“Biznes boshqaruvida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari” reja


Download 1.04 Mb.
bet1/5
Sana21.04.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1373289
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Biznes boshqaruvida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari

“Biznes boshqaruvida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari”

REJA:

  • Biznes haqida tushuncha.
  • Biznesni bishqarish axborot tizimlari.
  • Biznes boshqaruvda avtomatlashtirilgan axborot tizimlari.

1. Biznes haqida tushuncha.

  • BIZNES (ing. business) - daromad keltiradigan yoki boshqa naf beradigan xo‘jalik faoliyati (kasbkor, mashg‘ulot) yoki foyda olish maqsadlari ko‘zlangan va qonunlarga xilof bo‘lmagan har qanday tashkiliy faoliyat. U milliy (davlat) qonunlar va xalqaro shartnomalar bilan tartibga solinadi.
  • Biznes xo‘jalik yuritish ko‘lamiga qarab, yirik, o‘rta va kichik turlarga bo‘linadi.

Yirik biznes ishlab chiqarishda 500 dan ortiq kishi band bo‘lgan, o‘rta Biznes esa 20 — 500 kishi band bo‘lgan korxona (firma)lar, kichik biznes 10 — 20 va undan kam kishi ishlaydigan korxonalarni kamraydi. Yirik va o‘rta biznesga, asosan, yirik ishlab chiqarish, ko‘p sonli tovarlar chiqaradigan, mexanizatsiyalashgan hamda avtomatlashgan sohalar kiradi. Kichik biznes qishloq xo‘jaligi, aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarida keng tarqalgan. Kichik biznes sharoitga tez moslasha olishi bilan boshqalaridan farqlanadi va shu bois u keng tarqalgan.

Biznes – eng avvalo qonuniy yo‘l bilan, ruxsat berilgan ish bilan shug‘ullanib pul topishdir. O‘zining xarakteriga qarab biznes ochiq - qonuniy va yashirin - g‘ayriqonuniy bo‘ladi. Ochiq - qonuniy biznes - bu kishilar hayotini farovon qiladigan faoliyatdir. Yashirin-g‘ayriqonuniy biznes esa qonun yo‘li bilan taqiqlangan biznesdir.

Biznes turlari:

  • Sanoat biznesi
  • Agrobiznes (kishlok xujaligi)
  • Moliya biznesi
  • Tibbiyot biznesi
  • Shou (tomosha) biznesi
  • Sport biznesi
  • Savdo biznesi
  • Sayoxat biznesi va h.k.

Biznes bilan shug‘ullanuvchilar har xil turdagi biznes bilan shug‘ullanishadi. 1. Yakka tartibda yoki shaxsan o‘zi va oilasi bilan biznes qiluvchilar. 2. Jamoa tarkibida yoki sherik bo‘lib biznes qiluvchilar. 3. Davlat biznesi – davlat nomidan biznes qiluvchlarish.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling