Biznes g‘oyani yaratish. Biznesni modellashtirish asoslari
Download 41.05 Kb.
|
5 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy resurslar.
Foyda formulasi. Foyda formulasi - kompaniyaning ayni vaqtda qyimatni iste’molchilarga etkazib berish orqali o‘zi uchun qay tarzda qiymat yaratayotganligini ko‘rsatib beradi. U quyidagi to‘rtta elementdan tashkil topadi:
daromad olish modeli: narx * miqdor; xarajatlar tarkibi: bevosita va bilvosita xarajatlar, ko‘lam samarasi. Xarajatlar tarkibi biznes-model uchun zarur bo‘lgan asosiy resurslarga to‘g‘ridan- to‘g‘ri bog‘liq; chegaraviy foyda modeli: xarajatlarning kutilayotgan hajmi va tarkibini bilgan holda, kutilayotgan umumiy foydaga ega bo‘lish uchun har bir qo‘shimcha mahsulot birligidan olinuvchi foyda miqdorini aniqlashimiz mumkin; Resurslarning aylanish tezligi: kutilayotgan hajmlarni saqlab qolish va kutilayotgan foyda miqdoriga ega bo‘lish uchun mavjud aktivlardan qay tezlikda foydalanish kerak. Bizning fikrimizcha, iste’molchilarga taqdim etiladigan qiymatni etkazib berish uchun zarur bo‘lgan narx dastlab belgilab olinib, o‘zgaruvchan xarajatlar va chegaraviy foyda aniqlanadigan, so‘ngra ko‘zda tutilgan foydaga ega bo‘lish uchun zarur bo‘ladigan resurslarning aylanish tezligi va ishlab chiqarish ko‘lamini aniqlashtirish eng ma’qul usul hisoblanadi. Asosiy resurslar. Personal, texnologiyalar, mahsulotlar, bino va inshootlar, asbob-uskunalar, taklif etilayotgan qiymatlarni maqsadli iste’molchilarga etkazib berish uchun zarur bo‘lgan kanallar va shu kabilar asosiy resurslar hisoblanadi.. Bu o‘rinda iste’molchilar va kompaniyalar uchun qiymat yaratadigan asosiy omillarga hamda ularning o‘zaro munosabatlariga (biznesning raqobatbardosh ustunliklarini yaratishga yordam bermaydigan turli kompaniyalar uchun keng tarqalgan umumiy resurslardan farqli ravishda) alohida e’tibor qaratiladi. Asosiy resurslarni avtomobil akkumulyatori bilan taqqoslash mumkin: tashkilot bir vaqtning o‘zida resurslarni iste’mol qiladi va ularning o‘rnini to‘ldirib boradi. Asosiy resurslar bilan kompaniyaning investitsiyalari, xususan, kapital qo‘yilmalari uzviy bog‘liqdir. Download 41.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling