Biznes hujjatlarini yuritish
-mavzu. Biznesda tashkiliy-farmoyish hujjatlar
Download 94.92 Kb.
|
BIZNES HUJJATLARINI YURITISH ТСОМ (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
4-mavzu. Biznesda tashkiliy-farmoyish hujjatlar
Reja Tashkiliy hujjatlar haqida tushuncha va ularga oid hujjatlar. Buyruqlarning tayyorlanishi va ularning turlari. Farmoyish va ko’rsatma haqida tushuncha. Tayanch iboralar: Hujjat, farmoyish, qo’rsatma, korxona, buyruq, mexnat samaradorligi, zamonaviy mutaxassis, noilmiy yondashish, bozor mexanizmi. 1. Tashkiliy hujjatlar haqida tushuncha va ularga oid hujjatlar Iqtisodiyotni boshqarishda tashkiliy-farmoyish hujjatlarining axamiyati kattadir. Har qanday firma yoki korxonani boshqarishda tashkiliy farmoyish hujjatlaridan to’liq foydalanadi. Tashkiliy hujjatlarga nizom, ustav, majlis bayoni, shartnoma kiradi. Nizom bu korxona yoki uning tarkibiy bo’linmalarining tuzilishi, xuquqi vazifalari, burchlari, ishni qanday tashkil qilish tarkibini belgilaydigan xuquqiy hujjatdir. Nizom ayrim mansabdor shaxslarga va turli tadbirlarga (ko’riq, musobaqa va boshqalarga nisbatan xam tuzilishi mumkin) ko’pincha nnzom korxonalarni ta’sis etish va tashkil topish paytida tuziladi va kuqori tashkilotlar farmoyishi bilan tasdiqlanadi. Korxonalarning tarkibiy qismlari ularning raxbarlari tomonidan tuziladi va korxona raxbari farmoyishi bilan yoki tasdiqlash ustxati (viza) qo’yish bilan kuchga kiradi. Yo’riqnoma bu qonun yoki boshqa normativ, xuquqiy hujjatlarni tushuntirnsh maksadida chiqariladigan xuquqiy hujjatdir.Korxona mansabdor shaxs va fuqarolarninig tashkiliy, ilmiy, texnikaviy, moliyaviy va boshqa maxsus faoliyat tomonlari xususida tartib-qoida o’rnatish maksadida davlat boshqaruv organlari tomonidan chiqariladi, yoki rahbar tomonidan tasdiqlanadi. .Yo’riqnoma matni bo’limlardan tarkib topadi. Bo’limlar modda va bandlarga bo’linishi mumkin, yo’riqnoma odatda “Umumiy qoida” deb ham yuritiladi, unda yo’riqnomaning maksadi ochib beriladi, rioya qilish qoidasi, farmoyish tarkibi va umumiy boshqa masalalar ko’riladi. Matnning asosiy qismi aniq ko’rsatma beruvchi xususiyatga ega bo’ladi, bunda "lozim", "kerak", "zarur", "yo’l qo’yilmaydi", "mumkin emas" kabi so’zlar qo’llaniladi. Yo’riqnomalar ichida xodimning lavozim yo’riqnomasi aloxida o’rin egallaydi. Unda umumiy qism xodimning vazifalari, burchlari, xuquqlari, boshqa xodimlar bilan munosabatlari ishni baxolash mezoni va xodim mas’uliyati ko’rsatiladi. Lavozim yo’riqnomasini xodimning bevosita raxbari ishlab chiqadi, so’ngra bo’lim mudiri yoki korxona raxbari tasdiqlaydi. Download 94.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling