Nomulkiy huquqiy munosabatlar-xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻz faoliyatlarida foydalanadigan nomoddiy nematlar, xususan, firma nomi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi, tovar ishlab chiqarilgan joy nomi, tijorat siridan foydalanishda, shuningdek ishchanlik obroʻsini himoya qilish kabi jarayonlarda vujudga keladigan munosabatlar hisoblanadi. - Nomulkiy huquqiy munosabatlar-xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻz faoliyatlarida foydalanadigan nomoddiy nematlar, xususan, firma nomi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi, tovar ishlab chiqarilgan joy nomi, tijorat siridan foydalanishda, shuningdek ishchanlik obroʻsini himoya qilish kabi jarayonlarda vujudga keladigan munosabatlar hisoblanadi.
- Mutloq ashyoviy huquqiy munosabat-obyekti ashyo hisoblanib, bu tarzdagi munosabatlar uchun xarakterli xususiyat shundan iboratki, subyekt qonun yoʻl qoʻygan asoslarda oʻzining mulkka boʻlgan huquqini, yaʼni egalik, foydalanish va tasarruf etish boʻyicha xulq-atvorini belgilovchi harakatni amalga oshiradi.
- Nisbiy huquqiy munosabatlar: bunda ikki yoki undan ortiq shaxslar oʻzaro huquq va majburiyat sohiblari boʻladi. Bu yerda biz kreditor va qarzdor oʻrtasidagi majburiyatda nisbiy munosabatlarni koʻramiz, ammo har doim ham nisbiy huquqiy munosabatlar majburiyat huquqiy munosabatlari shaklida boʻlmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |