Biznes boshqaruv asoslari


Download 0.76 Mb.
bet81/163
Sana18.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1784024
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   163
Bog'liq
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)

Frederik Gersbergning motivatsiya nazariyasi boisiy tozalanish (motivatsionnaya
gigiena) deb yuritilib, uning asosida qoniqish keltiruvchi mehnat ruhiy sog‘lom bo‘lishga ham
hamkorlik ko‘rsatadi, degan fikr yotadi. U quyidagi ikki guruh omillarga e’tiborni qaratadi



3-jadval 
Yuqori darajadagi ehtiyojlarni qondirish usullari 
T/ r Ehtiyojlar
Ehtiyojlarni qondirish usullari
1. Ijtimoiy
ehtiyojlar
• xodimlarga shunday ish beringki, ular bir-biri bilan aloqada bo‘lish imkoni
bo‘lsin;
• ish joylarida birdamlik ruhi, mushtaraklik tuyg‘usini yarating;
• qo‘l ostidagilar bilan davriy kengashlarni o‘gkazib turing;
• noformal guruhlarni “tinchitish”ga harakat qilmang, (agar uning korxona
mavqesiga ta’siri bo‘lmasa);
• xodimlarga korxona doirasidan tashqarida ham sotsial faollik qilishga imkon
bering.
2. Hurmatga
bo‘lgan ehtiyoj
• qo‘l ostidagilarga mazmunliroq ishni taklif qiling;
• xodimlarning erishgan yutuqlari bilan aks aloqani ta’minlang;
• xodimlar yutuqlarini yuqori baholang va rag‘batlantiring;
• xodimlarni maqsadni aniqlashga va qaror qabul qilishga taklif qiling;
• qo‘l ostidagilarga vakolat va huquq bering;
• qo‘l ostidagilarni amal pillapoyalari sari ko‘taring.
3. O‘zligini
isbotlashga
bo‘lgan
ehtiyojlar
• qo‘l ostidagilarning o‘z imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishi uchun ularning
o‘qishiga sharoit yaratib bering;
• qo‘l ostidagilarga murakkab va muhim ish bering, toki ular butun vujudini berib
ishlasin;
• qo‘l ostidagilarning tashabbusini rivojlantiring va rag‘batlantiring.
4-jadval 
Ishdan qoniqish omillari 
T/r Boisiy omillar (qoniqmaslik manbalari) T/r
Motivatsiya (yuqori qoniqtirish manbalari)
1.

2.


3.

4.


5.

6.
Korxona va ma’muriyat siyosati

Mehnat sharoiti

Ish haqi

Ishchilar bilan o‘zaro munosabat

Mehnat xavfsizligi

Mehnat intizomini nazorat qilish
darajasi
1.

2.


3.

4.


5.
Yutuqlarga erishish

Xizmat pillapoyalari bo‘yicha ko‘tarilish

Yuqori mas’uliyat

Natijani tan olish va qo‘llab-quvvatlash

Ijodiy va xizmat doirasida o‘sish imkoniyati

Birinchi guruh omillar “gigienik omillar” deb ataladi. Agar ish joyi iflos, qorong‘i,
ko‘rimsiz bo‘lsa, bu mehnatga intilishni susaytiradi. Aksincha, ish joyi toza, ergonometrik
nuqtai nazardan benuqson bo‘lsa, mehnatga aniq yo‘naltirilgan motivlar paydo bo‘ladi. Bu
yerda pul masalasi ham muhimdir. Ammo pulga inson qadr-qimmatining o‘lchovi sifatida qarash
ham xavflidir. Agar pulga intilish insonni butunlay egallab olsa, u ko‘payishga moyillik
tug‘dirib, uni boshqalarga nisbatan buyukligini isbotlashga olib keladi. Natijada, kishilardan
va jamoadan ajralib qoladi. Gersberg nazariyasi Maslou nazariyasiga zid emas, bil’aks uni
to‘ldiradi.


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling