Biznes huquqi fan sillabusi


Download 45.58 Kb.
bet2/11
Sana26.03.2023
Hajmi45.58 Kb.
#1297882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4 BIZNES HUQUQI 30 42

II. Fanning maqsadi
Fanning maqsadi talabalarga tadbirkorlik (biznes) huquqiga oid asosiy manbalar va institutlar haqida maʼlumot berish hisoblanadi.
Fanning asosiy maqsadi talabalarga biznes huquqiga oid quyidagi nazariy bilimlar va amaliy koʼnikmalarni shakllantirish hisoblanadi:

• Biznes huquqi boʼyicha talabalarda fundamental bilimlarni shakllantirish;


• yuridik hujjatlarni (taʼsis hujjatlari, shartnomalar, bayonnomalar, daʼvolar va boshqa) tuzish koʼnikmasini shakllantirish;
• muammoli vaziyatli vazifalarga qonunchilik hujjatlarni aniqlash va qoʼllash koʼnikmasini shakllantirish;
• mantiqiy savollarga yuridik asoslangan javob berish koʼnikmasini shakllantirish;
• Biznes huquqining huquqiy masalalari boʼyicha tadbirkorlarga maslahatlar berish koʼnikmasini shakllantirish;
• talabalarga mustaqil taʼlim orqali bilim olishga koʼmaklashish


III. Ta’lim berish natijalari
Fan oxirida talabalar quyidagilar boʼyicha bilim va koʼnikmalarga ega boʼladilar:
• Biznes huquqi sohasida nazariy asoslarni hamda normativ-huquqiy hujjatlar bazasining asoslarini bilishi;
• Biznes huquqi boʼyicha muammoli savollarni aniqlashi;
• normativ-huquqiy hujjatlarni aniqlash, qidirish, sharhlashi va muammoli vaziyatlarga qoʼllashi;
• tadbirkorlik subʼektlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazishi, shartnoma va daʼvo ishlarini hal etishi;
• olingan bilimlardan real hayotda qoʼllash, masalan, tadbirkorlar faoliyatidagi huquqiy nizolarni hal qilishda qatnashish;
• Biznes huquqining oʼziga xos atamalari va manbalaridan foydalanish;
• ogʼzaki nutq qobiliyati va ritorika;
Biznes huquqi qonunchiligi va huquqni qoʼllash amaliyotini takomillashtirish masalalarini tahlil qilish koʼnikmasiga ega boʼlishi lozim.
Quyidagi qobiliyatlarni egallaydilar:
• axborot bilan ishlash (turli manbalardan ilmiy va kasbiy vazifalarni bajarish uchun zarur boʼlgan maʼlumotlarni izlash, baholash va foydalanish, shu bilan birga tizimli yondoshuv);
• muammoning eng samarali va maqbul huquqiy yechimini topish, muammoga hamda mijozga yoʼnaltirilgan yondashuvlarni rivojlantirish;
• yuridik, qiyosiy va boshqa oʼziga xos metoddan foydalangan holda, tegishli huquqqa oid maʼlumotni izlash, tahlil qilish va ishlash;
• professional sohada yuzaga keladigan huquqiy muammolar va vaziyatlarni tavsiflay bilish.

Download 45.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling