Biznes infratuzilmasi
BIZNESDA REKLAMA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
Download 117.85 Kb.
|
BIZNEGA KIRISH 8-TALIK MAVZU
BIZNESDA REKLAMA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
Reklama (lotincha "reklamo" — qichqirmoq) — tovarlarning sifati, ularni sotib olishdan koʻriladigan naf haqidagi axborot; bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulot toʻgʻrisida tarqatiladigan maxsus axborot. Reklama marketingnnng tarkibiy qismi hisoblanib, talab va isteʼmolchilar didining shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi. Reklama korxona imijini yaratish (uzoq davrli taʼsir koʻrsatish), joriy sotish hajmini koʻpaytirish (qisqa davrli taʼsir koʻrsatish), haridorlarga nima sotib olishni va uni nima uchun sotib olish zarurligini hal qilishda yordamlashish va boshqa maqsadlarda olib boriladi. Reklamaning asosiy vazifasi — xaridorni qiziqtirish, mijoz xaridorlarni yoʻqotmaslik va ularni kengaytirishga qaratiladi. Reklamaning paydo boʻlish tarixi juda qadimiy, Yunoniston va Qadimgi Rimda ogʻzaki va yozma Reklama, hatto tovar belgisi qoʻyib tamgʻalash yoʻli bilan tovarlar reklama qilinganligi haqida maʼlumotlar bor. Hozirgi shakldagi reklama ilk marta AQShda paydo boʻlgan. Bu yerda XIX asrning 2-yarmida birinchi reklama agentliklari faoliyat koʻrsatgan va reklama katta daromad keltira boshlagan. Dastlab yozma reklama haridorlarni magazin va unda sotiladigan tovarlardan xabardor qilish vazifasini bajargan. Bu ish taxtalavha yozish va vitrinalar tashkil etish orqali amalga oshirilgan. Keyinchalik reklama potensial haridorga nashrlar orqali murojaat shakliga aylandi — afishalar, kitoblar, jurnallar, gazetalarda axborotreklama eʼlonlari paydo boʻldi. reklama ishiga ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televideniye, kino) jalb etildi. Reklama bir necha vazifani bajaradi: 1) tovarlar va xizmatlar isteʼmolchilarini xabardor qilish, maʼlumot berish vazifasi — reklama eʼlonlarida tovar va xizmatlarning sifati, ishonchliligi, ularni qoʻllash sohalari, ishlab chiqaruvchilari va sotib olish yoʻllari haqida maʼlumot beriladi; 2) ishontiruvchi reklama — mavjud tovarga isteʼmolchi va haridorlarlarning moyilligini oshirishga xizmat qiladi; 3)eslatuvchi reklama — mavjud, ammo bir qadar unutilgan talabni, haridorlarning oʻzlari uchun maʼlum boʻlgan tovarlarga munosabatni kengaytirishda muhim oʻrinda turadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti, erkin raqobat sharoitida marketing birinchio`ringa chiqib qoladi. Chunki marketing tovarning ishlab chiqaruvidaniste’molgacha bo`lgan yo`lini belgilab beradigan jarayondir. U mahsulotni ishlabchiqarish va sotishning kompleks tizimi bo`lib, xaridorning talab va ehtiyojini hartomonlama o`rganishga asoslanadi. Bu jarayon o`zgarib turadigan bozorgamoslashib borish tizimi bo`lib hisoblanadi. Ishlab chiqarish va umuman xo`jalikyuritishga marketing nuqtai nazaridan yondashish xaridorga ta’sir qilishning kengjabhalarini o`z ichiga oladi. Marketing bo`limiga qolgan barcha bo`limlarni o`zarobog`lovchisi, ishlab chiqarishning boshida turuvchi asosiy bo`g`in sifatida qaralishilozim. Ularning birgalikdagi hamkorligi natijasida bozor tadqiq qilinadi,korxonaning biznes sohasidagi yangi imkoniyatlari izlanadi, marketing strategiyasiva taktikasi yaratiladi, reklama va tovarlar harakati bo`yicha aniq chora-tadbirlarishlab chiqiladi, baholar o`rnatish amalga oshiriladi, rejalar yaratiladi va uningbajarilishi ustidan nazorat olib boriladi. Marketingning eng asosiy vazifalaridanbiri kafolatlangan yuqori sifatli, xaridor talabiga javob beradigan raqobatbardoshmahsulot ishlab chiqarishni va sotishni tashkil qilish hamda yo`lga qo`yishdir.Bu o`rinda iqtisodiyotni boshqarishda marketing unsurlaridan biri reklamaningo`rni beqiyosdir. Yaxshi tashkil etilgan reklama bozor talabini oldindan ko`ra bilishva bozor sharoitida xaridorlar oqimini boshqara olish imkonini beradi. Reklamabiror korxona, mahsulot, xizmat turi, ijtimoiy faoliyatning biror turiniommalashtirish maqsadida qilingan ishdir. Shu maqsadda reklama o`sha korxonayoki ijtimoiy faoliyatning biror-bir mahsulotiga yoki xizmat turiga kengjamoatchilikning e’tiborini jalb etadi.Har bir korxona va tashkilot mahsulotining turi, uning taniqlililik darajasidan kelibchiqib o`z reklama dasturini ishlab chiqadi. Reklama byudjetini ishlab chiqishningturli usullarining hech birini umumiy deb tan olish va ular reklama xarajatlarininganiq va yagona hisob-kitobi darajasini kafolatlaydi deb ishonish mumkin emas Download 117.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling