‘’biznes etikasi” fanining mazmuni va biznesdagi o`rni


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
Sana29.01.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1139717
Bog'liq
biznes etikasi



‘’BIZNES ETIKASI”
FANINING MAZMUNI VA BIZNESDAGI O`RNI
2 0 2 2


REJA:
1. BIZNES ETIKA
Fanining asosiy tushunchalari
2. ETIKET QOIDALARI 
Biznesmen uchun ahamiyati
3. BIZNES odobi:
Tashqi korinish va muloqot


BIZNES
Biznes iborasi inglizcha
‘’business’’so`zidan olingan bo`lib, 
tom ma`noda faoliyat, ish , xizmatni
bildiradi, keng ma`noda esa tijorat
(savdo-sotiq) bilan bog`liq
tashabbuskor faoliyat deb talqin
qilinadi. Biznes – shaxsiy, qarzga
yoki kreditga olingan mablag` 
hisobidan o`zini xavf ostiga qo`ygan
va javobgarligini bo`yniga olgan
xolda xo`jalik yurituvchi shaxsning
kun kechirish va foyda olish usuli.
BIZNESMEN
Biznesmen iborasi inglizcha
‘’businessman’’ so`zidan olingan
bo`lib tom ma`noda tadbirkor
degan ma`noni beradi, amalda esa
tijorat , tadbirkorlik yoki savdo-sotiq
bilan shug`ullanadigan shaxsni
bildiradi. Biznesmen o`zining qarzga
yoki kreditga olgan mablag`lari
hisobidan tijorat, tadbirkorlik yoki
savdo-sotiq ishlari bo`yicha faoliyat
yuritadigan va uning natijasi uchun
javobgarlikni o`z bo`yniga to`liq
oladigan shaxs hisoblanadi. 
BIZNES ETIKET FANING 
ASOSIY 3TA TUSHUNCHASI 
Har bir fanning atama va tushunchalari mavjud bo`ladi. Xuddi shuningdek, 
biznes-etiket faniga ham oid tushunchalar mavjud. Ularni bilish va mazmuni-
ni tushunish fan materiallarining talabalar tomonidan tez o`zlashtirishga
imkon beradi. Biznes etiket fanining asosiy 3ta tushunchasi : biznes, 
biznesmen, etiket. 
ETIKET
Etiket iborasi fransuzcha
‘’etiquette’’ so`zidan olingan bo`lib , 
tom ma`noda etiketka yoki birkani
anglatadi. Keng ma`noda esa o`zini
tutish ( odob-axloq) , 
xushmuomilalik qoidalari
tushuniladi. Etiket qoidalari
jamiyatning o`zgarishi bilan
takomillashib boradi: vaqtning
o`tishi bilan ularning ba`zi birlari
eskirib, qo`llanishdan chiqadi , 
ularning o`rniga yangi axloq
qoidalari paydo bo`ladi. 


ETIKET QOIDALARI
VA ULARNING BIZNESMENLAR UCHUN
AHAMIYATI
01
02
03
Odamlarning bir jamiyatda tinch-totuv
yashashining va turli sohalarda muvaqqiyatli
faoliyat ko`rsatishining asosida jamiyatda
qabul qilingan urf-odat qoidalari yotadi. 
Bugungi kunda xar bir soha xodimlari uchun
etiket qoidalari shakllangan. 
Xizmat turlari doiralarida xizmat etiketiga
amal qilinadi. Xizmat etiketi xizmat ko`rsatish
va ishlab chiqarish sohalarida faoliyat
qiladigan xodimlarning yurish-turish , kiyinish
qoidalarini o`z ichiga oladi. 
Biznes etiket xizmat etiketining bir turi
hisoblanadi. Biznes etiket qoidalari
biznesmen uchun juda katta ahamiyatga ega. 
Ularni o`rganib , egallab olish biznesmen
uchun madaniyat belgisi hisoblanadi, unga
rioya qiladigan kishilarning faoliyati
muvaqqiyatli bo`ladi. 


BIZNES ODOBI: 
Biznes odobi eng avvalo ijobiy tashqi ko`rinish, xushmuomilalik va
insonlar bilan muloqot qila olish qobiliyatidan iborat. Biznesmenlar
boshqa fuqarolarga nisbatan moddiy ta`minlangan va doimo xalq
nazarida bo`ladi. Shu sababli ham biznesmenlar o`zlari haqida ijobiy
taassurot qoldirishga, hamkorlar va xalq oldida o`z mavqeyining ortib
borishiga katta e`tibor berishlari lozim. 
Ijobiy taassurot
qoldirish
Biznesmen to`g`risidagi
birinchi tasavvur qanday
bo`lsa , uni ishi shunday
ketadi: ijobiy bo`lsa –
samarali , aksi bo`lsa
samarasiz. Biznesmenlar
to`g`risidagi 1- tasavvur
shakllanishi uchun 15 sek
kifoya. Bu jarayon ishingiz
shakllanishi uchun katta
ahamiyatga ega. 
Biznesmenlar tashqi 
qiyofasiga qo`yilgan 
talablar
Eng avvalo soch ajoyib
imij shakllanishida
muhim rol o`ynaydi. Erkak
biznesmenlarni sochlari
kalta va soqollari olingan
bo`lishi kerak. Sharqona
etiket qoidalariga ko`ra
soqol qo`yilgan holda
ham biznes qilish mumkin
Faqatgina yuziga ma`lum
bir shakl berilgan bolishi
lozim. 
Biznesmenlar ish 
kiyimlari 
Biznes sohasida
to`plangan tajriba shuni
ko`rsatadiki, aksariyat
biznes korxonalarida
maxsus ish kiyimlari joriy
etiladi. Erkak biznesmen-
lar uchun asosiy shaxsiy
ish kiyimi kostyum
hisoblanadi. Kostyum
materialiga , rangiga , 
sifatiga va kiyilishiga
qat`iy talablar qo`yiladi. 


E ` T I B O R I N G I Z U C H U N R A H M AT

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling