Biznes faolyatida biznes rejani ishlab chiqarish tartibi mustaqil ishi


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1532604
  1   2
Bog'liq
BIZNES FAOLYATIDA BIZNES REJANI ISHLAB CHIQARISH TARTIBI gulchexra opa



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN 
VA INOVATSIALAR TA‘LIM VAZIRLIGI FARG‘ONA 
DAVLAT UNIVERSITETI 
SIRTQI FAKULTET 
IQTISODIYOT YO’NALISHI 
S19.142-GURUH TALABASI: 
Bakirova Gulchexraning 
MAVZU: 
BIZNES FAOLYATIDA BIZNES REJANI 
ISHLAB CHIQARISH TARTIBI 
 
MUSTAQIL ISHI


 
 
BIZNES FAOLYATIDA BIZNES REJANI ISHLAB 
CHIQARISH TARTIBI 
Reja: 
1.Biznesni tashkil etish tartibi; 
2.Biznesni tashkil etishning xususiyatlari va ularning 
mazmuni; 
3.Biznesni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab quvvatlash; 
4.Biznesni qayta tashkil etish va yopish tartibi. 


I. Biznesni tashkil etish tartibi 
O‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g‘risidagi, biznes 
faoliyatilar to‘g‘risidagi, xususiylashtirish va davlat tasaruffidan 
chiqarish to‘g‘risidagi va boshqa bir qator me’yoriy xujjatlarda ko‘p 
ukladlilik asoslari belgilanib, ular mulkchilikning barcha shakllarining 
teng huquqliligini qaror toptirish, mulkdorlarning huquqlarini qat’iy 
himoyalanishi, xususiy mulkni yanada himoya qilish, tadbirkorlikni 
rivojlantirish va chet el investitsiyalarini jalb etishga qaratilgandir. 
Tovar-pul munosabatlari rivojlanayotgan va boshqariladigan bozor 
sharoitida mulkchilikning barcha shakliga mansub biznes faoliyatilarni 
barpo etish, ular faoliyatining, ularni qayta tashkil etish va tugatishning 
umumiy xuquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari mazkur me’yoriy 
xujjatlarda keng yoritib berilgan. “O‘zbekiston Respublikasida 
mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunida belgilab qo‘yilgan mulk shakllariga 
muvofiq quyidagi turdagi biznes faoliyatilarga bo‘linadi: 
-O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, shuningdek ajnabiy 
fuqarolarning individual (xususiy) mulkiga asoslangan biznes faoliyati; 
-jamoa mukiga asoslangan jamoa, oila, maxalla, ishlab chiqarish 
kooperativlari; kooperativlarga qarashli, aksiyali jamiyatlarga, 
mas’uliyatli cheklangan jamiyatlarga, o‘zga xo‘jalik jamiyatlari yoki 
shirkatlariga qarashli; jamoat tashkilotlarining, diniy tashkilotlarining va 
jamoa mulkchiligining boshqa shakllariga asoslangan biznes faoliyati; 
-davlat mulkiga asoslangan respublika davlat, Qoraqalpog‘iston 
respublikasi davlat korxonalari, kichik va xususiy, viloyatlararo, viloyat, 


tumanlararo, tuman, shaxar davlat korxonalari, kichik va xususiy biznes 
faoliyatlarining boshqa turlari; 
-to‘la yoki ulush qo‘shib ishtirok etishga asoslangan (qo‘shma biznes 
faoliyatilar) respublika mulki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, ajnabiy 
xuquqiy shaxslar, firmalar va davlatlar mulki bo‘lgan biznes faoliyati; 
-mulkchilikning aralash shakllariga asoslangan biznes faoliyati. 
Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, biznes faoliyati ishlovchilar soniga 
qarab kichik biznes faoliyatilar jumlasiga kiritilgan, bunday biznes 
faoliyatilarni barpo etish va ular faoliyatining o‘ziga xos jixatlari, 
maqomi, ularni ro‘yxatga olish shartlari, shuningdek biznes faoliyatilarni 
bu turga kiritish tartibi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi 
Vazirlar mahkamasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi tomonidan tartibga solinadi. 
Kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, uni 
rivojlantirishning xuquqiy asoslari, shuningdek rag‘batlantirish yo‘llari 
“O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g‘risida” (1991 yil 15 fevral) 
va “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish 
to‘g‘risida”gi (2005 yil 21 sentyabr) Farmonlarda o‘z aksini topdi. 
Mazkur qonunlar tadbirkorlikning iqtisodiy va xuquqiy mustaqilligiga 
kafolat beradi, ularning huquq va ma’suliyatini aniqlaydi, 
tadbirkorlarning boshqa biznes faoliyatilari davlat boshqaruvi idoralari 
bilan munosabatlarini tartibga soladi. Bundan tashqari, fuqarolarning 
tadbirkorlik qobiliyatini butun choralar bilan ishga solish, ularning 
ishbilarmonligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirishning xuquqiy 
kafolatlrini belgilash asosida bozor munosabatlarini jadallashtirishga 


qaratilgandir. Tadbirkorlik to‘g‘risidagi me’yoriy xujjatlar mulkchilik va 
xo‘jalik yuritish shakllarini erkin tanlash, bu shakllarning tenghuquqlilik 
asosida amal qilishi, o‘zaro hamkorlik va erkin raqobatlashuv 
ta’minlanadigan sharoitlarning yaratilishiga kumaklashadi. 
Tadbirkorlikning o‘zi- uning faoliyatini amalga oshirish asoslari va 
rivojlantirishning asosiy qoidalari nimalardan iborat? 
Tadbirkorlik-mulkchilik sub’ektlarining foyda olish maqsadida tavakkal 
qilib va mulkiy javobgarligi asosida, amaldagi qonunlar doirasida 
tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishidir. 
O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik: 
-tadbirkorning shaxsiy mol-mulki asosida; 
-tadbirkorning boshqa fuqarolar va yuridik shaxslar, shu jumladan 
ajnabiy fuqaroalar xamda yuridik shaxslarning mol-mulklarini turli 
shakllarda jalb etishi asosida; 
-tadbirkorning davlat va jamoat tashkilotlari mol-mulklaridan 
foydalanishi asosida; 
-yuqorida qayd etilgan shakllarni qo‘shib olib borish asosida amalga 
oshiriladi. 
Tadbirkorlik faoliyatning va mulkdor bilan bo‘lgan munosabatlarning 
xarakteridan kelib chiqqan xolda tadbirkorlik faoliyati mulkdor 
tomonidan ham, xo‘jalikni to‘liq yuritish huquqi asosida (ana shu 
chegaralari mulk egasi tomonidan belgilangan xolda) mulkdorning mol-
mulkini idora qiluvchi sub’ekt tomonidan ham amalga oshiriladi. Har 
qanday shakldagi tadbirkorlik mulk egasining ishlab chiqarish 


jarayonida shaxsan bevosita ishtirok etishiga va boshqa fuqarolarning 
mexnatini qo‘llash yo‘li bilan foydalanishiga asoslanadi. 
Tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: 
-qonun bilan taqiqlanmaydigan har qanday tadbirkorlik faoliyatini 
amalga oshirishda tadbirkorning o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkdan 
foydalanish erkinligi
-tadbirkorning xo‘jalik faoliyatini yuritishdagi va faoliyat maxsulini 
taqsimlashdagi mustaqilligi; 
-tadbirkorning barcha turdagi ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini 
yuritishda, mulk shakllaridan qat’iy nazar, qonun oldida teng huquqliligi; 
-tadbirkorlikni amalga oshirish vva xodimlar yollashning ixtiyoriyligi; 
-daromad olishning manbalari va usullari qanday bo‘lishidan qat’iy 
nazar, solik idoralari xuzurida xisob berishning asoslov (deklarativ) 
shakli, tadbirkorlarning daromadlarini yashirib qolganlik (pasaytirib 
ko‘rsatganlik) uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan 
moddiy javobgarligi. 
II . Biznesni tashkil etishning xususiyatlari va ularning mazmuni. 
Biznes faoliyatini amalga oshirish uchun biznes sub’ekti biznes 
tashkilotlari(shirkatlarini) tuzadi. Biznes tashkilotlarini (shirkatlarini) 
tuzish, ularning faoliyatini ko‘rsatishi, ularni qayta tashkil etish va 
tugatishning umumiy xuquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari O‘zbekiston 
Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasidagi Biznes faoliyatilar 
to‘g‘risida”gi qonuni bilan tartibga solinadi. 


Tadbirkorlik, biznes faoliyatilarini barpo etish va uni ro‘yxatdan 
o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
Biznes faoliyatini barpo etishning umumiy shart-sharoitlari: 
a)biznes faoliyati mol-mulk egasi yoki u vakil qilgan idora, tashkilot 
qaroriga muvofiq, yo bo‘lmasa ta’sis etuvchilar guruhi va ayrim ta’sis 
etuvchi shaxslar qarori bilan ushbu hamda O‘zbekiston Respublikasi 
boshqa qonun xujjatlarida kuzda tutilgan tartibda barpo etiladi; 
b)biznesda ishlab turgan biznes faoliyatilar tarkibidan bitta yoki bir 
nechta tarkibiy bo‘linmaning shu bo‘linma mexnat jamoasi tashabbusi 
bilan ajralib chiqishi natijasida, agar bunday ajralib chiqish uchun biznes 
faoliyati mol-mulk egasining (u vakil qilgan idora, biznes faoliyati va 
tashkilotning) roziligi bo‘lsa va biznes faoliyati ilgari o‘z zimmasiga 
olgan majburiyatlarning bajarilishi ta’minlansa tuziladi; 
v) biznes faoliyatini barpo etish va uning faoliyati uchun er uchastkasi, 
boshqa tabiat resurslari talab qilinadigan xollarda ulardan foydalanishga 
ruxsatnomani hokimiyat idorasi, tegishli qonun xujjatlarida kuzda 
tutilgan xollarda esa ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lgan 
taqdirda tabiatdan foydalanuvchi tegishli boshlangich tashkilot 
tomonidan ham beriladi. Er uchastkasi va boshqa tabiat resurslarini 
berish rad etilganida O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlarida kuzda 
tutilgan tartibda shikoyat qilinishi mumkin; 
g) biznes faoliyati davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab barpo 
etilgan deb hisoblanadi va xuquqiy shaxs huquqini oladi. 
Biznes faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi: 


a) biznes faoliyati agar O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlarida 
o‘zgacha tartib kuzda tutilgan bo‘lmasa, biznes faoliyati joylashgan 
erdagi mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan davlat 
ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Biznes faoliyati davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi 
yagona davlat reestriga kiritish uchun 10 kun muddat ichida Moliya 
vazirligiga xabar qilinadi; 
b) biznes faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tegishli mahalliy 
hokimiyat va boshqaruv idorasi bu biznes faoliyatini barpo etish 
to‘g‘risidagi qaror, ustav hamda me’yoriy xujjatlarda belgilab 
qo‘yilgandek ro‘yxat bo‘yicha boshqa xujjatlar taqdim etiladi; 
Biznes faoliyati tegishli mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasiga 
zarur xujjatlar ilova qilinib ariza topshirilgan paytdan boshlab o‘zog‘i 
bilan 30 kunda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi; 
v) biznes faoliyatini barpo etishning O‘zbekiston Respublikasi qonun 
xujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibi bo‘zilganligi, shuningdek ta’sis 
xujjatlari qonun talablariga mos kelmasligi sabablariga ko‘ra biznes 
faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilishi mumkin. 
Biznes faoliyatilar zarur xujjatlarni taqdim etgan taqdirda, mahalliy 
davlat hokimiyati organlari ularni ro‘yxatga olishni rad etishga yoki 
ro‘yxatga olish uchun qo‘shimcha shartlar belgilashga haqli emaslar. 
Agar biznes faoliyati belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilgan bo‘lmasa yoki ta’sis etuvchi biznes faoliyatini ro‘yxatdan 
o‘tkazish rad etilganligi sabablarini asossiz deb hisoblasa, u sudga 


murojaat qilishi mumkin. Sud biznes faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish rad 
etilganligini asossiz deb topsa, bu xol biznes faoliyatini ro‘yxatdan 
o‘tkazmagan mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasining moddiy 
javobgarligi (sud chiqimlaridan tashqari) sabab bo‘ladi. Moddiy 
javobgarlikning miqdori sud tomonidan aniqlanadi va qonunda 
belgilangan tartibda undirib olinadi. 
g) biznes faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun undan 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yiladigan miqdorida 
haq olinadi. Olingan mablag‘ mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasi 
tomonidan biznes faoliyati ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi tuman, shaxar, 
shaxardagi tuman byudjetiga o‘tkaziladi. 
Biznes faoliyatining ustav asosida ish olib borish tartibi. 
Biznes faoliyati ustavida quyidagilar belgilab qo‘yiladi: 
-biznes faoliyatining nomi, uning qaerda joylashganligi; 
-faoliyat turi va maqsadlari; 
-uning boshqaruv va nazorat organlari, ularning vakolatlari; 
-biznes faoliyati mol-mulkini tashkil etish va foydani (daromadni) 
taqsimlash tartibi; 
-biznes faoliyatini qaytadan tashkil etish va uning faoliyatini tuxtatish 
shartlari. 
Ustavga biznes faoliyati faoliyatining xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, 
qonunlarga zid kelmaydigan o‘zga qoidalar ham kiritilishi mumkin. 
Biznes faoliyatini boshqarishni tashkil etishning umumiy qoidalari. 
Biznes faoliyati o‘z ustaviga muvofiq boshqariladi. Biznes faoliyati 
boshqaruv strukturasi, shakli va uslublarini mustaqil aniqlaydi, shtatlarni 


belgilaydi. Mulkdor biznes faoliyatini bevosita yoki o‘zi vakolat bergan 
idoralar orqali boshqaradi. Mulkdor yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi 
sub’ekti yoxud u vakolat bergan idoralar ana shu huquqlarni biznes 
faoliyati kengashiga (idorasiga) yoki bo‘lmasa biznes faoliyati ustavida 
kuzda tutilgan hamda mulkdor va mexnat jamoasi manfaatlarini ifoda 
etadigan boshqa idoraga topshirishi mumkin. Biznes faoliyati raxbarini 
yollash (tayinlash, saylash) va bo‘shatish biznes faoliyati mulki 
egasining yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi sub’ektining huquqi 
bo‘lib, bu huquqni ular bevosita, shuningdek o‘zlari vakil qilgan idoralar 
orqali yoki biznes faoliyatini boshqarish huquqi berilgan biznes faoliyati 
kengashi, boshqaruvi yoxud boshqa idoralar orqali amalga oshiradilar. 
Biznes faoliyatining mexnat jamoasi, uning vakolatlari. 
O‘z mexnati bilan biznes faoliyatida mexnat shartnomasi (bitim, 
kelishuvi), shuningdek xodimning biznes faoliyati bilan mexnat 
munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa shakllar asosida qatnashuvchi 
barcha fuqarolar shu biznes faoliyatining mexnat jamoasini tashkil 
etadilar. Biznes faoliyatlari mexnat jamoasi vakolatlarini amalga 
oshirishning asosiy shakli uning umumiy yig‘ilishi bo‘lib hisoblanadi. 
Umumiy yig‘ilish: biznes faoliyati mol-mulkini sotib olish bilan bog‘liq 
masalalarni, biznes faoliyati ma’muriyati bilan jamoa shartnomasi 
(bitimi) tuzish zarurligi to‘g‘risidagi masalani, o‘z xodimlari uchun 
qo‘shimcha otpuskalar, 
qisqartirilgan ish kuni va ishlab topilgan xamda iste’molga sarflanadigan 
mablag‘lar doirasida boshqa ijtimoiy imtiyozlar belgilaydi. 
Jamoa shartnomasi. 


Jamoa shartnomasi hamma turdagi biznes faoliyatlarda tuzilishi mumkin 
va u amaldagi qonunlarga zid bo‘lmasligi lozim. Biznes faoliyatidagi 
ishlab chiqarish va mexnat munosabatlari, mexnatni muxofaza qilish, 
jamoaning ijtimoiy taraqqiyoti va jamoa a’zolarinig salomatligi 
masalalari jamoa shartnomasi (bitimi) bilan tartibga solinadi. Jamoa 
shartnomasi (bitimi) tuzish yoki uni bajarish chog‘ida kelishmovchilik 
chiqqan taqdirda bu kelishmovchilik qonun xujjatlarida belgilangan 
tartibda hal etiladi. 
Tadbirkorning huquqlari. U quyidagilardan iborat: 
-mamlakat territoriyasida yashovchi va faoliyat yurituvchi har bir fuqaro 
xo‘jalik yurituvchi boshqa sub’ektlar bilan teng asoslarda qonunlarda 
belgilangan shartlarga rioya qilgan xolda biznes faoliyatlarni vujudga 
keltirish, ta’sis etish, sotib olish va qayta tuzish yo‘li bilan tadbirkorlik 
faoliyatini boshlash va davom ettirishi; 
-bu faoliyatni bajarish uchun boshqa yuridik shaxslar va fuqarolarning 
mol- mulki hamda pul mablag‘larini ixtiyoriy asoslarda jalb etishi, 
xodimlarni mustaqil yollash va ishdan bo‘shatishi; 
-tadbirkorlikdan qonunlarda belgilangan tartibda soliq solinadigan 
cheksiz miqdorda shaxsiy daromad orttirishi, ijtimoiy ta’minlanish va 
ijtimoiy sug‘urta qilinish huquqlariga egadirlar. 
Tadbirkor yoki u vakil qilgan shaxslar xo‘jalik yurituvchi boshqa 
sub’ektlarning har qanday hatti-harakatlari va tadbirkorga kilayotgan 
da’volari hamda belgilangan tartibda beriladigan jazo choralari ususida 


baxslashishga haqli, qonunlarga muvofiq hech sussiz qo‘llanadiganlari 
bundan mustasnodir. 
Tadbirkorning majburiyatlari. U quyidagilardan iborat: 
-tadbirkor amaldagi qonunlardan hamda o‘zi tuzgan bitimlardan kelib 
chiqadigan barcha majburiyatlarni bajarishi; 
-yollanib ishlayotgan xodimlar bilan qonunlarga muvofiq mexnat 
shartnomalari (bitimlar) tuzishi, yollanib ishlayotgan xodimlarni ijtimoiy 
va tibbiy sug‘urta qilishi; 
-ishga jalb etilgan barcha xodimilar bilan tuzilganbitimga muvofiq, 
biznes faoliyatining moliyaviy axvolidan qat’iy nazar, to‘la hisob-kitob 
qilishi; 
-maxsus bilim va ko‘nikma talab qilinadigan ishlarga faqatgina zarur 
tayyorgarlikka ega, kasb-kori jixatidan yaroqli va tegishli ma’lumotga 
ega bo‘lgan shaxslarnigina jalb etishi muqarrardir. 
Tadbirkorning ma’suliyatlari. 
Soliq va kredit majburiyatlarining, tuzilgan bitimlarining ijrosi, boshqa 
sub’ektlarning mulkiy huquqlarni buzganligi, bexatar mexnat 
sharoitlariga rioya etmasligi, iste’molchilarga odamlarning salomatligiga 
zarar etkazadigan maxsulot etkazib berganligi, atrof-muxitga zarar 
etkazganligi, yakka xokimlikka qarshi qonunlarni buzganligi uchun, 
tadbirkor o‘z mol-mulk doirasida amaldagi qonunlarga muvofiq 
javobgar bo‘lib hisoblanadi. Mulkiy da’volar tadbirkorning 
merosxurlariga xam taalluqli bo‘ladi, lekin ular meros qilib qoldirilgan 
mol-mulk hajmidan oshmasligi zarur. 
Moliya va kredit munosabatlari. 


Xulosa 
Foyda, amortizatsiya ajratmalari, qimmatli qog‘ozlarni sotishdan 
tushgan pul, mexnat jamoasi a’zolarining, biznes faoliyatilar, tashkilotlar, 
fuqarolarning pay va o‘zga badallari, shuningdek, boshqa tushumlar 
biznes faoliyati moliyaviy resurslarini tashkil etuvchi manbalardir. 
Biznes faoliyati tijorat shartnomasi asosida bank kreditidan, boshqa 
biznes faoliyatilarning kreditlaridan ham foydalanadi. Tadbirkor pul 
mablaglarini saqlash hamda barcha turdagi hisob-kitob, kredit va kassa 
operatsiyalarini amalga oshirish uchun biznes faoliyati ro‘yxatga olingan 
joydagi har qanday bankda, boshqa joydagi bankda esa- shu bankning 
roziligi bilan hisob-kitob raqamlari va boshqa hisob raqamlari ochishi 
ham mumkin. Ish haqi to‘lash va byudjetga to‘lovlar barcha biznes 
faoliyatilar uchun birinchi galdagi to‘lovi bo‘lib hisoblanadi. Xisob-
kitoblarning boshqa turlarini biznes faoliyati kalendar tartibiga muvofiq 
amalga oshiradi. Biznes faoliyati xaridor (iste’molchilar)ga qarzga 
olingan mablag‘ uchun foyda to‘lash tartibida qarzga maxsulot etkazib 
berishi, ishni bajarishi va xizmat ko‘rsatishi mumkin. Bunday savdo 
bitimlarini rasmiylashtirish uchun Biznes faoliyati xo‘jalik oborotida 
vekselni qo‘llashi mumkin. Biznes faoliyati foiz to‘lash sharti bilan 
boshqa Biznes faoliyatilarga kredit berishi ham mumkin. Hisob-kitob 
qilish yuzasidan o‘z majburiyatlarini muntazam bajarmaydigan Biznes 
faoliyati bank tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilinishi 
mumkin. Bunday Biznes faoliyatilarga ta’sir o‘tkazish choralari va 


ularni qo‘llash tartibi banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi 
qonun xujjatlariga muvofiq belgilanadi. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling