Biznes g‘oyani yaratish. Biznesni modellashtirish asoslari
Download 41.05 Kb.
|
5 (1)
Asosiy jarayonlar. Muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniyalar yaratilgan qiymatni iste’molchilarga vaqt va makonda tezkor va samarali tarzda etkazib berish imkonini beruvchi operatsion va boshqaruv jarayonlari bilan boshqalaridan ajralib turadi. Asosiy jarayonlarga o‘qitish, rivojlantirish, ishlab
chiqarish, byudjetlashtirish, rejalashtirish, sotish va xizmatlar va shuningdek, kompaniyada ishlab chiqilgan qoida va me’yorlar ham kiradi. Yuqorida sanab o‘tilgan to‘rt element har qanday biznes-modelning asosiy bloklari hisoblanadi. Iste’molchilarga taqdim etiladigan qiymat va daromad formulasi mos ravishda iste’molchilar va kompaniyalar uchun qiymatni aniqlab bersa; asosiy resurslar va asosiy jarayonlar esa ushbu qiymatning iste’molchilarga va kompaniyalarga qay tarzda etkazib berilishini izohlab beradi. Bir ko‘rinishdan sodda bo‘lib ko‘ringan ushbu modelning kuchi uning qismlarining murakkab o‘zaro bog‘liqligida namoyon bo‘ladi. To‘rtta unsurdan biridagi global o‘zgarish modelning boshqa uchta qismiga, shuningdek, umumiy holda biznes-modelning o‘ziga ham ta’sir qiladi. Mufoqqiyatli biznes u yoki bu darajada birqaror tizimlarda, uning elementlar ketma-ketlikda, bir birini to‘ldirgan holda tashkil etiladi. Biz endi bevosita biznes-modelni shakllantirish borasida so‘z yuritamiz. Bunday rasmiylashtirish usullaridan biri (“Biznes-modellarni qurish” kitobida) Aleks Ostervalder har qanday biznes-modelni to‘qqizta blokdan iborat xarita sifatida shakllantirish taklif qilinadi. Bunday shaklning afzalligi shundaki unda xar bir blokning boshqasidan alohida tahlil qilish mumkin bo‘ladi va shuningdek, xar bir komponentning o‘zgarishi qolgan komponentlarga qanday ta’sir qilishini ko‘rib chiqishga imkon beradi. Ostervalder biznes-modelni tashkilotning tashkil etish, rivojlantirish va uning muvaffaqiyatli faoliyatining asosiy tamoyillarini ta’riflash uchun zarur vosita sifatida tushuntiradi. Ostervalder modelining bloklarini to‘ldirishga urinib ko‘ramiz. Ostervalder modelining birinchi va asosiy bloki “qiymat taklifi” (value proposition) blokidir. Ushbu blokni to‘ldirganda quyidagi savollarga javob berish talab etiladi: Biznes iste’molchilarga qanday qiymatni etkazib berishi mumkin? Biznes iste’molchilarning aynan qaysi muammosi (muammolari)ni hal etishi lozim? Bozorda qanday mahsulot va xizmatlar taklif etilmoqda? Kompaniya iste’molchilarning qaysi ehtiyojlarini qondiradi? To‘ldirilishi lozim bo‘lgan ushbu maydonning asosiy tavsiflovchi jihati bo‘lib, qiymat taklifining quyidagi o‘ziga xosliklari hisoblanadi: yangilik; ish sifati; dizayn; brend; mahsulot narxi; xarajatlarni kamaytirish yoki xatarlarni kamaytirish imkoniyati; mahsulotga etishishning osonligi; qulaylik. Shuni ta’kidlash lozimki, ushbu blokda asosiy e’tibor mahsulot yoki xizmatning o‘ziga emas, balki uning iste’molchiga keltiradigan nafliligiga qaratilishi lozim. Ostervalder modelining ikkinchi bloki “Mijozlar segmenti” (customersegments) hisoblanadi.Mazkur blokni to‘ldirish uchun quyidagi savollarga javob berish muhim: Qiymat kimlar uchun yaratilayapti? Kompaniya uchun eng muhim iste’molchilar kimlar hisoblanadi? Quyidagi bozor tavsiflari ushbu maydonning asosiy tavsiflovchi jihatlari hisoblanadi: bozor o‘lchamlari (bozordagi ulush yoki mass-market); bozor qanchalik darajada segmentlanganligi; bozor qanchalik diversifikatsiyalashgan. Ushbu blokda mijozlar nafaqat jismoniy shaxslar, balki yuridik shaxslar ham bo‘lishi mumkinligini qayd etib o‘tish lozim. Biroq mazkur segmentlar uchun qiymat takliflari bir muncha farq qilishi mumkin. “Qiymat taklifi” va “xaridorlar segmenti” bloklarini to‘ldirgandan so‘ng, odatda “mijozlar bilan aloqalar” (customer relationships) blokini to‘ldirish tavsiya etiladi. Ushbu blokni to‘ldirayotganda, quyidagi savollarga javob berish tavsiya etiladi: biznes- model nuqtai nazaridan mijozlarning har bir segmenti bilan qanday munosabatda bo‘lish kerak? Kompaniya va mijozlar o‘rtasida qanday munosabatlar o‘rnatilgan? Mijozlar bilan bo‘lgan munosabat biznesning qolgan qismiga qanday ta’sir qiladi? Mijozlar bilan hozirgi munosabatlar qanday xarajatlarga tushadi? Mijozlar bilan munosabatlarning quyidagi xususiyatlari ushbu maydonning asosiy jihati hisoblanadi: Mahsulotdan foydalanishda shaxsiy qo‘llab-quvvatlash (yordam); O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish; Avtomatlashgan xizmat ko‘rsatish; Mijozlar jamoasini yaratish; Mijozlar bilan hamkorlikda ishlash (kollaboratsiya). Mijozlarga xizmat ko‘rsatish darajasi korxonaning xarajatlariga to‘g‘ridan- to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi, demak mijozlar bilan personallashtirilgan munosabatlar qanday o‘zini oqlashini baholay olish lozim. “Kanallar” bloki avvalgi blok bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi. Ushbu bo‘limda kompaniyaning asosiy mijozlar bilan hamkor-lik aloqalarini qo‘llab- quvvatlashning o‘ziga xos texnologiyalari bayon qilinadi. Mazkur blok uchun asosiy savollar quyidagilar: Qaysi kanallar orqali mijozlar bilan munosabatlar yo‘lga qo‘yiladi? Hozirda mijozlar qanday qilib topiladi? Bu kanallar bir-biriga qanday darajada bog‘langan? Qaysi kanallar eng yaxshi ishlaydi? Kanallarning qaysi biri kam xarajatli? Mijozlar bilan munosabatlar kanallari biznes bilan qay darajada integratsiyalashgan? Bu maydonning o‘ziga xos jihatlari bo‘lib, mijozlar bilan aloqa kanallarining quyidagi xususiyatlari hisoblanadi: xabardodorlik (tovar yoki xizmat to‘g‘risida mijozning xabardorlik darajasi qay tariqa oshib boradi); baholash ( mijozlar tomonidan tovar va xizmatlarning sifatini baholash imkoniyatlari qanday); xarid qilish ( mijoz biror bir mahsulot yoki xizmatni aynan qanday sotib oladi); yetkazib berish (mijozlarga qiymat qay tarzda etkaziladi); Sotuvdan keyingi xizmat (sotuvdan keyin mijozlar bilan qanday aloqalar o‘rnatiladi). Bundan tashqari, nafaqat sotish paytidagi mijozlar bilan o‘zaro munosabatlar kanallarini, balki sotishdan oldingi va keyingi xizmatlar ko‘rsatish kanallarini ham aniqlash muhimligini qayd etib o‘tishimiz lozim. Ostervalder modelining “daromad qismi”ni “Daromadlar oqimi” bloki (revenue streams) yakunlaydi. Ushbu blokda quyidagi savollarga javob berish lozim bo‘ladi: Amalda iste’molchilar aynan nima uchun haq to‘lashga tayyor? Hozirda ular nima uchun pul to‘laydilar? Hozirgi kunda ular to‘lovlarni qanday amalga oshirmoqdalar? Ular to‘lovlarni qay tarzda amalga oshirishni afzal ko‘radilar? Kompaniyaning faoliyati uchun daromadlar oqimi qay darajada muhim ahamiyatga ega? Daromad olishning asosiy imkoniyatlari quyidagilardir: aktivlarni sotish; ijara; obuna; lizing; brokerlik komissiyasi; reklama; qat’iy belgilangan narxlar (turli usullar); dinamik narx belgilash (turli usullar). Daromad olishning aniq bir mexanizmi (masalan, u naqd yoki naqdsiz hisob- kitob ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin) asosiy e’tibor qaratiladigan jihat hisoblanadi. Bu narsani kompaniyaning mijozlar bilan munosabatlarni o‘rnatishida, albatta e’tiborga olish kerak. Endilikda Ostervalder modelining chap (sarf-xarajatlar) qismini to‘ldirishga o‘tamiz. Birinchi blok “asosiy resurslar” (key resources) blokidir. Ushbu blokda kompaniyaning faoliyati uchun zarur bo‘lgan resurslar to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi. Blokning asosiy savollari quyidagilar: Kompaniyaning qiymat taklifi qanday muhim resurslarni talab qiladi? Muvaffaqiyatli distributsiya uchun qanday resurslar kerak? Mijozlar bilan munosabatlarni doimiy darajada ushlab turish uchun qanday resurslar kerak? Daromad olish uchun qanday resurslar kerak? Ushbu maydonning asosiy xususiyatlarini quyidagi resurslar tipi belgilab beradi: moddiy resurslar; nomoddiy aktivlar; inson resurslari; moliyaviy resurslar. Ushbu maydonning muhim xususiyati - inson resurslariga bo‘lgan ehtiyojdir. Bu o‘rinda faqatgina, inson resurslarining miqdori emas, balki asosiy xodimlarning o‘ziga xos tavsiflarini ham tushunib olish muhim ahamiyat kasb etadi. Ostervalder modeli xarajatlar qismining keyingi bo‘lagi “Asosiy faoliyat turlari” (key activities) blokidir. Ushbu blokda kompaniyaning asosiy biznes- jarayonlari bayon qilinadi. Ushbu blokni to‘ldirayotganda, quyidagi savollarga javob berish talab etiladi: Kompaniyaning qiymat taklifi qaysi asosiy faoliyat turlarini talab qiladi? Qaysi asosiy faoliyat turlari distributsiya kanallarini yaratishni taqozo qiladi? Qaysi faoliyat turlari xaridorlar bilan munosabatlarga kirishishni talab qiladi? Qaysi asosiy faoliyat turlari evaziga mijozlardan keluvchi daromadlar oqimi ko‘payadi? Faoliyat turlarining asosiy toifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarish faoliyati; muammolarni hal etishga qaratilgan faoliyat turlari; mijozlar jamoasini shakllantirishga qaratilgan faoliyat turlari. Biznes-jarayonlar faqat ishlab chiqarish jarayonlari bilan chegaralan-masligini tushunish muhimdir. Mijozlar bilan aloqalar o‘rnatishning marketing va shu kabi boshqa usullariga ham e’tibor qaratish lozim. Ostervalder modelining “Asosiy hamkorlar” (key partners) blokida kompaniya faoliyatini amalga oshirishda ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi va faol hamkorlik qiluvchi biznes-hamkorlar bayon qilinadi. Blokning asosiy savollari quyidagilar hisoblanadi: Kompaniyaning asosiy hamkorlari kimlar? Kompaniyaning asosiy ta’minotchilari kimlar? Kompaniya hamkorlardan qaysi asosiy resurslarni sotib oladi? Kompaniyaning hamkorlari tomonidan amalga oshiriladigan asosiy faoliyat turlari nimalardan iborat? Hamkorlarni rag‘batlantirishning asosiy yo‘llari quyidagilardan iborat: Hamkorlikni optimallashtirish va xarajatlarni kamaytirish; Hamkorlikda yuzaga keluvchi xatarlarni pasaytirish; Aniq resurslarni xarid qilish. Hamkorlar bilan aloqalar, ulardan faqatgina, resurslarni xarid qilishdan iborat emas. Bunday munosabatlar uzoq muddatli hamkorlik asosni tashkil etadigan yaxshi tuzilgan biznes-jarayonlarni talab qiladi “Xarajatlar tarkibi” blogi Ostervalder modeli sarf-xarajatlar qismining so‘nggi bo‘lagi hisoblanadi. Ushbu blokda kompaniyaning faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni tavsiflaydi. Quyidagilar blokning asosiy savollari hisoblanadi: Kompaniyaning biznesidagi eng muhim xarajatlar qaysilar? Qaysi resurslar ko‘p xarajat talab qiladi? Qaysi faoliyat turlarini amalga oshirish kompaniyaga nisbatan ko‘p xarajatli hisoblanadi? Xarajatlarning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi: 1) doimiy xarajatlar; 2) o‘zgaruvchan xarajatlar; 3) ko‘lam bo‘yicha tejaj imkoniyati. Bundan tashqari, xarajatlarni tejash va ularni optimallashtirish yoki mijozlar uchun taklif narxini oshirish yo‘li bilan biznes imkoniyatlarini kengaytirish imkoni mavjudligini ham muhim ahamiyat kasb etadi. Download 41.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling