Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining hayotida Elektron hukumatning o’rni Ziyodullo Bahodirov


Download 0.67 Mb.
bet1/2
Sana14.02.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1197816
  1   2
Bog'liq
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining hayotida Elektron


Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining hayotida Elektron hukumatning o’rni
Ziyodullo Bahodirov
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
“Bugalteriya hisobi va audit ” yo’nalishi
talabasi


Jasur Qarshiyev
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
“Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqola O’zbekiston respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar jumladan O’zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat” sohasida bo’layotgan ishlar va kelgusida “Elektron hukumat”ni yanada rivojlantirish, xalqimizning “Elekron hukumat” haqidagi tushunchasini yanada kengaytirish masalalari hamda ularni hal etishning muqobil yechimlari haqida alohida yoritilgan.
Kalit so’zlar : elektron hukumat, xalq bilan muloqot, elektron platforma, integratsiyalashgan muhit, G2G, G2C,G2B , G2F , G2E , intranet , mahallabay ishlash, interaktiv portal,
Bugungi kunda butun dunyo bo’ylab axborot texnologiyalari jadal suratlarda rivojlanib bormoqda. Inson hayotining har bir jabhasini axborot texnologiyalarisiz tasvvur etib bo’lmaydi. Shu jihatdan yigirma birinchi asrni axborot texnologiyalari asri deb aytishimizda mubolag’a bo’lmaydi. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyatda kechayotgan jarayonlarga ijobiy ta'sir ko‘rsatib, islohotlar samaradorligini oshiradi, aholi manfaatlarini ta'minlashga xizmat qiladi, yangidan-yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Shu nuqtai nazardan aytganda, bugun “Elektron hukumat” degan tushuncha kundalik turmushimizdan chuqur o‘rin egallamoqda. Garchi Respublikamiz aholisining hammasi ham bu haqda to‘liq ma'lumotga ega bo‘lmasa-da, vaqt o‘tishi bilan ushbu tizim jamiyat hayotining butun jabhasini qamrab olishini dunyo tajribasi ko‘rsatayapti.
Bunga ayni misol sifatida “Elektron hukumat”ni misol qilib olish mumkin.”Elektron hukumat” tushunchasi dastlab 1990-yillarning boshida paydo bo’lgan, lekin amaliyot so’ngi yillarda amalga oshirila boshladi. ”Elekrton hukumat”ni dastlab AQSh va Angliya so’ngra Italiya, Norvegiya, Singapur Avstraliya va yana bir qator davlarlar shug’ullandilar. Elektron hukumat davlat boshqaruvida elektron hujjat almashinuvini ta’minlaydi. O‘z navbatida, elektron hujjat aylanishi bu — hujjatni skanerlab, uni elektron pochta orqali yuborish, degani emasligini yodda tutish lozim.
Elektron hukumat aholiga va korxona-tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishni osonlashtiradi. Fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning texnologik yangiliklardan xabardorligini oshiradi, davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi.
Elektron hukumat quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
•G2C (government-to-citizen) — davlatdan-fuqaroga
•G2B (government-to-business) — davlatdan-biznesga
•G2G (government-to-government) — davlatdan-davlatga
•G2E (government-to-employee) — davlatdan-xodimga
•G2F (government-to-foreign) — davlatdan-chet el fuqarolariga

O’zbekiston Respublikasida ham ushbu tizimlar barpo etish ishlari allaqachon amalga oshirildi. Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga ko’ra, u ikki o’zaro bog’langan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib topgan. Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzulmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarni amalga oshishdagi o’zaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) va tashkilotlar (G2B) bilan o’zaro ishlashini ta’minlaydigan ommaviy axborot infratuzulmasini qamrab oladi.


Shu jumladan O’zbekiston Respublikasi birinchi prizidenti I.A.Karimov 2015-yil 9-dekabrda ”Elektron hukumat to’risida”gi qonunga imzo chekdi. Mazkur Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 18-noyabrda qabul q ilingan va Senat tomonidan 2015-yil 3-dekabrda maqullangan edi [1. 2016-yil 7-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 24 yilligi munosabati bilan “O’zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Prizident Shavkat Shirziyoyev: “Birinchi Prizidentimiz tashabbusi bilan har yilga muaayyan nom berish yaxshi an’anaga aylangan. Mustaqillik asoschisi boshlab bergan bu an’anaga binoan 2017-yilni mamlakatda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilishni taklif etaman”[2]. Bu esa aholi bilan muloqotni yangi tehnologiyalar orqali amalga oshirish, davlat boshqaruvida AKT soxasini keng targib etishga qaratilgan yana bir e’tibor edi.
O’zbekiston Respublikasi Prizidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini bajarish, shuningdek elektron hukumat markaziy ma’lumotlar bazasi va axborot tizimlari komplekslari bilan integrallashtirish O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat hizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlarini ko’rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi. O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat hizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to’grisida qarori[3].Yagona interaktiv portal maqsadi va vazifalari ;
yagona portal davlat organlari tomonidan ko’rsatiladigan, shu jumladan pulli asosida ko’rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yanona nuqtasi hisoblanadi.
foydalanuvchilarga davlat organlariga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish uchun imkoniyat berish;
foydalanuvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash;
foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o'zaro hamkorligi samaradorligini oshirish;
davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvchilar uchun byurokratik to'siqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish;
«Elektron hukumat» tizimini yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ko'maklashish.
Yagona portal zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida interaktiv davlat xizmatlari olishda foydalanuvchilarning shart-sharoitlarini rivojlantirish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo'ljallangan.
Bugungi kunda ushbu portaldan foydalanish bo’yicha quyidagi statistikalar mavjud;
UMUMIY STATISTIKA



1-rasm

2-rasm

3-rasm
4-rasm
manba: https://my.gov.uz/oz/site/statistic-graph
5-rasm
manba:https://e-gov.uz/uz/infographics/elektron-hukumat-tarkibiy-qismlarining-statistik-korsatkichlari
Elektron hukumat tashkil topganiga deyarli sakkiz yil bo’lmoqda, ammo Respublikamiz aholi o’rtasida Elektron hukumat to’grisida tushunchalar va bilimlar yetarli darajada emas. Elektron hukumat haqida huquqiy bilimlar egallanishi darajasi past ko’satkichlarda, ishonchlilik darajasi ham huddi shunday statistikani ko’rsatib turibdi. 2019-yilda umumiy elektron hukumatdan foydalanuvchi aholi sonining umumiy qiymatiga nisbatan real vaqtda foydalanganlar soni 150 ming ni tashkil qilmoqda bu shuni anglatadiki umumiy foydalanishga layoqatli aholining (2019-yil 1-yanvar holatiga ko’ra 20 million 798 ming 475 kishi ) 0,72 % har bir 1000 ta aholiga 7 ta faydalanuvchi to’ri keladi. 2020-yilda foydalanuvchilar soni 285 ming kishi umumiy foydalanishga layoqatli aholining 1,32 % ni tashkil etadi[4]
Ushbu ko’rsatkichlarni 5-6 % ga oshirish uchun bir necha takliflar berib o’tamiz.
Birinchi taklif shundan iboratki, 18-24-yosh (2-rasmda ko’rsatilgan) doirasidagi ya’ni o’rta ta’lim maktabining 10-11 sinf, kasb-hunar kollejlari va akademik litsey talabalari, kasb-hunar texnikumlari talabalari va Oliy ta’lim muassasalari talabalari foydalanish ko’rsatgichini oshirish uchun maxsus 8-10 o’quv soatiga mo’ljallangan kurslarni tashkil etish, yoshlarni “Elektron hukumat” va ularni huquqiy asoslari haqda darslar joriy etish.
Ikkinchi taklif shundan iboratki, mahallabay ishlash tizimi orqali mahallalarda aholi uchun Elektron hukumat haqida, yagona interaktiv partal qulayliklari va ulardan foydalanishni targ’ib etish, maxsus ishchi guruh tashkil etib o’quv darslarni mahallalarda olib borishni taklif etamiz.
Ushbu orqali biz aholini bugungi kundagi 209 turdagi davlat hizmatlari bilan tanishtirib, ortiqcha mablag’, ortiqcha vaqt sarfini kamaytiramiz Yagona portal Odatiy tizimdan farqli Hizmatlarni amalga oshirishdagi korrupsiya holatlari oldi olinadi
Tuman hokimiyatida mahallalar bilan ishlash bo’limlarida Elektron hukumatni targ’ib etuvchi mas’ul shaxslarni o’qitib, qayta tayyorlab va mahallalarda targ’ibotishlarini olib borish uchun jalb qilish taklifini berib o’tamiz. Bunda asosiy mexanizm adliya organi va davlar xizmatlarini ko’rsatuvchi tashkilot xodimlari tomonidan yetarli bilim va ko’nikmalarni olgan mazkur mas’ul shaxslar mahallalarga borib elektron hukumat haqida tushuncha va huquqiy meyorlarni yetqazadi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling