Biznes kommunikatsiya loyiha ishi Tayyorladi: Abdullayev Baxromjon Amazon kompaniyasi haqida
Download 46.19 Kb.
|
fugA36yy6NiIiEzle1sTV8fRHrqoP98u
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Keyinchalik
Biznes kommunikatsiya loyiha ishi Tayyorladi: Abdullayev Baxromjon Amazon kompaniyasi haqida. Ahmoqona qarori uni dunyoning eng boy odamiga aylantirdi. Jeff Bezos va «Amazon» tarixi. Bir kunda 4 milliondan ortiq buyurtma va 350 million turdagi gajetlar, kiyimlar, maishiy texnika va tasavvur qilish mumkin bo‘lgan boshqa narsalar. Bularning barchasi dunyodagi eng katta savdo maydoni — «Amazon»da. 2014-yildan buyon «Amazon»ning narxi deyarli ikki barobarga oshdi: 180 millard dollardan 350 millard dollarga yetdi, uning asoschisi Jeff Bezos esa dunyoning eng badavlat kishilaridan biriga aylandi. «Bloomberg»ga ishonadigan bo‘lsak, uning boyligi 2017-yil oxirlarida 99,6 milliard dollarga yetgan (ikkinchi o‘rinni esa «Microsoft» asoschisi Bill Geyts 91,3 milliard dollar bilan egalladi). Bundan 22 yil oldin «Microsoft» o‘zining mashhurlik cho‘qqisiga chiqqan edi, biroq «Amazon» haqida bunday bo‘lishini hech kim o‘ylamagan ham. Kompaniyaning hatto nomi ham yo‘q edi, Bezos esa eski eshik taxtasidan yasalgan stol qarshisida o‘tirganicha, kimdir kitoblarini sotib olishini umid qilardi... «Keyinchalik afsuslanmaslik uchun» «Haqiqatda ozod bo‘lish uchun, ozgina ahmoq bo‘lish kerak», deyishadi. Jeff Bezos buni o‘z misolida isbotlab bergan. U Uoll-Stritda hamda Nyu-Yorkdagi yetakchi fondlardan birida vitse-prezident bo‘lib ishlagan. Uning o‘z uyi, hisobida bir necha yuz ming dollari bo‘lgan. Hatto u baland bo‘yli qorasoch qizga ham uylangan. Boshliqlari hurmat qilgan va raqib kompaniyalar uni ishga chorlagan. Biroq Bezosga bularning barchasi kamlik qildi. Xizmatda Bezos internet-biznes bo‘limiga — 90-yillardagi yangi yo‘nalish bo‘lib, AQShda endi rivojlana boshlagan yo‘nalishga javobgar bo‘lgan. U yo‘q joydan paydo bo‘lib, o‘n minglab mijozlarga ega bo‘lgan kompaniyalarni ko‘rib-bilib yurardi. Jeff buni o‘z rahbari bilan muhokama qiladi va ular yaqin kelajakda mutlaq barcha narsa sotiladigan hamda har qanday tovarni to‘g‘ri xaridorning uyiga yetkazib beruvchi internet-do‘konlar paydo bo‘ladi, degan xulosaga keladi. Bezos buni qanchalik ko‘p o‘ylasa, shunchalik ushbu g‘oya unga yoqa borgan. «Bu ishni men bajarmasam, boshqa birortasi amalga oshiradi», — shunday deya Jeff Bezos kunlarning birida ishxonasidan bosh olib ketdi. Ishdan bo‘shagan Jeff rafiqasi bilan Sietlga ko‘chib keldi va o‘z sayti konsepsiyasini ishlab chiqa boshladi. Unga intervyulardan birida bunday ahmoqona qadamni qo‘yishga nima majburlagani haqida savol berishganida, Bezos shunday javob qaytargandi: «Agar sinab ko‘rmasam, butun umr afsuslanib yurishimni bilardim». Download 46.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling