Biznes g‘oyani yaratish. Biznesni modellashtirish asoslari


Download 41.05 Kb.
bet1/7
Sana05.04.2023
Hajmi41.05 Kb.
#1275638
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5 (1)


5- MAVZU.BIZNES-G’OYALR VA INNOVATSION BIZNES.
Reja:
  1. Biznes g‘oyani yaratish. Biznesni modellashtirish asoslari.


  2. M.Jonson, K.Kristensen, X.Kagerman biznes modeli. Biznes-modelni shakllantirish: A. Ostervalder yondashuvi.
  3. Biznes-modelni biznes-rejaga aylantirish.


    1. Biznes g‘oyani yaratish. Biznesni modellashtirish asoslari.

Har qanday tadbirkorlik faoliyatining mohiyati xoh biznesni tashkil etish chog‘ida bo‘lsin, xoh uni rivojlantirish pallasida bo‘lsin mavjud yoki chetdan jalb qilingan cheklangan resurslar ko‘magida ma’lum bir qiymatlar yaratish bo‘yicha yangi imkoniyatlarni izlab topishdan iboratdir. Tadbirkorlik faoliyati va innovatsion taraqqiyot asosida yangi qiymat yoki uni yaratishning yangi usuli to‘g‘risidagi ijodiy g‘oya yotadi. Biznes g‘oya iste’molchilarning salbiy hissiyotlar sifatida shakllangan va ular mazkur muammolarning echimi uchun haq
to‘lashga tayyor bo‘lgan o‘ziga xos usul va vositalardir. Real voqelik bilan iste’molchilar kutishlarining mos kelmasligini muammo sifatida tushunamiz. Bunda subyektlar ushbu nomutanosibliklarning tezda bartaraf etilishiga ehtiyoj sezadilar. Masalaning yana bir murakkabligi shundaki, individlarning nomutanosibliklarni qabul qilish darajasi turlicha va shu bilan birga u dinamik tavsifga ega bo‘lgani holda, vaqt o‘tib borishi bilan nomutanosibliklarni qabul qilish o‘zgarib boradi. Muammolarning echimi uchun haq to‘lash imkoniga ega bo‘lgan eng ko‘p sonli individlar (yoki tashkilotlar)ni qamrab oluvchi chindan ham muhim muammolarni aniqlashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Aniqlangan muammo qanchalik fundamental, uning echimi esa qanchalik oson va ishonchli bo‘lsa, biznes g‘oya shunchalik samarali bo‘ladi, ya’ni biznes g‘oyaning qaytimi shunchalik katta va keng quloch yozish darajasi ham yuqori bo‘ladi. Biznes g‘oyani amalga oshirishda muvaffaqiyatni ta’min etuvchi omillarning yana bir guruhi tadbirkorning imkoniyatlari, resurs va aktivlarining mavjudligi va shuningdek turli xil tavakalchiliklar bilan bog‘liq. Biznes g‘oyani shakllantirish - bu potentsial iste’molchilarning muhim muammolarini ijodiy hal qilish va uning tijorat salohiyatini muntazam baholash asosida qiymat yaratish g‘oyasini faol shakllantirishning murakkab jarayonidir.
Tanlab olingan biznes g‘oyani biznes- modelga aylantirish jarayoni 1- rasmda ko‘rsatib o‘tilgan.
Birinchi bosqichda tadbirkorlarning kompetentsiyalari doirasida iste’molchilarning eng muhim muammolarini izlash amalga oshiriladi. So‘ngra, 2- bosqichda, biznes g‘oya kreativ yondashuv asosida shakllantirilib, u 3-bosqichda muayyan biznes-modelgacha “o‘stiriladi” va amaliyotda ikkinchi bosqich doirasida amalga oshiriladi. Albatta, mazkur jarayonlar iterativ tavsifga ega bo‘lgani holda, olingan echimlar qanoatlantirmasa yoki yangi ma’lumotlar kelib tushgan taqdirda jarayonlar boshidan takrorlanadi.
Bugungi kunda tashqi muhit omillarining yuqori dinamikasi, tovarlar va xizmatlarning hayotlik tsiklining qisqarishi, shuningdek bozorda mustahkam o‘rin
egallashga yo‘naltirilgan uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqishga nisbatan qisqa davrlarga mo‘ljallangan samarali biznes-tuzilmalarni shakllantirishga o‘tish, zamonaviy strategik menejmentda biznes-modellashtirish mavzusining har qachongidan ko‘ra dolzarb ahamiyat kasb etishiga olib keldi. Biznes-model tushunchasiga berilayotgan ta’riflarda ketma-ketlik va aniqlikning etishmasligi doimiy chalkashliklarni keltirib chiqaradi, bu esa biznes-modellashtirish sohasida yaxlit tizimlashtirilgan tadqiqot yo‘nalishining shakllanishiga to‘sqinlik qiladi.
Umuman olganda, Derek Abella mantig‘iga asoslangan holda, biznes-modelni kompaniyaning quyidagi uchta savolga bergan javoblarining jamlanmasi sifatida talqin qilishimiz mumkin:

  1. Bizning maqsadli mijozlarimiz kimlar?

  2. Biz maqsadli iste’molchilarga qanday tovarlar (xizmatlar) ni taklif qilishimiz kerak va ular boshqalardan qanday farq qilishlari kerak?

  3. Buni maksimal samaradorlik bilan qanday amalga oshiraman?

Muayyan kompaniya nuqtai nazaridan optimal biznes-modelini yaratish uchta asosiy bosqichdan iborat. Birinchi bosqich biznesning muvaffaqiyati biznes-model haqidagi fikrlardan emas, balki haqiqiy iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlari haqidagi fikrlardan boshlanishi lozimligini anglatadi. Ikkinchi bosqich - kompaniyaning yuqorida ko‘rsatilgan imkoniyatlarni amalga oshirish orqali rejalashtirilgan daromad darajasiga qay tarzda erishishi mumkinligini tasavvur qilishga imkon beruvchi andoza ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi.Uchinchi bosqich faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarga taalluqli bo‘lgani holda, yuqoridagi ikki bosqichda shakllantirilgan vazifalarni to‘la-to‘kis amalga oshirish etish uchun mavjud modelni qay darajada o‘zgartirish lozimligini anglab etishga xizmat qiladi.

Download 41.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling