Biznes g‘oyani yaratish. Biznesni modellashtirish asoslari


M.Jonson, K.Kristensen, X.Kagerman biznes modeli. Biznes modelni shakllantirish: A. Ostervalder yondashuvi


Download 41.05 Kb.
bet3/7
Sana05.04.2023
Hajmi41.05 Kb.
#1275638
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5 (1)

2. M.Jonson, K.Kristensen, X.Kagerman biznes modeli. Biznes modelni shakllantirish: A. Ostervalder yondashuvi.


Biznes-modelni tanlash mexanizmini tushungan holda, kompaniya biznes- modelinin asosiy elementlarini yoki bloklarini ham tushunib olishimiz talab etiladi. Ushbu maqsadlar uchun, Mark Jonson, KleyKristensen va Xenning Kagermann (Johnson et.al.,2008) tomonidan taklif qilingan biznes-model ta’rifidan foydalanamiz, chunki bu ta’rif bizning fikrimizcha, eng to‘g‘ri, aniq va tartibli tuzilishga asoslangan hisoblanadi. Shu tariqa, biznes-model birgalikda iste’molchilarga qiymat yaratadigan va etkazib beradigan to‘rtta o‘zaro bog‘liq element yoki sub-modellardan tashkil topadi:

  1. iste’molchilarga taklif qilinayotgan qiymat (customer value preposition);

  2. foyda formulasi (profit formula);

  3. asosiy resurslar (key resources);

  4. asosiy jarayonlar (key processes)

Iste’molchilarga taklif qilingan qiymat. Muvaffaqiyatli kompaniya - bu iste’molchilar xoxlayotgan kerakli qiymatni yaratish yo‘lini topa olgan kompaniyadir. Iste’mol uchun qiymat qanchalik darajada muhim bo‘lsa, uni qondirish uchun joriy taklif sifati shuncha past bo‘ladi. Nisbatan mavjud alternativalar sharoitida iste’molchilar uchun siz taqdim etayotgan taklifingiz qanchalik yaxshi bo‘lsa u holda sizning iste’molchilar uchun taklifingiz qiymati ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
Iste’molchilarga taklif qilingan qiymat uch asosiy tamoyilga asoslanadi:

  1. qiymat mahsulot, moddiy yoki nomoddiy ne’mat ko‘rinishida aks etgan bo‘lishi lozim

  2. qiymat fokus-guruhdan farqli o‘laroq, iqtisodiy obbyekt tomonidan qabul qilinishi kerak;

  3. qiymat kompaniya va iqtisodiy obbyekt o‘rtasidagi iqtisodiy bitim orqali amalga oshirilishi lozim.

Aynan iste’molchilarga taqdim etiladigan qiymat biznes-modelning muhim elementi hisoblanadi. U firmalarning tashqi iqtisodiy agentlarga yo‘naltirilgan qiymat taklifini batafsil tushuntirib beradi.

Download 41.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling