Biznes gʻoya. Tadbirlar uchun keytering xizmatlarini tashkil etish. Bu biznesdan qancha daromad olish mumkin
Download 6.27 Kb.
|
faylar
Biznes gʻoya. Tadbirlar uchun keytering xizmatlarini tashkil etish. Bu biznesdan qancha daromad olish mumkin. Tadbirkorlikni boshlamoqchi boʻlgan insonlarning aksariyat qismida umumiy ovqatlanish yoʻnalishiga qiziqish katta boʻladi. Bir tomondan bugungi kunda restoran ochish juda qimmat va xavflidek koʻrinsa ham, mazkur yoʻnalishga boʻlgan talab har doim aktual hisoblanadi. Bozorda esa qanchalik raqobatchilar koʻp boʻlmasin, oʻz oʻrningizni topishga har doim imkon bor. Agar kattaroq kafe yoki tamaddixona ochishga mablagʻ boʻlmasa, eng yaxshi yechim bu — keytering. Xarajat va foyda Keytering kompaniyasining ishi ikki yoʻl bilan amalga oshirilishi mumkin: Oʻz oshxonasi va oshpazlariga ega shoxobcha shakli Restoran va mijozlar oʻrtasidagi vositachilik. Birinchi holda ish oshxonani jihozlash va sanitariya-epidemiologiya meʼyorlariga muvofiqligi bilan bogʻliq. Ikkinchi variant esa kichik sarmoyalar bilan biznesni boshlash niyyatidagilar uchun koʻproq mos keladi. Spot ham ikkinchi usulni koʻrib chiqadi. Loyihaga dastlabki sarmoyalar taxminan $2800 ni tashkil etadi. Sof foyda — $700 dan iborat. Keytering korxonasida kamida ikkita bino boʻlishi kerak. Asosiy talab shaharning transport tuzilmasiga yaqinligi. Ofis jihozlari uchun asbob-uskunalarni masalasida pulingizni tejashingiz mumkin, boshlanishiga buyurtmalarni restoran va kafelarning oshxonalaridan bajarib turasiz. Bu kam miqdordagi kapital bilan biznes boshlash uchun yoʻl hisoblanadi. Minimal ravishda, ushbu jihozlarni olish tavsiya etiladi: Kompyuter Printer va boshqa ofis uskunalari Telefon Xodimlar va mijozlar uchun mebel. Xaridorning buyurtma manziliga oziq-ovqat va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni oʻz vaqtida yetkazib berish uchun Sizga avtomobil kerak boʻladi. Shaxsiy avtomashina boʻlmasa, uni ijaraga olishni tavsiya etamiz. Siz transport kompaniyasi bilan xizmatlar koʻrsatish uchun doimiy shartnoma tuzishingiz mumkin. Download 6.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling