Biznes infratuzilmasi


Download 64.5 Kb.
bet1/5
Sana03.11.2023
Hajmi64.5 Kb.
#1742565
  1   2   3   4   5
Bog'liq
BIZNES INFRATUZILMASI


BIZNES INFRATUZILMASI


REJA:
1. Biznes infratuzilmasi
2. Kichik biznes infratuzilmasi xususiyatlari, zarurligi.
3.Kichik korxonalarining infratuzilma obektlari bilan taminlanganlik darajasi.


1. Biznes infratuzilmasi
Kichik biznesni taraqqiyoti uning infratuzilmasini qay darajada rivojlanganiga bog‘liq. Bozor isloxatlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish xususida to‘xtalib, erkin tadbirkorlik uchun kafolatlarni ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, bozor infratuzilmasini shakllantirish yo‘lidagi mavjud g‘ov to‘siqlarni bartaraf etish zarur Ma’lumki, hozirgi vaqtda qishloqlarimizda an’anaviy maishiy xizmatlar bilan bir qatorda zamonaviy telekommunikatsiya tizimlari, xususan, internet, uyali aloqa, ya’ni mobil telefon aloqasi, kompyuterda turli xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga oladigan yangi servis shoxobchalari jadal rivojlanmoqda

Infratuzilma muassasalarining maqsadi: axborot, maslaxat, o‘qitish, bashorat taxlil, ilmiy-texnika, moliyaviy (kredit resurslari) xizmatlar bilan ta’minlash orqali kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun ijobiy shart-sharoit yaratish va amalga oshirishdan iborat.

Kichik biznesni rivojlantirishda bozor infratuzilmasi, ya’ni infratuzilma muassasalari kichik biznes subyektlarining tovar va xizmatlar bozori, pul bozori, mexnat resurslari bozori, kapital bozori, shuningdek, bank tizimi, nobank moliyaviy institutlar tizimi, ulgurji vositachilik tuzilmalari, konsalting va auditorlik xizmatlari bozori, mexnat birjalari va boshqa qancha muassasalar bilan bo‘ladigan o‘zaro aloqalarini ta’minlaydi, buni chizmada ko‘rishimiz mumkin. Hozir bozor infratuzilmasini yanada rivojlantirish zarurati bor, chunki bu siz bozor iqtisodiyoti ishlab keta olmaydi. Bozor infratuzilmasi bozorning barcha turlariga, chunonchi, tovar bozori, moliya bozori va mehnat bozoriga xizmat ko‘rsatadi.Bozor infratuzilmasini birdaniga yaratib bo‘lmaydi. U ancha uzoq davom etadigan murakkab jarayon bo‘lib, yuksak mahoratga ega malakali kadrlar, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar ham, xo‘jalik faoliyatining yangi sharoitlariga ruxan moslashishini talab etadi.


2. Kichik biznes infratuzilmasi xususiyatlari, zarurligi.


Bozor infratuzilmasi deganda, bozor iqtisodiyoti uchun xizmat ko‘rsatuvchi har xil sohalar tushuniladi va ular jumlasiga tijorat banklari, birjalar, auksionlar, savdo uylari, tashqi savdo firmalari, davlatning tashqi savdo mahkamalari, bojxonalar, soliq, idoralari, tijorat va soxibkorlik idoralari, savdo-sotiq, uyushmalari, vositachi firmalar, konsernlar, konsorsiumlar va boshqalar kiradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bozor infratuzilmasi umumiy iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq, barcha jabhalarni qamrab oladi.



Biznеs-maktab – tadbirkorlar, kichik korxonalarning rahbarlari, kichik korxonalar uchun mutaxassislar, ishsizlar, o‘z ishini ochmoqchi bo‘lgan bosha fuqarolar, kichik tadbirkorlikning rivojlanishi uchun mas'ul xizmatchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiruvchi tuzilma.




Download 64.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling