Biznes infratuzilmasi
BOSHQARISHNING TARKIBIY TUZILISHI
Download 117.85 Kb.
|
BIZNEGA KIRISH 8-TALIK MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-chizma. Boshqarish tarkibining tashkiliy turlari.
BOSHQARISHNING TARKIBIY TUZILISHI
«Struktura» (tarkib) lotincha so’z bo’lib, narsalar tarkibiy qismlarining o’zaro boғliq ravishda joylashishi, tuzilishini bildiradi. Boshqarish tarkibi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funktsiyalarni bajaruvchi bir-biri bilan boғlangan turli boshqaruv organlari va bo’ғinlarining majmui tushuniladi. Boshqarishning u yoki bu vazifalarini xal kilish uchun muayyan organlar tuziladi. Boshqarish organlari tizimi, quyi organlarning yukori organlarga bo’ysunishi va ular o’rtasidagi o’zaro aloqa boshqarish tarkibi tushunchasini tashkil qiladi. Bunday tarkib odatda «boshqaruv apparati tarkibi» deb yuritiladi. U biror–bir boshqaruv organining (vazirlikning boshqaruv apparati, korxonaning boshqaruv apparati va x.k.) bo’limlari tarkibini bildiradi. Boshqarish tarkibi ishlab chiqarish tarkibi bilan ham ifodalanadi. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni bo’lib hisoblanadi. Shunday qilib boshqarishning maqsadlari, funktsiyalari, vazifalari, obektlari va organlari uning tashkiliy tarkibini belgilab beradi. Boshqarishning quyidagi asosiy tashkiliy tarkiblari mavjud. (1-chizma). Boshқarish tarkiblarining tashkiliy turlari Dastur-li maq-sadli tarkib Chiziqli funk-tsiolnal tarkib Funk-tsional tarkib Chiziқli shtabli tarkib Chiziqli (pog’ona-li) tarkib 1-chizma. Boshqarish tarkibining tashkiliy turlari. Tashkiliy tarkiblarni xosil qiladigan boshqarish organlari boshqaruv bo’g’inlari va boshqaruv bosqichlari shaklida bo’ladi. Boshqarish bo’ғini – bu boshqarishning ayrim yoki qator funktsiyalarini bajaruvchi mustaqil tarkibiy bo’limlaridir. Boshqarish bosqichi – bu ierarxiyaning muayyan darajasida amal qiladigan bo’gindir. Masalan: Vazirlik birlashma korxona tsex uchastka Download 117.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling