Biznes muloqot va akademik yozuv javoblar biznes muloqot va akademik yozuv fanining vazifasi
Download 41.16 Kb.
|
biznes muloqot javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.Nutqning sofligini buzuvchi omillar
BIZNES MULOQOT VA AKADEMIK YOZUV JAVOBLAR 1.Biznes muloqot va akademik yozuv fanining vazifasi- Iqtisodiyot sohasidagi so’z va terminlarni shakllanishi, qo’llanish, yasalish va kirib kelish xususiyatlarini hamda matn va hujjatlarni to’g’ri yozishni o’rgatishdan iborat. 2.Matn ko’rinishlari - Diologik va tavsifiy(monologik) matn. 3.Diologik matn - Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat. Ikki kishi o‘rtasidagi dialog nutq savol-javob, buyruq-javob, xabar-e’tiroz kabi mazmunlarda bo‘lib, fikr xususidagi tasdiq yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani ifodalaydi. Ko‘p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tashlangan savol, taklif, da’vat biror xabar, dalillar bilan xulosalanadi.Dialogik matn tarkibida so‘roq olmoshlari, muomala odobiga oid so‘z va iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi. 4.Tavsifiy(monologik) matn - so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir. Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi.Ma’lum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki dalillar bilan ta’riflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos xususiyatlardandir. 5.Matn - (lotincha: textus — mato; birikma) — maʼlum moddiy tashuvchiga bog‘langan inson fikri; belgilarning umumiy izchil va to‘liq ketma-ketligi. 6.Muloqot to’siqlari to’g’ri berilgan qatorni aniqlang - J:1)vositani noto’g’ri tanlanishi 2)Jismoniy 3)semantik(1ta so’zni ko’chma ma’noda qo’llanishi) 4)Ijtimoiy – psixologik to’siq(tez gapirish, ma’lumotni to’g’ri yetkazib berolmaslik va h.k) 7.Nutqning sofligini buzuvchi omillar - 1. Fonetik-orfoepik jihatdan so`z va qo`shimchalarning noto`g`ri talaffuz etilishi, urg`uni o`rinsiz qo`llash. 2. Leksik-grammatik tomondan shevaga xos so`z va shakllarning, ibora va so`z birikmalarining ishlatilishi. 3. O`rinsiz qo`llangan chet so`z va so`z birikmalari (varvarizmlar). 4. Jargonlar. 5. Vulgarizmlar. 6. Nutqda ortiqcha takrorlanadigan bekorchi-parazit so`zlar. 7. Kanselyarizmlar. Download 41.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling