Biznes jarayonlarini loyihalashning dolzarb masalalari
Oriental Renaissance: Innovative
Download 98.35 Kb. Pdf ko'rish
|
biznes-jarayonlarini-loyihalashning-dolzarb-masalalari
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(5), May, 2023 455 Yana bir manbada biznes jarayoni toʻgʻrisida quyidagi fikrini bildirilgan “Biznes-jarayon — bu sizning tashkilotingizdagi odamlar aniq maqsadga erishish uchun amalga oshiradigan bir qator qadamlardir. Ushbu qadamlar koʻp marta takrorlanadi, koʻpincha koʻp odamlar va odatda standartlashtirilgan tarzda. Deyarli har qanday narsa — taʼtilga chiqish huquqini berishdan tortib, tibbiy xodimlar shoshilinch tibbiy yordam xonasida amalga oshiradigan tartibni baholashga qadar — bu ish jarayoniga aylanadi” [5]. Mahalliy olimlarimizdan Shodiyev T.Sh va boshqalar muallifligidagi “Biznes- jarayonlarini modellashtirish” nomli oʻquv qoʻllanmasida quyidagicha tarif berilgan: “Biznеs-jarayonlari korxonada bajariladigan har bir jarayonni mantiqiy kеtma- kеtlikda bajarish sxеmasini tashkil etadi. Zamonaviy korxonalarda biznеsni rivojlantirish hamda raqobatga bardosh bеrish uchun turli xil usullar va vositalardan foydalaniladi. Maʼlum vaqt davomida foydalanib kеlinayotgan biznеs-modеllarni oʻzgartirish, muhitga moslashtirish, yangi modеlni ishlab chiqish yoki boʻlmasa, mavjudlarini takomillashtirish talab etiladi” [6]. Yuqoridagilarga asoslanib quyidagilarni xulosa qilish mumkin: Biznes jarayonlari har qanday sohada biznes samaradorligini sezilarli darajada oshirishiga qaratilgan [7]. Biznes-jarayon korxonadagi jarayonlarga tashqaridan qarash, jarayondagi toʻsiq va zaif tomonlarni koʻrish va jarayonni takomillashtirish, kerak boʻlganda uni optimallashtirish uchun noyob vositadir [8], [9]. Biznes jarayonini tavsiflash texnologiyasi har bir biznes operatsiyasining shaffofligi va tushunarliligini taʼminlashga imkon beradi, ishning maʼlum bir bosqichida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan turli xil nosozliklar natijalarini tahlil qilishga, shuningdek xatolarni oʻz vaqtida aniqlashga va ularni tuzatishga yordam beradi [10], [11]. Biznes-jarayonning asosiy xususiyati shundaki, u oʻzaro bogʻliq va cheklangan muayyan harakatlar toʻplami boʻlib, u umumiy manfaatlarni qondirish va isteʼmol qilingan yakuniy aniq natijani olish uchun tizimga birlashtirilgan subyektlar va obyektlarning cheklangan toʻplami ichidagi munosabatlar, cheklovlar, resurslar va motivlar bilan belgilanadi. Download 98.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling