Biznes boshqaruv asoslari


Download 0.76 Mb.
bet95/163
Sana18.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1784024
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   163
Bog'liq
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)

Taʻminlash va talab. Isteʻmol uchun tayyor maxsulot narxi cheklangan maxsulotlar
narxidan ancha past boʻladi.

Agar, maxsulotga talab yuqori boʻlsa, narx koʻtariladi.

Talab darajasi past maxsulotlar narxi nisbatan past boʻladi.

Kamyoblik.Agar maxsulotga yaqin, oʻxshash raqib mahsulot kam boʻlsa uning narxi
oʻxshashi koʻp boʻlgan maxsulotdan balandroq boʻladi.




Davr.Qachonki maxsulot bozorga birinchi bor kiritilsa ularning narxi biroz balandroq
boʻladi.

Vaqt oʻtishi bilan uning narxi asta sekin tusha boshlaydi.



Sezon – mavsum. Koʻp maxsulotlar yilning aynan bir vaqtida foydalaniladi. Qishda kiyim
kechak,konditsionerlar va bayram bezaklari qisqa vaqt ichida sotuvda yuqori narxda boʻladi ,
yilning qolgan paytida esa ular sotilmaydi. .
Narxlar sotuvlar mavsumidan aynan sal avval va mavsum boshida koʻtariladi. Qolgan paytlarda
esa pasayadi. Murrakabligi – juda murakkab texnik maxsulotlar albatta oddiy mahsulotlardan
qimmatroq boʻladi. Koʻp funktsiyalar va tanlovlarga ega boʻlgan maxsulot kimmatrok boʻladi.
Qulayligi – Mijozlar odatda kulaylik uchun pul toʻlashadi. Agar mahsulotni topish oson boʻlsa va
sotuvchi mijoz yuqori sifatlt xizmat koʻrsatadi, narx koʻtariladi. Mijozlar agar noqulay joylashgan,
ulgurji savdo joylar va xizmat darajasi juda past joylarda xarid kilsa kam pul toʻlashni
moʻljallashadi.
Maxsulotni narxlash 
Narx bu xaridor tomonidan, maxsulot olish uchun sotuvchiga mahsulot yoki xizmat uchun
beriladigan pul. Maxsulot narxi sotuvchidan xaridorga kelguncha oʻzgarishi mumkin. Ishlab
chikaruvchi odatda oxirgi xaridorga mahsulotni yetkazib beruvchi boshqa bizneslarga narx
tayinlaydi. Narx – maxsulotni ishlab chikarishga ketgan xarajat, faoliyat xarajatlari xamda
olinadigan foyda yigindisidan kelib chiqadi. 10-4 rasmda sotuv narxini hisoblash uchun formula
keltirilgan.Sotuv narxi – xaridor tomonidan toʻlangan pul mikdori.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling