/ Introduction to business/ Florida Atlantic University/Paradigma Publishing
Inc. 2010.694p.
8. Қўшимча адабиётлар 
37.
Переверзев М. П., Шайденко Н. А., Басовский Л. Е. Менеджмент. - 2-е изд.,
переработанное. -М.: ИНФРА-М, «Высшее образование», 2011. - 330 с.
38. Мескон М.Х. и др. Основы менеджмента.-М.: Вильямс, 2008.-672 с.
39. Lawrence Mensah Akwetey.
Business administration for students
and
managers//Sotsis. – 2011
40. Robert C.Appleby. Modern business administration. Manual.– M: Gardarika, 2009

Интернет сайтлари 
www.cbu.uz
www.gov.uz
www.lex.uz




11-Mavzu:Xodimlar rag‘batlantirish 
Reja: 
1. Rag‘batlantirish asoslari 
2. Qanday qilib firmalar ishdan qoniqishi va motivatsiyani ta’minlab beradilar? 
Ruscha-o‘zbekcha lug‘atda motivatsiya tushunchasi biror ish yoki harakatning yuzaga
kelishiga sababchi bo‘lgan motivlar, dalillar, isbotlar, bahonalar, vajlar yoki sabablar majmui
ma’nosida talqin etiladi.
3
Bu tushuncha bevosita inson omili bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu
nuqtai nazardan:
Motivlashtirish – bu ruhiy omil bo‘lib, shaxs faolligining manbai, sababi, dalili va har xil
turli ehtimollar. U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga rag‘batlantiruvchi kuchli vositadir.
Boshqacha qilib aytganda, motivlashtirish - bu kishilar faoliyatini ruhiy yo‘llar bilan
maqsadga muvofiq yo‘naltirish. U muayyan ehtiyojni qondirish bilan bog‘liq. Ehtiyoj esa
sabablarda namoyon bo‘ladi. Inson tirik jon sifatida ovqat yeyish, uxlash, dam olib o‘z kuchini
tiklash, o‘zini issiq-sovuqdan asrash ehtiyojlariga ega. Mazkur ehtiyojlar moddiy, ya’ni kiyim-
kechak, oziq-ovqat, turur joy va boshqalar shaklida ifoda etiladi. Insonning moddiy ehtiyojlari
bilan birga sotsial-ijtimoiy ehtiyojlari ham borki, bularga bilim olish, madaniy saviyani oshirish,
malaka, mahoratga ega bo‘lish va sog‘lom hayot kechirib, uzoq umr ko‘rish kiradi. Aytilgan
ehtiyojlar moddiy shaklga ega bo‘lmagan har xil xizmatlar ko‘rsatish orqali qondiriladi. Umuman:
Ehtiyoj odamlarni harakatga intiltiruvchi, qo‘zg‘atuvchi motivdir. Ehtiyoj qat’iyan
tabaqalashgan bo‘ladi. Ya’ni u kishilarning odati, didi va ruhiyatiga, yoshi va jinsiga, oilaviy
ahvoli va millatiga, mehnat va yashash sharoitlariga ham bog‘liq. Masalan, maktab o‘quvchisi
bilan olimning, yosh yigit bilan pensioner cholning, dehqon bilan shaxtyorning ehtiyoji bir xil
emas. Hatto kishilarning jismoniy tuzilishi ham ehtiyojlarda farqlarni hosil qiladi. Aytaylik,
gavdasi yirik, devqomat kishining ehtiyoji bilan jussasi kichik kishining ehtiyoji bir xil emas.
Ko‘rinib turibdiki, motivatsiya jarayoni qandaydir (bilib yoki bilmay orzu qilinayotgan) ehtiyojga
bo‘lgan yetishmovchilikdan yoki qoniqishning yetarli yoxud umuman yo‘qligidan boshlanadi.
So‘ngra shu qoniqishga erishish uchun maqsad sari harakat qilinadi. Ehtiyojning qondirilish
darajasi kishini kelajak sari intilishini belgilab beradi. Agar u muayyan narsadan qoniqish hosil
qilsa, u holda keyingi motiv uni boshqa yuqoriroq ehtiyojga rag‘batlantiradi.
Ehtiyoj cheksiz va turli-tumandir. Uni quyidagi belgilar bo‘yicha guruhlash mumkin. (1-jadval).
1-jadval 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling