Biznes kommunikatsiya loyiha ishi Tayyorladi: Abdullayev Baxromjon Amazon kompaniyasi haqida
Download 46.19 Kb.
|
fugA36yy6NiIiEzle1sTV8fRHrqoP98u
Ismi bor epopeya
Jeff Bezosda har qanday mahsulotni sotishga mo‘ljallangan do‘konni ochish g‘oyasi bo‘lgan. Uni amalga oshirishda esa odatdagi to‘siqlar yuzagan keldi: cheklangan budjet, bozorni yaxshi tushunmaslik va sarmoyadorlarning yo‘qligi. Birinchi haftadayoq bankrotlikka uchramaslik uchun Bezos ishni oddiy usulda boshlashga qaror qildi. Internet orqali yaxshi sotilishi lozim bo‘lgan tovarlarni 20 guruhga bo‘lib chiqdi. Unga kompyuter dasturlari, filmlar, musiqalar, ofis anjomlari va boshqa mahsulotlar kirardi. Ammo birlamchi mahsulot sifatida kitoblar yaxshi sotilgan — ular yengil va yetkazib berish oson. Axir uni kim sotib olayotganining ahamiyati yo‘q, buning ustiga internetdagi tanlov oddiy kitob do‘konidagiga nisbatan ko‘proq. 1994 yilda Jeff Bezos Sietlda «Kadabra» kompaniyasini ro‘yxatdan o‘tkazib, kitob sotishni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘ldi. Biroq ishlari yurishmadi: kompaniya nomi talaffuz qilinganida cadaver so‘zini («o‘lik tana») eslatib yuborgan. Ikkinchi variant esa «Relentless» («shafqatsiz») bo‘lgan, biroq biznesmenning do‘stlari ushbu nom ham juda qo‘rqinchli ekanligini aytgan. «Relentless.com» manzili hamon Bezosning nomiga rasmiylashtirilgan va ushbu manzilni tersangiz sizni «Amazon.com» saytiga yo‘naltirib yuboradi. Jeff yaxshiroq nom topish ilinjida Oksford lug‘atini varaqlab chiqadi va «Amazonka» so‘ziga duch keladi. Bu dunyodagi eng katta daryo (Bezos ham o‘z do‘konini dunyoda eng kattasi bo‘lishini niyat qilgan), shuningdek, «A» harfidan boshlanadi (u vaqtlarda «Google» bo‘lmagan va foydalanuvchilar yangi saytlarni onlayn-kataloglar orqali qidirgan) — barchasi bitta suratda mujassam. «Amazon.com» 1994-yilning noyabrida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va tarmoqda 1995-yilda paydo bo‘ladi. “ Biznes-g‘oyamizda o‘ziga xos hech nima yo‘q. Bularning barachasi ko‘chirilgan bo‘lishi mumkin. Ammo bilasizmi «McDonalds»dan ham boshqalar ko‘chiradi, ammo u baribir yetakchi. Bu yerda ko‘p narsa nomga bog‘liq. Unga ishona bilish kerak. Ayniqsa, bu real hayotdan ko‘ra onlayn olamda muhimroq. Nom — foydalanuvchilar sizda ko‘radigan birinchi narsa.” Jeff Bezos Download 46.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling