“Biznes boshqaruvida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari” reja
SAP tizimi «Korzinka.uz” “Gazprom” va “Gazprom Neft”, “Lukoyl” va “TNK”, “Alrosa” olmos korxonasi, “Apple”, “Walmart”, “Amazon”, “General Motors” kabi ko‘plab yirik korxonalarda faol ishlatiladi
Download 1.04 Mb.
|
Biznes boshqaruvida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eʼtiboringiz uchun rahmat!!!
SAP tizimi «Korzinka.uz” “Gazprom” va “Gazprom Neft”, “Lukoyl” va “TNK”, “Alrosa” olmos korxonasi, “Apple”, “Walmart”, “Amazon”, “General Motors” kabi ko‘plab yirik korxonalarda faol ishlatiladi.
MRP Material Requirements Planning – kerakli materiallarni rejalashtirish MRP tizimi tugal mahsulotni qancha va qaysi muddatga ishlab chiqarish zarurligini aniqlash imkoniyatini beradi. Undan keyin korxona ishlab chiqarish jadvali extiyojlarini qondirish uchun kerakli materiallar miqdori va vaqtini aniqlab beradi. MRP tizimi har bir element, har bir butlovchi detal ishlab chiqarishga kerakli vaqtda kerakli miqdorda yetkazib berilishini kuzatishni, o‘zining asosiy maqsadi qilib qo‘yadi MRP2 Ishlab chiqarish resurslarini rejalashtirish metodi (Manufacturing Resource Planning , MRP II ) MRP II – bu MRP bo‘yicha rejalashtirish plyus omborlar, taʼminot, sotish va ishlab chiqarishni boshqarish funksiyalaridir. MRP II MRP dan farqli ravishda, korxonalarning barcha resurslarini uskunalar, odamlar, moddiy va moliyaviy resurslarni barchasini rejalashtirishni ko‘zda tutadi. MRP II bir tizim axborotidan foydalanishni, korxonaning barcha xizmatlariga sotish bo‘limidan boshlab, marketing xizmatigacha, taʼminot bo‘limi, moliyaviy bo‘lim, loyihalash bo‘limi shuningdek, ishlab chiqarishda ham foydalanish imkoniyatini beradi Biznes boshqaruvda avtomatlashtirilgan axborot tizimlari. bu «mijozga mo‘ljallangan” yondashuv asosiy yadro bo‘lgan mustahkam biznes konsepsiya va biznes strategiya asosida qurilgan yo‘nalishdir. CRM tizimining asosiy vazifasi – mijoz bilan o‘rnatiladigan aloqa qanday kanal orqali amalga oshirilishiga qaramay, marketingda, sotuvda, servis va xizmat ko‘rsatishda mijozlarni jalb qilish va ushlab qolishga yo‘naltirilgan biznes jarayonlar samaradorligini oshirishdir. CRM Customer Relationship Management – Mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish Supply Chain Management - Yetkazib berish zanjirini boshqarish tizimi SCM korxona taʼminotini barcha bosqichlarini boshqarish va avtomatlashtirishga, korxonaning barcha mahsulotlari harakatini nazorat qilishga mo‘ljallangan. SCM tizimi kompaniya mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojni nisbatan ancha yaxshi qondirishga va logistika, sotib olish harajatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkoniyatini beradi. SCM xom ashyo sotib olish, ishlab chiqarish va mahsulotlarni tarqatish butun siklini o‘z ichiga oladi. ERP Enterprise Resource Planning System – Korxona resurslarini rejalashtirish tizimi bu AT bazasida korxonaning ichki va tashqi resurslarini boshqarish uchun ishlatiladigan integratsiyalashgan tizimdir. Tizimning maqsadi korxona ichidagi barcha xo‘jalik bo‘limlari orasidagi aloqa oqimlariga (biznes funksiyalariga) yordam qilish va boshqa korxonalar bilan aloqalarni informatsion qo‘llab quvvatlashdan iboratdir. Eʼtiboringiz uchun rahmat!!!Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling